Toshkent davlat yuridik universiteti


  2 §. Vasiyatnoma turlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 


602 
2 §. Vasiyatnoma turlari
Vasiyatnoma uni tasdiqlovchi subyektlarga qarab ikki turga ajratiladi, ya’ni 
notarial tasdiqlangan va notarial tasdiqlangan shartnomalarga tenglashtirilgan 
vasiyatnomalar. 
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan 
yoxud uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib olinib qonunda belgilangan 
tartibda notarial tasdiqlandi. 
Vasiyatnoma istalgan notarial idora notariusi tomonidan tasdiqlanishi 
mumkin. Bunda, notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat 
qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va 
reestr raqami to’g’risidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining doimiy propiska 
qilingan joydagi meros rasmiylashtiriladigan davlat notarial idorasiga o’n kun 
muddatda yuborilishi lozim.
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan 
taqdim etilgan yoki uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi 
lozim. 
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda 
tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z qo’li bilan 
imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi to’liq yozilishi shart. Agar vasiyat 
qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o’z 
qo’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir bo’lganida 
vasiyat qiluvchi o’z qo’li bilan imzolay olmaganligining sabablarini ko’rsatilgan 
holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo’yishi mumkin. Bunda, notarius 
vasiyat qiluvchining o’rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga 
qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki 
o’zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi 
va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling