610
ularning ota-onalari sifatida yozilgan yoki yozilmaganidan qat’i nazar, qonun
bo’yicha meros olish huquqiga ega bo’ladilar.
Qonun bo’yicha ikkinchi navbatdagi merosxo’rlar. FKning 1136-
moddasida belgilab qo’yilgan meros qoldiruvchining tug’ishgan hamda
ona bir-u
ota boshqa yoki ota bir-u, ona boshqa aka-ukalari va opa-singillari qonun bo’yicha
ikkinchi navbat vorislari jumlasiga kiradilar. Bundan tashqari, meros
qoldiruvchining ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi qonun bo’yicha
ikkinchi navbatda teng ulushlarda meros olish huquqiga ega bo’ladilar.
Qonun bo’yicha uchinchi navbat merosxo’rlar. FKning 1137-moddasiga
asosan meros qoldiruvchining tug’ishgan amakisi, tog’asi, ammasi, xolasi teng
ulushlarda meros olish huquqiga ega. Qonun bo’yicha uchinchi navbat vorislikka
chaqirilish uchun, birinchi va ikkinchi navbat vorislarning umuman bo’lmasligi
yoki ular meros olishdan voz kechgan bo’lishlari, shuningdek, qonunda
belgilangan tartibda merosdan chetlashtirilgan bo’lishlari kerak.
Qonun bo’yicha to’rtinchi navbatda vorislik. FKning 1138-moddasiga
asosan to’rtinchi navbat vorislik huquqi meros
qoldiruvchining oltinchi
darajagacha (oltinchi darajaning o’zi ham kiritadi) bo’lgan qarindoshlariga o’tadi.
Bu navbat bo’yicha meros olishda meros qoldiruvchining yaqinroq qarindoshlari
uzoqroq qarindoshlariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: