Toshkent davlat yuridik universiteti sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi
XULOSA................................................................................................................68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 116.44 Kb.
|
19.05.2023 Nabiyev Bobur bitiruv malakaviy ishi
XULOSA................................................................................................................68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................71 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda sud hokimiyati boshqa har qanday hokimiyatlardan mustaqil hisoblanadi. Odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining1 130-moddasi 1-qismida belgilab berildi. Sud tizimini sudlar tashkil qiladi. Sudning tarkibi esa sudyalardan iborat bo‘ladi. Demak, odil sudlovni faqat sudyalar amalga oshira oladi, ularning oldida katta mas’uliyat mavjud. Ular chiqargan hujjatlar mamlakatimizning barcha hududida bajarilishi shart. Yangi kuchgan kirgan Konstitutsiyamiz sudyalar chiqargan hujjatlarning qanchalik muhim ahamiyatga egaligini yana bir bor mustahkamladi. Endilikda, masalan, shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turishga, shaxsni qamoqda saqlash, uni qamoqqa yoki hibsga olishga yoki tintuv tergov harakatini shaxsning uyida o‘tkazishga faqat sudya chiqargan qaror bilangina yo‘l qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu kabi normalar sudyalik lavozimi qanchalik mas’uliyatli ekanligini, shaxsning Konstitutsiyada bevosita belgilab qo‘yilgan shaxsiy huquq va erkinliklari sudning himoyasida ekanligini bilishimiz mumkin. Shaxs ham jamiyatning bir a’zosi sifatida sud tizimiga bo‘lgan ishonchining ortishi orqali u o‘zini har qanday holatda davlat himoyasida ekanligini anglaydi, davlat xalq manfaati uchun xizmat qilayotganini bilgan fuqaro esa davlatning ajralmas bir bo‘lagi ekanligini anglab, davlat manfaati uchun harakat qila boshlaydi. Ana shunda mamlakat rivojlanadi va bu rivojlanishda fuqarolarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchlari muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan, mana shunday ishonch bildirsa bo‘ladigan shaxs kim bo‘lishi kerakligi, uni shu lavozimga saylash yoki tayinlashdan avval unga qanday talablar qo‘yilishi kerakligi, kimlar bunday lavozimni egallashga loyiq emasliklari masalalari har qanday jamiyat uchun dolzarb hisoblanadi. Shuning uchun xorijiy davlatlar ham sudyalik korpusini shakllantirishda nomzodlarga o‘z qonunchiligiga ko‘ra talablar belgilaydi. Bu esa bizni ham milliy, ham xorijiy tajribaga asosan sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilgan holda, ularni yildan yilga takomillashtirib borish choralarini ishlab chiqishga undamoqda. Fikrimizning tasdig‘i o‘laroq, 2023−2026- yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi2 ishlab chiqilganligini aytishimiz mumkin. Bizningcha, sud tizimini yangi bosqichga olib chiqishda, avvalo, bu tizimga tayinlanadigan, saylanadigan nomzodlarga qo‘yilgan talablarni takomillashtirish va shu orqali strategiyadan, 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Shuningdek, sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar mavzusida mamlakatimizda monografik tadqiqot ishi olib borilmagan bo‘lib, bularning barchasi ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining qanchalik dolzarb ekanligini namoyon qiladi. Download 116.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling