Toshkent davlat yuridik universiteti
§.Vasiyat majburiyati va majburiyat yuklash
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
5 §.Vasiyat majburiyati va majburiyat yuklash Vasiyat majburiyati. Vasiyat qoldiruvchi o’zi tuzgan vasiyatnomasida vasiyat bo’yicha merosxo’rning zimmasiga boshqa shaxs foydasiga biron-bir majburiyatni yuklashi mumkin. Bunda majburiyat meros hisobidan amalga oshiriladi. Vasiyat majburiyatining majburiyat yuklashdan farqi shundaki, unda vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi shaxs aniq bo’ladi. Merosxo’rlar jumlasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan shaxslar ham vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar bo’lishi mumkin. Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchiga meros tarkibiga kiradigan ashyoni mulk qilib yoki boshqa ashyoviy huquq qilib berish, meros tarkibiga kirmaydigan mol-mulkni uning uchun sotib olish va unga berish, uning uchun muayyan ishni bajarish, unga muayyan xizmatlar ko’rsatish va hokazolar vasiyat majburiyati narsasi bo’lishi mumkin. Vasiyat majburiyatini ijro etish faqatgina merosni qabul qilib olgan voris uchun majburiydir va faqat meros mulk hisobidan bo’lish mumkin. Bunda, zimmasiga vasiyat majburiyati bajarilishi yuklatilgan merosxo’r bu vazifani o’ziga o’tgan merosning meros qoldiruvchi qarzlarining o’zi to’lashi lozim bo’lgan qismini chegirib tashlagandan so’ng qoladigan haqiqiy qiymati doirasidagina bajarishi lozim. Shuningdek, majburiyat barcha vorislar yoki bir necha vorislar zimmasiga yuklatilgan taqdirda, ularning har biri vasiyat majburiyati bo’yicha yuklatilgan majburiyatning o’ziga tegishli meros hissasiga mutanosib ravishda bajaradi. Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo’lgan vorisning zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan taqdirda, uning vasiyat majburiyatini bajarish vazifasi o’ziga o’tgan meros qiymatining majburiy ulush miqdoridan ortiq bo’lgan qismi bilan chegaralanadi. Zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan voris merosdan voz kechib, uni qabul qilib olmagan taqdirda, vasiyat majburiyatini bajarish uning ulushini olgan boshqa merosxo’rlarga o’tadi. Vasiyat qoldiruvchi uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni vasiyat bo’yicha meros qilib oladigan merosxo’r zimmasiga uy-joyning bir qismini ma’lum bir shaxsga undan umrbod foydalanish uchun berib qo’yish majburiyatini yuklashga haqli. Bu turar joyiga bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxslarga o’tganda ham umrbod foydalanish huquqi o’z kuchini yo’qotmaydi. Ammo uy-joydan umrbod foydalanish huquqini olgan shaxs vafot etganda, vasiyat majburiyati yuzasidan 608 huquq oluvchining umrbod foydalanish huquqi uning merosxo’rlariga o’tmaydi, shuningdek bu huquq boshqaga berilishi mumkin emas. Vasiyat majburiyati quyidagi hollarda bajarilmaydi: a) vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi shaxs meros ochilgunga qadar vafot etsa; b) vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi meros ochilgandan keyin, ammo merosxo’r merosni egallamasdan oldin vafot etgan taqdirda. Zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxo’r vafot etganda, merosdan voz kechganda yoxud noloyiq merosxo’r deb topilgan taqdirda, vasiyat majburiyatini bajarish uning ulushini olgan boshqa merosxo’rlarga o’tadi, Boshqa merosxo’rlar bo’lmagan taqdirda, sudning hal qiluv qarori bilan mol-mulk egasiz deb topilsa, vasiyat majburiyatini bajarish meros mulk o’tgan davlat yoki fuqaroning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling