Toshkent davlat yuridik universiteti sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi
Download 116.44 Kb.
|
19.05.2023 Nabiyev Bobur bitiruv malakaviy ishi
II bob bo‘yicha xulosa
Birinchidan, “oliy yuridik ma’lumot” talabi orqali bakalavriat yoki magistr darajasi so‘ralayotganligi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda aniq belgilanishi kerak. Bunda aynan tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lish sudyalik lavozimiga nomzoddan talab qilinishi maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, xorijiy davlatlarning ba’zilarida yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga nimalar kirish asoslari sudlar to‘g‘risidagi qonunning o‘zida belgilangan bo‘lsa, ba’zilarida alohida boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida esa yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga nimalar kirishini hech qaysi normativ-huquqiy hujjatdan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun aynan qaysi lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borganlik uchun yuridik ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lish masalasini “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda aniq belgilab qo‘yish o‘rinli bo‘ladi. Uchinchidan, sudya ayblov pozitsiyasida ham, himoya pozitsiyasida ham bo‘lmasligi muhim. Shuning uchun agar biz sudyalik lavozimiga nomzoddan advokat bo‘lib ishlaganlik ish stajini talab qiladigan bo‘lsak, unga prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham ish stajiga ega bo‘lish talabini qo‘yishimiz kerak. To‘rtinchidan, quyi bo‘g‘in sudlari sudyalari uchun nomzodlarga alohida, yuqori bo‘g‘in sudlari sudyalari uchun nomzodlarga alohida yosh chegarasi senzi belgilanishi bilan qonun normalarining amaliyotda har xil noaniqliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi oldi olinib, sud-huquq normalarining bevosita amalda ekanligi tushunarli bo‘ladi. Beshinchidan, 30 yosh – quyi bo‘g‘in sudlari sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun yosh chegarasiga qo‘yilgan talab bo‘lishi maqsadga muvofiq. Oltinchidan, aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqqan holda, shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda, uni aybdor deb hisoblab, sudyalik lavozimiga nomzod bo‘la olish huquqidan mahrum qilib qo‘ymaslik kerak. Yettinchidan, intizomiy jazo choralari sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatilishiga sabab bo‘lganda, aynan shu 1 yil muddat davomida sudyaning yana sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishini rad qiluvchi norma sifatida belgilab berilishi lozim. Sakkizinchidan, pora bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ham ular ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddatgacha sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lmasligi shart. XULOSA Miliy va xorijiy tajribada sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan nomzodlarga qo‘yilgan talablar mavzusida olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: Download 116.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling