Toshkent davlat yuridik universiteti sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining obyekti


Download 116.44 Kb.
bet4/18
Sana18.06.2023
Hajmi116.44 Kb.
#1564508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
19.05.2023 Nabiyev Bobur bitiruv malakaviy ishi

Bitiruv malakaviy ishining obyekti O‘zbeskiton Respublikasi va xorijiy tajribada sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan nomzodlarga qo‘yilgan talablarni qiyosiy-huquqiy tahlil qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti milliy va xorijiy tajribada sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan nomzodlarga qo‘yilgan talablar mavzusiga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari sanaladi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida bildirilgan takliflar sudyalar korpusini shakllantirishda Sudyalar oliy maktabi mas’ul xodimlari tomonidan tavsifnomalar olish, sudlarda “3 oylik sinov muddati”ga ega ish stajini yaratish, advokat va prokuratura organi xodimi sifatida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lish, korrupsion huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qat’iy javobgarlik belgilash masalasi kabi yangi-yangi talablarni amaliyotda joriy qilinishiga olib keladi. Bundan tashqari, bitiruv malakaviy ishida bildirilgan tavsiyalar, tahlillar, mantiqiy xulosalardan kelajakdagi ushbu mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda foydalanilishi, qonunchilikdagi islohotlarga sabab bo‘lishi, ushbu mavzuni chuqur o‘rganishga sabab bo‘ladigan darsliklar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishida quyidagi usullardan foydalanildi: qiyosiy-huquqiy, tarixiy, mantiqiy, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, statistik, tizimli.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi quyidagilardan iborat:
a) O‘zbeskiton Respublikasida mavjud har bir bo‘g‘in sudlari uchun nomzodlarga alohida yosh chegarasi belgilangan va buning sababi asoslantirilgan;
b) sudyalik lavozimiga 5 yil muddatga tayinlanishdan avval, ilk bor sudyalik lavozimini egallaydigan nomzodlarga 3 oylik “sinov muddati” mehnat faoliyatini olib borish belgilangan va bundan ko‘zlangan maqsad asoslantirilgan;
c) nomzodlarga prokuratura organida va advokat sifatida ham ishlaganlik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lish talabi qo‘yilib, bunda sudyaning ilmiy salohiyati inobatga olinganligi asoslantirilgan;
d) intizomiy va ma’muriy jazolarning ma’lum biri turi bo‘yicha jazoga tortilish oqibati sudyalik lavozimiga ma’lum muddat davomida nomzod bo‘la olmaslik bilan tenglashtirilgan va bular huquqiy asoslantirilgan;
e) “Sudyalar oliy maktabining malaka oshirish kursida o‘qiganlik va kurs yakuni bo‘yicha sertifikat olganlik” talabi va uning aynan kimlardan, nima maqsadda talab qilinishi ochib berilgan;
f) qonunchilik normalarini amaliyotda bevosita qo‘llashga to‘siq bo‘layotgan “oliy yuridik ma’lumot”, “benuqson obro‘-e’tiborga egalik”, “yuksak ma’naviy fazilatlar” kabi talablarning muammoli jihatlari tahlil qilinib, ularga yechim berilgan va hokazo.

Download 116.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling