Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet54/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: Muomala layoqati tushunchasi tarkibiga, shuningdek shaxs tomonidan ham qonuniy, ham noqonuniy harakatlarni amalga oshirabilish (deliktoqobiliyat) qobiliyatlari kiradi. Qonuniy harakatlarga qonunchilikka zid bo‘lmagan bitimlar va boshqa xil harakatlar kiradi. Masalan, oldi-sotdi bitimlarini tuzishda mazkur bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi (O‘zR “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasi, 1996-yil 26-dekabr). Noqonuniy harakatlar (deliktlar) zararni yetkazish oqibatida vujudga keladigan majburiyatlarni belgilaydilar, ya’ni o‘zining noqonuniy harakatlarini amalga oshiradigan fuqaro o‘zga fuqaroga, mol-mulkiga zarar yetkazgan bo‘lsa, oqibatda ushbu zararni qoplash majburiyati paydo bo‘ladi (O‘zR FKning 57-bobi).
Biroq muomala layoqati tarkibiga fuqaro aqliy salohiyatining ma’lum darajada rivojlanganligi kiradi, chunonchi, o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olishi, ularni boshqara olishi va ularning oqibatlarini ko‘ra bilishi talab etiladi. Shu bois O‘zR FK to‘liq hajmli muomala layoqatining paydo bo‘lishini shaxsning balog‘at yoshiga, ya’ni uning 18 yoshga kirishi bilan bog‘laydi.3
Sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, prokurorlar va sud devoni xodimlari sudda vakil bo‘la olmaydilar. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar protsessda tegishli sudlar, prokuratura organlarining vakili sifatida yoki qonuniy vakil sifatida qatnashayotgan bo‘lsalar, bu qoida tatbiq etilmaydi.
Biroq boshqa shaxslar ham tegishli organ vakili yoki qonuniy vakil sifatida qatnashayotgan holatlardan tashqari boshqa shaxslar ham vakillikni amalga oshira olmaydilar deb hisoblash mumkin.
Izoh: “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga ko‘ra notarius jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi mumkin emas.
Shuningdek, davlat xizmatchilari ham vakillikni amalga oshirishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 03 iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxati” tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat xizmatchilari ro‘yxatiga asosan cheklov o‘rnatilgan shaxslarning statusini aniqlash mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling