Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. BINOLAR VA INSHOOTLAR IJARASI
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3-§. BINOLAR VA INSHOOTLAR IJARASI 137 Binolar va inshootlar ijarasi shartnomasi ijara shartnomalarining ko`rinishlaridan biri bo`lib, uning maxsus xususiyatlarini tartibga solish, uning obyekti xususiyatidan kelib chiqadi. Shartnoma obyekti bo`lib, binolar va inshootlar hisoblanadi. Bino – unda odamlar turishi maqsadidagi arxitektura-qurilish qurilmasining ko`rinishlaridan biri. Shaharsozlik kodeksining 2–moddasida berilgan tushunchaga ko`ra bino– funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo`lishiga va xar xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo`ljallangan, yopiq xajmni tashkil etuvchi tayanch, to`sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi hisoblanadi. Qurish maqsadiga qarab ular turar joylarga va noturar joylarga bo`linadi. Turarjoy binosi butunligicha yoki ahamiyatli qismi odamlar yashashi uchun foydalaniladi. Uni shunday deb tan olish uchun u yashash joylariga nisbatan sanitar-texnik normalar va qoidalar talablariga muvofiq kelishi kerak. Noturar-joy deb ishlab chiqarish yoki ijtimoiy (madaniy, tibbiy, ta’lim) va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan, bino tushuniladi. Qurilma deb binodan (uydan) tashqari har qanday qurilish-arxitektura yoki texnik obyekt shu jumladan gidrotexnik (shlyuzlar, akveduklar, mayoqlar va boshqalar), transport shu jumladan transport infrastrukturasi-temir yo`l va avtomobil yo`llari, ko`priklar, pristanlar, elektr uzatuvchi liniyalar, truba provodlar va boshqalar tushuniladi. Shaharsozlik kodeksining 2–moddasida belgilangan tushunchaga muvofiq inshoot-har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarini saqlashga, odamlarning vaqtincha bo`lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o`tishga mo`ljallangan, tayanch, to`sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstrukstiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi hisoblanadi. Aniq bir obyektni ma’lum turdagi inshoot deb aniqlash tushunchasi tegishli obyektning umum texnogen tabiati va uning texnik xususiyatidan kelib chiqib, tegishli normativ aktlarda ko`zda tutilgan. Inshoot ishlab chiqarish-texnik kabi boshqa ijtimoiy vazifaga ham ega bo`lishi mumkin. Shartnomaning predmeti bo`lib, bino to`liqligicha yoki uning xona deb nomlanuvchi alohida qismi bo`lishi mumkin. Bino va xonalar ishlatilish maqsadlariga bog’liq ravishda turar-joy va noturar-joylarga bo`linadi. Shartnoma tushunchasi shaxslar doirasi bo`yicha cheklovlarni ko`zda tutmaydi. O`z navbatida ijaraga oluvchi tarafidan ham, ijaraga beruvchi tarafidan ham faoliyati maqsadidan qat’iy nazar, ham jismoniy ham yuridik shaxslar, bo`lishlari mumkin. Ammo muayyan bir holatda bunday istisnolar ham bo`lishi mumkin. Eng avvalo bu bino yoki inshootning vazifasi, ulardan foydalanish maqsadiga bog’liq. Shu kabi agar ijaraga oluvchi ishlab chiqarish, ombor, texnik obyektlarni tadbirkorlik maqsadida ishlatmoqchi bo`lsa, bunda shartnoma taraflari- tadbirkorlardir. 138 Ijtimoiy-madaniy vazifadagi notijorat maqsadida foydalaniladigan obyektlar predmeti sifatida shartnomaning taraflari bo`lib, notijorat tashkilotlari hisoblanadi. Texnik obyekt egaligi uchun xususan agarda obyektning o`zi yoki undan foydalanishda amalga oshiriladigan faoliyat atrofdagilarga yuqori xavf tug’dirsa litsenziya talab etiladi. Shartnoma konsensual, ikki taraflama va haq evaziga tuziladigan hisoblanadi. Bino yoki inshootlar korxonaning mulkiy kompleksi tarkibiy qismi hisoblansa korxona ijarasi hisoblanadi. Bino va inshootlarni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi. Taraflari yuridik shaxslar hisoblangan, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar ijara shartnomalari yozma shaklda tuziladi (FK 107, 539–moddalari, “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g’rida”gi qonuni 11–moddasi). FK 111–moddasiga ko`ra ko`chmas mulkning uzoq muddatli ijarasi, ya’ni bino yoki inshootlarning bir yildan kam bo`lmagan muddatga ijara shartnomasi davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim ( FK 574–moddasi). Ushbu shartnoma taraflar tomonidan imzolanadigan bitta hujjat shaklida tuziladi. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning xaqiqiy bo`lmasligiga olib keladi. Bunday bitimning predmeti bo`lib ko`chmas mulk hisoblanadi. Ko`chmas mulk bilan bo`lgan bitim FK 111–moddasiga ko`ra davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak. Ko`chmas mulk bilan bo`lgan bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish tartibi va tegishli reestrlarni yuritish qonunchilik tomonidan belgilanadi. “Ko`chmas mulk obyektlariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g’risida”gi nizom 24 yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan er osti inshootlariga), ko`p yillik dov-daraxtlarga bo`lgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va er uchastkalariga bo`lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to`g’risidagi shartnomalarni, axborot-kommunikastiya texnologiyalarini qo`llab, «bir oyna» tamoyili bo`yicha davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibini belgilab beradi. FK 575–moddasi birinchi qismiga muvofiq bino yoki inshootni ijaraga oluvchiga ijara shartnomasi bo`yicha bir vaqtning o`zida ushbu ko`chmas mulkka foydalanish va egalik huquqi bilan birgalikda o`tkazishda ushbu ko`chmas mulk va undan foydalanish uchun zarur bo`lgan er uchastkasiga bo`lgan huquq ham o`tkaziladi. Ijaraga oluvchiga tegishli yer uchastkasidan foydalanish huquqidan o`tkazilishiga asos bo`lib, taraflarning bu to`g’ridagi kelishuvi yoki qonun hisoblanadi. Agar ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasining egasi bo`lsa, bunda asos bo`lib ham shartnoma ham 24 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 7 январдаги 1-сон қарорига илова. //Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 2-сон, 19-модда, 23-сон, 269-модда. 139 qonun hisoblanadi. Ijara haqi miqdori to`g’risidagi shartlar shartnomaning taraflar tomonidan yozma shaklda kelishuv shart bo`lgan muhim sharti hisoblanadi. Bunday shartning shartnomada yozma qayd etilishimavjud bo`lmaganda shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi. Ijara haqini hisoblashda: bino qiymati, yillik amortizastiya chegirmalari miqdori (agar kapital ta’mirlash ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilsa), ijaraga olingan xonalar va yaqin joylashgan hududlarning (agar u qisman yoki to`liq ravishda ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilsa), mulkni saqlash bilan bog’liq boshqa ustama harajatlar (soliqlar, sug’urta badallari) va shuningdek mahsulotlar tannarxiga ta’sir qiladigan ayrim boshqa ko`rsatkichlar hisobga olinadi. Ijaraga olingan bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara haqi hisobiga FK 575–moddasiga muvofiq ijaraga oluvchiga majburiy tartibda taqdim etiladigan yer uchastkasi uchun ijara haqqi ham kiritiladi. Bunday uchastkaning chegarasi bino yoki inshoot o`zi egallagan, shuningdek, unga yaqin joylashgan, foydalanilishi uchun zarur bo`lgan yer uchastkasidan kam bo`lishi mumkin emas. Agar taraflar katta yer uchastkasini foydalanishga berish to`g’risida kelishsalar, bu xam tegishlicha shartnoma bahosiga ta’sir qiladi. Qonun taraflarga bino yoki inshootlarni ijaraga topshirishni rasmiylashtirishni, topshirish dalolatnomani yoki boshqa hujjatni tuzish va imzolashni rasmiylashtirish talabini qo`yadi. Topshirish dalolatnomasi yoki boshqa hujjat xususan qanday aniq mulk, qanday holatda va qachon ijaraga oluvchiga topshirilganligini yozma tasdig’i bo`lib hisoblanadi. Bunday aktni imzolagan paytdan boshlab ijaraga oluvchi uning saqlanishi va boshqa majburiyatlarni bajarilishi uchun shartnoma bo`yicha, qonun bo`yicha ham unga topshirilgan mulkning titul (qonuniy) egasi sifatida (xususan, ijaraga olingan mulkdan foydalanish bilanbog’liq faoliyatida uchinchi shaxslarga yetkazilgan ziyon uchun javobgarlikni zimmasiga oladi) javobgarlikni zimmasiga oladi. Ijara shartnomasining tugatilishi bino yoki inshootning ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga topshirilish jarayonini nazarda tutadi. Bunday jarayon topshirish dalolatnomasi yoki boshqa hujjatning tuzilishi va imzolanishi yo`li bilan amalga oshiriladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling