Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
2 §. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz 
boqimlari 
Mazkur paragrafni tushunish uchun avvalo mehnatga layoqatsiz shaxslar 
kim degan savolga javob topishimiz lozim. MKning 192 moddasiga asosan 
quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi: 
o’n olti yoshdan katta shaxslar, agar ular shu yoshga to’lgunga qadar 
nogiron bo’lib qolgan bo’lsalar; 
oltmish yoshga to’lgan erkaklar va ellik besh yoshga to’lgan ayollar; 
belgilangan tartibda nogiron deb topilgan shaxslar. 
Yuqoridagi 
ro’yxatga 
kiradigan 
mehnatga 
qobiliyatsiz 
meros 
qoldiruvchining boqimida bo’lgan shaxslar ikki tartibda meros oladilar. 
Birinchidan, ular qonun bo’yicha merosxo’rlar doirasiga kiritiladi hamda 
ularga nisbatan navbat bo’yicha meros olish qoidalari tadbiq etilmaydi, ya’ni 
qonun bo’yicha boshqa merosxo’rlar bo’lgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz 
boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxo’rlar bilan birgalikda 
meros oladilar. Ushbu meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari 
quyidagilar: 
1. 
meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning 
qaramog’ida bo’lgan, u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar 
(boqimlikning birinchi asosi).
2. 
qonun bo’yicha ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi navbatdagi vorislar 
jumlasiga mansub bo’lgan, meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil 
uning qaramog’ida bo’lgan (meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan-
yashamaganliklaridan qat’i nazar), biroq vorislikka chaqirilayotgan navbatning 
merosxo’rlar doirasiga kirmasalarda ana shu chaqirilayotgan navbatning 


611 
merosxo’rlari bilan birgalikda meros oladilar. Misol uchun meros qoldiruvchining 
tug’ma nogiron akasi uning vafotiga qadar bir yildan ortiq muddat uning 
qaramog’ida bo’lganda, uning merosiga nisbatan farzandlari va boshqa qonun 
bo’yicha birinchi navbatdagi merosxo’rlar bilan bir qatorda vorislikka chaqiriladi.
Yuqoridagi asoslarni qo’llash uchun “meros qoldiruvchining qaramog’ida 
bo’lishlik degan” tushunchani ham aniqlab olishimiz lozim. Bunga Oliy sudning 
2000 yil 22 dekabrda qabul qilingan 33-son Plenum qarorida aniqlik kiritilgan. 
Unga muvofiq meros qoldiruvchining qaramog’i bo’lishlik, ya’ni mazkur 
shaxsning tomonidan berib turilgan moddiy yordam qaramog’iga olingan 
shaxsning hayot kechirishi uchun biron-bir asosiy va doimiy manba bo’lishini 
nazarda tutmoq lozim. Davriy, vaqti-vaqti bilan berib turilgan moddiy yordam 
meros qoldiruvchining qaramog’ida bo’lish faktini belgilash uchun asos bo’lmaydi. 
Moddiy yordam meros qoldiruvchining vafotigacha uzluksiz berilgan bo’lishi 
shart. Shuningdek, meros qolidiruvchining qaramog’ida bo’lganlik fakti sud hujjati 
bilan tasdiqlanadi. Yoshi bo’yicha qaramoqda bo’lgan shaxsning mehnatga 
qobiliyatsizligi uning pasporti, tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya 
guvohnomasi bo’yicha tekshiriladi. 
Yuqoridagi asos bo’yicha meros olgan mehnatga qobiliyatsiz boqimlarning 
meros mulkidan oladigan ulushlari ko’pi bilan meros mulkining to’rtdan bir 
qismidan oshmasligi kerak. Misol uchun bir nafar birinchi navbat merosxo’r 
hamda bir nafar mehnatga qobiliyatsiz boqim meros olishga chaqirilganda 
merosning to’rtdan uch qismi birinchi navbat merosxo’rga, qolgan to’rtdan bir 
qismi mehnatga qobiliyatsiz boqimga tegishli bo’ladi, ya’ni bu vaziyatda meros 
teng taqsimlanmaydi. 
Ikkinchidan, meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari qonun 
bo’yicha beshinchi navbat sifatida, yuqoridagi birinchi asoslarda vorislikka 
chaqirilmasalar hamda qonun bo’yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi 
navbat vorislar bo’lmasa voris bo’ladilar.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling