Toshkent davlat yuridik universiteti sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 116.44 Kb.
|
19.05.2023 Nabiyev Bobur bitiruv malakaviy ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda J.Abdurahmonxo‘jayev, D.Bozorova, D.J.Suyunova, N.K.Jalilov, A.A.Xamrayev, A.A.Polvon-zoda, G.A.Abdumajidov, M.H.Rustamboyev, Y.N.Nikiforova va boshqalar ilmiy ishlarida sud tizimi va undagi islohotlar, sudyalikka nomzodlardan talab qilinishi mumkin bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar haqida muayyan doirada tadqiqot olib borganlar.
Xorijiy davlatlar olimlaridan, V.N.Bibilo, N.K.Jukokova, Y.V.Burdina, D.A.Burdinlar xorijiy davlatlar tajribasida sudyalikka nomzodlarga qo‘yilgan ayrim talablarning huquqiy asoslarini, I.G.Dudko, Y.A.Sidorova, S.A.Akimbekova, R.Y.Petrova, D.G.Piksin, A.A.Karavanov, D.S.Chakarlar nomzod uchun muhim bo‘lgan ilmiy salohiyat, malaka darajasi, axloqiy fazilatlar va boshqa ko‘nikmalarga oid masalalarni, T.V.Cheremisina, A.A.Opaleva, A.A.Metsger, V.A.Telegina Y.V.Polonskaya, V.A.Efanova, S.V.Kornakova, I.A.Sherbakovalar sudyalik lavozimini egallaydigan nomzodlarga qo‘yilgan talablar borasidagi ayrim muammoli jihatlarni, K.N.Serguning, Y.V.Ginzburg, Y.V.Marina, K.G.Paltseva, Y.V.Shedrina va boshqalar mavzu doirasidagi o‘ziga xos umumnazariy jihatlarni tadqiq qilganlar. Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlarida sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yilgan har bir talab bo‘yicha amaldagi qonunchilik va xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, qiyosiy-huquqiy tahlilning yetishmasligi ushbu mavzuda tadqiqot olib borishga undaydi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan har bir talabni chuqur o‘rganish, ularni xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirgan holda, qiyosiy-huquqiy tahlil qilish, har bir belgilangan talabning mohiyatiga yetish orqali u bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘rganish va bu muammolarning yechimi sifatida takliflar ishlab chiqish. Shu bilan birga, olimlarning fikrlarini o‘rgangan holda, sudyalikka nomzodlarga qo‘yilgan talablarni takomillashtirish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Bular quyidagilardan iborat: a) sud-huquq islohotlari davrida mamlakatimizda sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni umumiy tavsiflash, umumiy qiyosiy-huquqiy tahlil qilish; b) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash mexanizmini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganish; c) saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan fuqarolik, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish kabi talablarni alohida qiyosiy-huquqiy tahlil qilish; d) yuridik ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lish va yosh senzi talablarini, olimlarning fikrlarini, xorijiy tajribani o‘rgangan holda ularning o‘ziga xos jihatlarini qayd etish; e) sudyalik lavozimiga saylanishi, tayinlanishi mumkin bo‘lmagan asoslarning har birini alohida tahlil qilgan holda, bu asoslarning qanchalik muhimligi bo‘yicha xulosaga kelish; f) sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha tegishli xulosalarga kelish. Download 116.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling