604
Maxfiy vasiyatnoma bu – vasiyat qiluvchining
talabi bilan notarius va
vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs tomonidan uning mazmuni
bilan tanishib chiqilmasdan tasdiqlangan vasiyatnoma.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida o’z
qo’li bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini to’liq yozishi
lozim. Bu haqda notarius va boshqa mansabdor shaxs vasiyat qiluvchidan og’zaki
so’raydi va tasdiqlovchi yozuvda ko’rsatadi. Vasiyatnoma
ikki guvoh hamda
notarius yoki mansabdor shaxs ishtirokida xatjildga solinib,
xatjild elimlanishi
lozim, guvohlar o’z familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy propiska qilingan
manzilni ko’rsatgan holda xatjildga imzo qo’yadilar. Guvohlar imzo qo’ygan
xatjild guvohlar va notarius yoki mansabdor shaxsning ishtirokida boshqa xatjildga
solinadi va bu xatjild ham elimlanadi, unga notarius
yoki mansabdor shaxs
tasdiqlovchi yozuvni yozib qo’yadi.
3 §. Vasiyatnomani o’zgartirish, bekor qilish va
uni haqiqiy emas deb topish
Vasiyat qoldiruvchi o’zining vasiyatnomada izhor qilgan irodasini xohlagan
vaqtda o’zgartirishi va bekor qilishga haqli. Bu haqda FKning 1127-moddasida
ko’rsatib o’tilgan, ya’ni vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda o’z vasiyatnomasini
to’laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud bo’lgan
ayrim vasiyat
farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, o’zgartirishga yoki
to’ldirishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: