Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Nizolarni sudgacha hal qilishning vujudga kelish manbalariga qarab ikki guruhga ajraladi


Download 464.55 Kb.
bet57/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Nizolarni sudgacha hal qilishning vujudga kelish manbalariga qarab ikki guruhga ajraladi:

Qonun bo'yicha, masalan,
O'zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining 59-moddasiga ko'ra
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari bajarilishini
ta'minlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to'lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan
kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi
tadbirkorlarga esa, o'ttiz kundan
kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq to'lovchi majburiyatini bajarishi
zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko'riladigan
choralar to'g'risidagi talabnoma kiradi.

Shartnoma asosida taraflarning o'zaro kelishuviga ko'ra


Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari tezkor tiklanishini ta’minlash;
shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslik sabablari va shartlarini aniqlashda ko‘maklashish;
qonun yoki shartnoma intizomi buzilishining oldini olish.
Tadbirkorlik faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, shartnomaviy majburiyatlarning o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilganligi sharoitidagina nizolarni hal qilish zaruriyati bo‘lmaydi, biroq amalda bunday bo‘lmaydi. Talabnoma tartibi tadbirkorlik faoliyatini yaxshilish, hisob-kitobni mustahkamlash, xo‘jalik shartnomasi tomonlari o‘zaro munosabatlarining intizomini o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Talabnoma tartibida ish yuritish orqali shartnoma ishtirokchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan kamchiliklar bartaraf etiladi yoki bunday ta’sirlarning oldi olinadi. Majburiyatlarni bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar bartaraf etilmaguncha shartnoma ishtirokchilari o‘rtasida mulkiy yoki boshqa turdagi nizolarning ko‘rib chiqilishini taqozo etadi.
Talabnoma yuborish orqali bir xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqasiga uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan noto‘g‘ri harakatlari (harakatsizligi) yoki xatolarini ko‘rsatadi va ularning ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishini talab etadi.
Agar korxona taqdim etilgan talabnoma shartlarini ixtiyoriy ravishda bajarsa, ya’ni talab qo‘yayotgan shaxsning buzilgan huquqlarini tiklasa va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlasa, nizoni iqtisodiy sud orqali hal qilish zaruriyati qolmaydi.
Talabnoma tartibiga rioya qilishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • shaxsning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini tiklash;

  • shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslik sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash;

  • shartnoma igntizmi buzilishining qonunda nazarda tutilgan oqibatlari haqida ogohlantirish;

  • tashkilot tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash;

  • tashkilotga zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan shaxslardan zararlarni undirish;

Agar talabnoma qanoatlantirilmasa va tadbirkorlik faoliyati ishtirokchisining qonuniy manfaatlari tiklanmasa, jabrlanuvchi tomon iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega. Arizachining sudga murojaat qilish huquqi talabnoma talablari to‘liq yoki qisman bajarilmagan vaqtda vujudga keladi.
Iqtisodiy sudga sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilmasdan agar unga rioya qilish qonunda majburiy bo‘lsa ham prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar boshqa shaxslarning manfaatidagi arizalari bo‘yicha murojaat qilish huquqiga ega.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling