Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet55/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarning boshqa huquqiy munosabatlardan farqli jihatlarini tahlil qiling.

  2. Iqtisodiy protsessual huquqiy munosabatlarning elementlarini misollar asosida tahlil qiling.

  3. Iqtisodiy protsessda ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlang.

  4. Iqtisodiy protsessda protsessual huquqiy vorislik institutining ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling.

KAZUSLAR
1-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “NUR SAVDO” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib bermaganlik uchun 4 306 936,60 so‘m penya undirishni so‘ragan.
Ishni sudda ko‘rish jarayonida javobgar o‘z nomi o‘zgarganligini ma’lum qilib, tegishli javobgar bilan almashtirishni so‘radi.
IPKning 45-moddasiga ko‘ra sud da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligini aniqlasa, ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogarning roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Mazkur holatda ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish tartibini tushuntiring.
2-kazus
O‘zbekistan Savdo-sanoat palatasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi yakka tartibdagi tadbirkor Q.Nazarov manfaatida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Qo‘qon shahar hokimligidan 14 190 631 so‘m moddiy zarar, 3 600 000 so‘m ijara haqi, 30 000 000 so‘m ma’naviy zarar, 39 666 662 so‘m boy berilgan foydani undirishni so‘ragan. Sudning 2017-yil 3-oktyabrdagi ajrimi bilan fuqaro Q.Nazarov nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Mazkur iqtisodiy ishdagi hujjatlarga ko‘ra, fuqaro Q.Nazarovga tegishli bo‘lgan Qo‘qon shahri, Navoiy ko‘chasi, 95-A uyda joylashgan “Shohrux” savdo do‘koni xususiy mulk sifatida Farg‘ona viloyati ro‘yxatdan o‘tkazish ofisida 16/02-29-305-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 2012-yil 16-martda TA-0301640-son guvohnoma berilgan. Qo‘qon shahri hokimining 2016-yil 24-dekabrdagi 461-son qaroriga asosan Qo‘qon shahar markaziy ko‘chalarining obodonlashtirilishi munosabati bilan fuqaro Q.Nazarovga tegishli yuqorida ko‘rsatilgan savdo do‘koni buzilishi belgilangan. O‘zbekiston Savdo- sanoat palatasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi yakka tartibdagi tadbirkor Q.Nazarov manfaatida da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Qo‘qon shahar hokimligidan 14 190 631 so‘m moddiy zarar, 3 600 000 so‘m ijara haqi, 30 000 000 so‘m ma’naviy zarar, 39 666 662 so‘m boy berilgan foydani undirishni so‘ragan.
Mazkur ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining 2017-yil 3-oktabrdagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini tahlil eting.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling