Toshkent davlat yuridik universiteti


Vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilishi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 Vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilishi. 
Vasiyatnoma, bir tomonlama bitim hisoblanib, u meros qoldiruvchining 
shaxsan o’zi tomnidan, vasiyat bo’yicha huquq oluvchining roziligisiz tuziladi.
FK.ning 1130-moddasiga asosan, tegishli shaklda tuzilmagan, vasiyatnoma 
uni tuzish, imzolash va tasdiqlashning qonunda belgilab qo’yilagan tartibi buzilgan 
taqdirda haqiqiy emas deb topiladi. 
Vasiyatnomaning ayrim bandlari haqiqiy emasligi uning qolgan qismining 
haqiqiyligiga daxl qilmaydi. Vasiyatnoma to’lig’icha haqiqiy emas deb topilgan 
hollarda, ushbu vasiyatnomaga binoan merosdan mahrum bo’lgan merosxo’r 
umumiy asoslarda meros olish huquqiga ega bo’ladi. 
Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish, u bir tomonlama bitim bo’lganligi 
sababli, FKning 9-bobi 2-paragrafida nazarda tutilgan bitimlarni haqiqiy emas deb 
topish to’g’risidagi qoidalarga asosan ham haqiqiy emas deb topiladi. Sud 
tomonidan vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizalar meros 
ochilgan paytdan boshlab 3 yil muddatda sud tomonidan ko’rilib hal qilinadi. 
Bunda o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmagan vasiyatnomalarga nisbatan da’vo muddati 
tadbiq etilmaydi. Misol uchun muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan tuzilgan 
vasiyatnoma o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmasdan, uni haqiqiy emas deb topish uchun 
sudga murojaat qilish shart emas, demak bunday hollarda da’vo muddati 
qo’llanilmaydi. Lekin, vasiyatnomani haqiqiy emasligining oqibatlarini qo’llash 
bo’yicha da’vo muddati qo’llaniladi. Misol uchun o’z-o’zidan haqiqiy bo’lmagan 
vasiyatnoma bo’yicha meros egallangan bo’lsa, meors mol-mulkining 
qaytarilishiga nisbatan talablarni qo’llashda da’vo muddati qo’llaniladi.
Vasiyatnoma butunlay bekor bo’lgan taqdirda, unda vasiyat qilib qoldirilgan 
mulk qonun bo’yicha vorislar o’rtasida teng taqsimlanadi. 
Vasiyatnomaning ayrim qismlari haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning 
shu qismida ko’rsatilgan mulk, qonun bo’yicha vorislikka chaqirilgan merosxo’rlar 
o’rtasida teng bo’linadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling