Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi


Download 0.77 Mb.
bet1/17
Sana09.06.2020
Hajmi0.77 Mb.
#116491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқи дарслик2 Ф Исаева new


TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

SOLIQ HUQUQI


Darslik


Toshkent – 2017

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
Isayeva Farida Babamuratovna
Soliq huquqi
Bakalavriatning 5240100 – “Yurisprudensiya” yo‘nalishi talabalari uchun darslik.


Toshkent – 2017

UDK 347.728.8 (075) (575.1)

Toshkent davlat yuridik universiteti O‘quv-uslubiy kengashining 2015-yil 28-sentabrdagi majlisida 1-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.





Isayeva F.B.

Soliq huquqi.

Bakalavriatning 5240100 – yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik.

// Mas’ul muharrir: prof.v. b. X.S.Islamxodjayev

– Toshkent: TDYU, 2017. – 270 b.





Taqrizchilar:
X.S.Islamxodjayev – Toshkent davlat yuridik universiteti “Moliya, bank va soliq huquqi” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar doktori.
Sh.B.Bilolxo‘jayeva – Toshkent shahar, Olmazor tumani, 1-davlat notarial idora notariusi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasining soliq huquqi tizimiga kiruvchi masalalarni yoritishga bag‘ishlangan. Ushbu darslikda muallif tomonidan soliqlarning umumiy tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlari, soliq majburiyati va soliq nazorati, soliq huquqiy munosabatlari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi va ularning elementlari, soliqqa oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda chet mamlakatlari soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili kabi masalalar yoritib berilgan.

Mazkur darslik huquqshunos kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining talabalariga mo‘ljallab tayyorlangan.

MUNDARIJA


Kirish

7







Glossariy

10







1-bob. Soliq huquqining asosiy jihatlari

17

    1. Soliqlarning kelib chiqishi




    1. Soliqlarning tushunchasi va ahamiyati




    1. Soliq huquqi predmeti, usuli va manbalari




    1. Soliq huquqiy munosabatlar




    1. Soliq huquqiy munosabatlar sohasida vakolatli bo‘lgan davlat boshqaruv organlari










2-bob. Soliq majburiyatining huquqiy asoslari

2.1. Soliq majburiyati tushunchasi va amalga oshirish tartibi



63



2.2. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobini yuritish




2.3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati





3-bob. Soliq nazoratini huquqiy jihatdan tartibga solish

3.1. Soliq nazoratining o‘ziga xos jihatlari



773


3.2. Soliq nazoratining shakllari

3.3. Soliq nazoratini amalga oshirishda soliq tekshiruvlarini o‘ziga xos jihatlari












4-bob. O‘zbekiston Respublikasida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimining asosiy tavsifi va elementlari


95

4.1. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi




4.2. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘ziga xos xususiyatlari




4.3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari










5-bob. Umumdavlat soliqlarining huquqiy tavsifi

105

5.1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i




5.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i




5.3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i










5.4. Aksiz solig‘i




5.5. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar




5.6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq










6-bob. Mahalliy soliqlarining huquqiy tavsifi

143

6.1. Mol-mulk solig‘i




6.2. Yer solig‘i




6.3.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i




6.4. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq










7-bob. Boshqa majburiy to‘lovlar tizimi va tavsifi

167

7.1. Ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar




7.2. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar




7.3. Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar




7.4. Davlat boji




7.5. Bojxona to‘lovlari




7.6. Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish uchun yig‘im










8-bob. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi va soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari



196

8.1. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimining o‘ziga xos xususiyatlari




8.2. Yagona soliq to‘lovi




8.3. Yagona yer solig‘i




8.4. Qat’i belgilangan soliq




8.5. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari










9-bob. Soliq huquqbuzarligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari


227

9.1. Soliq huquqbuzarligi tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatalari




9.2. Soliq kodeksi bo‘yicha javobgarlik




9.3. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik




9.4. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik










10-bob. Chet mamlakatlar soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili


243

10.1. Rivojlangan mamlakatlarda soliq tizimi modellari va ularning belgilari




10.2. Jahon soliq modellarining o‘ziga xos xususiyatlari




10.3. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining jahon soliq tizimi modellari bilan solishtirma tahlili




10.4. AQShda soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili




10.5. Germaniyada soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili




10.6. Fransiyada soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili










Ilovalar

262







Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

288


KIRISH
Soliq huquqi darsligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirih chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ–1990-sonli qaroriga asosan 2013-yil 31-dekabrda tasdiqlangan “Huquqiy fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash kompleks dasturi”ga muvofiq tayyorlangan.

Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida soliq huquqining roli tobora oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish vazifalaridan kelib chiquvchi o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligi ham muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Mamlakatimizning Birinchi rahbari o‘z ma’ruzalarida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizizmida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligini barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar1.

Oxirgi yillarda mamalakatimizda amalga oshiriliyotgangan islohatlar natijasida soliq qonunchilik hujjatlari takomillashib bormoqda. Har yilning oxirida soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni, shuningdek soliq ma’murchiligini soddalashtirishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni liberallashtirishga, soliq yukini kamaytirishga, soliq tekshirishlarini yanada qisqartirish va uning tizizmini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali tadbirkorlik subyektlariga keng shart-sharoitlar yaratilmoqda2.

Mazkur holatlar “Soliq huquqi” fanini o‘rganishning zaruratini keltirib chiqaradi. Soliq huquqi me’yorlari mamlakatda ro‘y berayotgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishi hamda mulkchilikni turli shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Ushbu me’yorlar davlat organlari, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining soliq sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi.

Soliq huquqi me’yorlarini bilish va ularni amaliyotga qo‘llay olish yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashda qo‘yiladigan majburiy talablardan biri sifatida belgilangan. Ushbu fandan oliy huquqshunoslik ta’lim muassasalarida saboq berilishi nafaqat soliq qonunchiligining asosiy hujjatlarini, balki huquqiy ta’lim tizimida mustaqil fan sifatida soliq huquqining nazariy asoslarini ham o‘rganish muhimligini nazarda tutadi.

“Soliq huquqi” fanining o‘qitilishidan asosiy maqsad – talabalarda soliq huquqining asosiy institutlari, soliq huquqiy munosabatlarining mazmuni va tuzilishi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi, soliq huquqbuzarliklari uchun yuridik javobgarlik, xalqaro soliq munosabatlarining huquqiy asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, shuningdek huquqiy tamoyillar asosida soliq islohotlarini amalga oshirish zaruriyati, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari doirasida huquqiy shakl va vositalarni qo‘llash, davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy vosita sifatidagi soliqlarning yuridik mohiyatini tushunib olish, davlat faoliyatining barcha jabhalarida islohotlarni amalga oshirish jarayonida soliq huquqi nazariyasi va amaliyotiga ega bo‘lgan yuqori professional darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.

“Soliq huquqi” fani talabalarda qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish, shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mulkchilik, davlat va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilish, shuningdek ularga turli murakkab soliq munosabatlarini hal etuvchi yuqori malakali huquqshunos bo‘lib yetishish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Mazkur darslik soliq huquqining predmeti, usuli va vazifalari; davlat iqtisodiyotini isloh qilishda soliqlarning tutgan o‘rni; soliq huquqining asosiy institutlari mazmuni, soliq huquqiy munosabatlarining tuzilishi; soliq nazorati va soliq majbutiyati; soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi va ularning yuridik tavsifi; soliq solishning soddalashtirilgan tizimi; alohida subyektlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari; soliq huquqbuzarliklari uchun yuridik javobgarlikni qo‘llash tartibi; chet mamlakatlar soliq tizimi kabi masalalarni yoritib berishni nazarda tutadi.



Ushbu darslik mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga, ta’lim muassasasining ilmiy xodimlari, shuningdek soliq huquqiy munosabatlari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallangan.
GLOSSARIY
Asosiy ish joyi – ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi.

Asosiy faoliyat turi – yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati.

Bojxona organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari.

Budjetdan ajratiladigan subsidiya – davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari; soliq to‘lovchiga muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar.

Grant – davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nodavlat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk.

Davlat soliq xizmati organlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.

Dividendlar – aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o‘rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o‘rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo‘yicha) taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi; taqsimlangan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining) qo‘shimcha aksiyalari qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari.

Ijara (lizing) to‘lovi – ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan summa.

Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi – buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi.

Insonparvarlik yordami – aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish.

Ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish – ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish.

Kameral nazorat – soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazorat.

Qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallar – buyurtmachiga tegishli xomashyo va materiallar bo‘lib, buyurtmachi ularni mahsulot ishlab chiqarish uchun boshqa shaxsga sanoat asosida qayta ishlashga beradi hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot keyinchalik buyurtmachiga qaytariladi.

Kredit tashkilotlari – tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari.

Kurs bo‘yicha farq – milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq.

Moliya organlari – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari.

Moliyaviy ijara – mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) shartnoma asosida egalik qilish va foydalanishga o‘n ikki oydan ortiq muddatga topshirishda vujudga keladigan hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga javob beradigan ijara munosabatlari.

Mol-mulk – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish obyektlari bo‘la oladigan moddiy obyektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda nomoddiy obyektlar.

Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi – norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi.

Notijorat tashkilotlari – foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar.

Operativ ijara – moliyaviy ijara shartnomasi bo‘lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish) shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling