Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 §.Merosdan majburiy hissa olish huquqi
Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik Bir kunda vafot etgan Meros transmissiyasi FK 1140-modda FK 1116-modda FK 1140 1 -modda Qonun bo’yicha vorislik Vorislik vujudga kelmaydi Vasiyat va qonun bo’yicha vorislik Merosxo’r meros qoldiruvchidan oldin vafot etadi Merosxo’r va meros qoldiruchi bir kunda vafot etadi Merosxo’r meros qoldiruvchidan keyin, ammo merosni qabul qilishga ulgurmasdan vafot etadi Meros uning avlodlariga o’tadi Vorislik vujudga kelmaydi Meros uning qonun bo’yicha vorislariga o’tadi 4 §.Merosdan majburiy hissa olish huquqi Meros qoldiruvchi o’z xohishi bilan qonunda belilab qo’yilgan tartibdan boshqacha tarzda merosxo’rlarning doirasini belgilashi, ular o’rtasida meros mulkni taqsimlash tartibini aniqlab qo’yishi yoki o’zi meros mulkni taqsimlab, har qaysi merosxo’rning meros hissasini belgilashi, meros mulkdan ayrim mulklarni ayrim merosxo’rlarga berishni vasiyat qilib qoldirishi mumkin. Ammo meros qoldiruvchining o’z xususiy mulkini o’zi vafot etgandan keyingi taqdirini hal 613 qilishdagi erki qonun bilan qisman chegaralanib qo’yilgan bo’lib, bu merosdan majburiy ulush olish huquqi deb yuritiladi. Majburiy hissa olishi lozim bo’lgan merosxo’rlarning doirasi va ulushi qonunda belgilab qo’yilgan. Ularni meros hissalaridan mahrum qilishga yo’l qo’yilmaydi. Bu merosxo’rlar, asosan, qonun bo’yicha birinchi navbatda merosxo’rlar jumlasiga kiruvchilar hisoblanadilar. FKning 1142-moddasiga asosan, meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan, farzandlikka olgan bolalari, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan, uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun bo’yicha voris bo’lganlarida ulardan har biriga tegishli lozim bo’lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar. Vasiyat qoldiruvchi o’z erki bilan majburiy ulush oluvchilarning hissalarini qonunda belgilanganidan kamaytirishga haqli emas. Majburiy ulush meros qoldirilgan hamma mulk va mulkiy huquqlarni o’z ichiga oladi majburiy hissani hisoblash uchun, avvalo, meros tarkibiga kirgan hamma mulkning qiymatini belgilab, bunday merosxo’r foydasiga qilingan vasiyat majburiyati bilan belgilangan mulkning qiymati va vasiyat qilingan mulkning qiymatini hisoblab, majburiy hissa miqdorini to’g’ri belgilash uchun meros mulkning hammasini, shu jumladan, oddiy uy jihozlari va ro’zg’or buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymatini ham hisobga olish zarurati tug’iladi. Majburiy hissani vasiyat qilinmay qolgan meros mulk hisobidan undirish imkoniyati tekshirilib ko’riladi. Demak, majburiy hissa olish huquqiga ega bo’lgan merosxo’rlar uy jihozlari va ro’zg’or buyumlaridan aynan o’zini, natura shaklida emas, balki ulardan o’ziga tegishli hissaning qiymatini oladi. Mulk esa meros qoldiruvchi bilan birga yashab turgan shaxs tasarrufida qoladi. Agar meros qoldiruvchi bilan birga yashab turgan voris uy jihozlari va ro’zg’or buyumlaridan majburiy hissa oluvchilarga ulushning qiymatini emas, balki mulkning aynan o’zini berishni xohlasa, uning bu harakatini cheklash mumkin emas. Basharti vasiyatnomada meros qoldiruvchining barcha mol-mulkining taqdiri belgilangan bo’lsa, bunday hollarda faqat majburiy hissa ajratilgandan so’ng qolgan meros mulkka nisbatan vasiyat ijro etiladi. Merosdan majburiy hissa olish huquqiga ega bo’lgan vorislar uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan meros mulkning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatan haqiqiy hisoblanadi. Meros mulkining hammasi emas, balki uning bir qismi vasiyat qilinganida, avvalo, merosning vasiyat qilinmagan qismi qonun bo’yicha vorislar o’rtasida taqsimlanadi va undan majburiy ulushlar ajratilishiga yo’l qo’yilmaydi. Uning vasiyat qilingan qismidangina majburiy ulush hisoblab chiqiladi. Meros qoldiruvchining nabira, chevaralari taqdim qilish huquqi va meros transmissiyasi bo’yicha birinchi navbatdagi merosxo’r hisoblanib, ular faqat meros transmissiyasi bo’yichagina merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega 614 bo’ladilar. Qonun bo’yicha birinchidan boshqa navbatdagi merosxo’rlar merosdan majburiy hissa olishga haqli emaslar. Majburiy ulush olish huquqiga faqat voyaga yetmagan va mehnatga qobiliyatsiz qonun bo’yicha birinchi navbatdagi vorislar vasiyat bo’yicha meros taqsimlanganda ega bo’ladilar. Ushbu shaxslar FKning 1119-moddasi tartibida noloyiq merosxo’rlar deb topilib, merosdan chetlashtirilganda majburiy hissa olish huquqidan mahrum bo’ladilar. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling