Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar 
1. Merosdan voz kechilganda meros mol-mulki taqdiri nima bo’ladi. 
2. Hozir bo’lmagan merosxo’rning huquqlari nimalardan iborat. 
3. Besh kishidan iborat Davronovlar oilasi, Davronovlarning nikoh to’yidan 
so’ng sotib olingan xususiy uyda yashashardi. Davronovlar bilan birgalikda uning 
qizi, qizining eri hamda ularning o’g’li ham yashashardi. O’limidan bir necha oy 
ilgari Davronov o’zining barcha mulkini nevarasiga meros etib qoldirganligi 
to’g’risida vasiyatnoma tuzib qoldiradi. Davronovning o’limidan so’ng 21 yoshli 
nabirasi merosni rad qiladi va buvisi foydasiga voz kechadi. Otasining o’limidan 
uch yil o’tgach qizi vafot etadi. Qizining o’limidan besh oy o’tgach onasi 
Davronova vafot etadi. Ona va buvi o’limidan so’ng ota va o’g’il mol-mulkni 
bo’lishda kelisha olishmaydi. Ota fikricha bir paytlar o’g’liga tegishli bo’lgan uy 
va boshqa mulk endi unga tegishli emas, sababi o’g’il merosni bir paytlar rad 
etgan. O’g’ilning fikricha, merosda uning ulushi otasinikiga nisbatan ko’proq 
bo’lishi kerak. 
Ota va o’g’il mulkni bo’lish to’g’risidagi qonun-qoidalarni tushuntirish 
uchun yuristga murojaat qilishadi. Maslahat bering. 


619 
4. Usmonov tomonidan tuzilgan vasiyatnoma bo’yicha, vasiyatnoma 
ijrochisi Kamolov bo’lgan. Usmonov mulki uch kishiga bo’lib berilgan. Barcha 
billur va kumushdan bo’lgan narsalar vasiyat bo’yicha Kamolovga berildi. 
Usmonov o’limidan so’ng uning merosxo’rlari Kamolovdan vasiyatnoma ijro 
etishni talab qilishadi. Lekin Kamolov ijrochilikdan bosh tortadi. Chunki u ijrochi 
bo’lishga rozi bo’lmaganligini aytadi. Merosxo’rlar Kamolovning vajlariga quloq 
solmaydi va Kamolovning o’zi ham vasiyat bo’yicha merosxo’r ekanligini aytib
merosxo’rning ijrochi bo’lishga roziligini so’rab o’tirilmasliklarini ma’lum 
qiladilar. Kamolov Usmonovning o’limidan so’ng meros mulkining to’la-to’kis 
saqlanishi haqida hech qanday chora ko’rilmaganligini, shuning uchun qoldirilgan 
meros to’laligicha saqlanganmi yoki uning bir qismi yo’qolib ketganmi, buni 
bilmasligini aytadi. U yana vasiyat ijrochisi sifatida mulkni saqlash borasida chora 
ko’rish uning vazifasiga kirmasligini ham aytadi. Tomonlarning fikrini ajrim 
qiling. Vasiyatnoma ijrochisining vazifalari nimalardan iborat? Kim tomonidan va 
qanday tartibda meros mulkni qo’riqlash chora-tadbirlari ko’riladi? 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling