Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4§. Vasiyat ijrosi Vasiyat ijrosi vasiyatnomani ijro etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ijrochi vasiyatnoma farmoyishi bilan, taraflar kelishuviga asosan, shuningdek, sud qarori bilan tayinlanishi mumkin. Vasiyat qoldiruvchi o’zining farmoyishi bilan vasiyatnomani ijro etishni merosxo’r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Ushbu shaxsning vasiyat ijrochisi bo’lishi uchun uning roziligi talab etiladi. Bu rozilik vasiyatnomaga vasiyat ijrochisining o’z qo’li bilan yozilgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks etadi. 606 Agarda vasiyatnomada uning ijrochisi haqida hech qanday ko’rsatma bo’lmaganda, vasiyat ijrochisi o’z majburiyatidan voz kechganda yoki merosxo’rlarning talabiga binoan sudning qarori asosida vasiyat ijrochisi o’z majburiyatlaridan ozod etilganda merosxo’rlar o’zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo’rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo’rning taladi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Vasiyatnomani ijro etish majburiyati yuklatilgan shaxs bu majburiyatni bajarishdan istagan vaqtda merosxo’rlarni oldindan xabardor qilib, voz kechishga haqli. Shu bilan birga, vasiyatnomani ijro etuvchi vorislarning arizasiga binoan sudning hal qiluv qarori bilan ham o’z majburiyatlaridan ozod qilinishi mumkin. Vasiyatnomani ijro etuvchini tayinlashdan maqsad merosxo’rlar, vasiyat majburiyati bo’yicha huquq oluvchilar va boshqa uchinchi shaxslarning manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, vasiyat qoldiruvchi o’zining vasiyatnomasidagi farmoyishini aniq amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat. Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyat qoldiruvchi tomonidan unga berilgan vakolat doirasida barcha harakatlarni amalga oshirishga haqli. Vasiyatnomada uni ijro etuvchilarga vasiyatnomani to’la ravishda bajarilishini, shuningdek, uning ma’lum bir qismini bajarish haqida topshiriq berilishi mumkin. Vasiyat qoldiruvchining vasiyatnomada bergan farmoyishini o’z vaqtida va to’lig’icha bajarish vasiyatnomani ijro etuvchining vazifasi hisoblanadi. Vasiyatnomani ijro etuvchi o’z majburiyatlarini merosni qarzlardan xoli etish, meros qoldiruvchiga tegishli bo’lgan summalarni undirish va barcha merosxo’rlarning merosga egalik qilishga kirishishi uchun zarar bo’lgan maqbul muddat mobaynida amalga oshirishi kerak. Bu muddat har qanday holda ham meros ochilgan kundan boshlab, bir yildan oshmasligi kerak. FKning 1131-moddasiga asosan vasyatnomani ijro etuvchi: 1. Merosni muhofaza qilishi va uni boshqarishi; 2. Barcha merosxo’rlarni va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarni meros ochilganligi to’g’risida hamda ular foydasiga vasiyat majburiyatlari to’g’risida xabardor qilish uchun imkon qadar barcha chora- tadbirlarni ko’rishi; 3. Meros qoldiruvchiga tegishli summalarni olishi; 4.Meros qoldiruvchining xohish-irodasi va qonunga muvofiq, merosxo’rlarga ularga tegishli mol-mulkni berishi; 5. Merosxo’rlar zimmalariga yuklatilgan vasiyat majburiyatlari ijro etilishini ta’minlashi; 6. Vasiyat majburiyatlarini bajarish yoxud vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlardan vasiyat majburiyatini ijro etishlarini talab qilishi lozim. Demak, vasiyatnomani ijro etuvchining asosiy vazifasi meros mulkni jamlash va saqlash choralarini ko’rish, uni qonunda va vasiyatnomada belgilangan tartibda merosxo’rlar o’rtasida taqsimlash va kreditorlarning talablarini qabul qilib olish va amalga oshirishdan iboratdir. Vasiyatnomani ijro etuvchi huquqiy maqomining o’ziga xos tomonlari bor. Vasiyatnomani ijro etuvchi meros qoldiruvchininig topshirig’iga asosan merosni 607 qabul qilgan yoki qabul qilishi mumkin bo’lgan merosxo’rlar nomidan harakat qiladi. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish hamda vasiyatnomani ijro etish bilan bog’liq sud ishlarida va boshqa ishlarda o’z nomidan qatnashishga haqli. Shuningdek, bunday ishlarda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Vasiyatnomani ijro etuvchi, o’z navbatida, merosni boshqarish va vasiyatnomani ijro etish bilan bog’liq zarur harakatlarni meros mulk hisobidan undirish huquqiga ega. Vasiyatnoma ijro etib bo’lingach, vasiyatnomani ijro etuvchi merosxo’rlarning talabiga binoan ularga hisobot taqdim etishi shart. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling