Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Meros huquqining subyektlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5 §. Meros huquqining subyektlari 
Meros huquqining subyektlarini meros qoldiruvchi hamda merosxo’rga 
ajratib talqin qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Meros qoldiruvchi bu – faqat jismoniy shaxs bo’la oladi. 
Merosxo’r bu – meros ochilgan paytda hayot bo’lgan fuqarolar hamda meros 
qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo’lgan va meros ochilgandan 
keyin tirik tug’ilgan bolalari vasiyat va qonun bo’yicha merosxo’r bo’lishlari 
mumkin. Vasiyat bo’yicha har qanday shaxs qarindoshlik aloqasi va darajasidan 
qat’iy nazar, qonun bo’yicha esa marhumning oila a’zolari, qarindoshlari hamda 
qaramog’ida bo’lgan shaxslar merosxo’r bo’lishi mumkin. 
Qonun bo’yicha vorislikda farzandlikka oluvchilar ham farzndlikka 
olinganlar ham farzandlar va ota-onalar kabi bir xil huquqlarga ega bo’ladilar. 
Farzandlikka olingan bolalar, – deyiladi Oila kodeksining 165-moddasida, –barcha 
shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchilarning o’z bolalariga 
tenglashtiriladi. Farzandlikka olinganlar va ularning ota-anasi (ota-ona 
qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yo’qotadilar 
hamda o’zaro majburiyatlardan ozod bo’ladilar. Bunda shunga alohida e’tibor 
berish lozimki, agar ota-ona hayotligida o’z farzandini boshqa shaxslarga 


600 
farzandlikka bergan bo’lsa va ushbu farzand vafot etsa, uning merosiga nisbatan 
biologik ota-onasi merosxo’r hisoblanmaydi va farzandlikka oluvchilar merosga 
chaqiriladi. Aksincha, vafot etgan shaxs biologik ota-onasi vafotidan keyin, 
farzandlikka olingan bo’lsa, uning merosiga nisbatan ham biologik ota-onasi 
hamda farzandlikka oluvchilar merosxo’r hisoblanadilar. Bunda biologik ota-onaga 
meros bo’yicha tegishi kerak bo’lgan ulush ularning avlodlariga o’tadi. 
Shuningdek, yuridik shaxs, davlat hamda fuqarolarning o’zini-o’zi 
boshqarish organlari ham vasiyat bo’yicha merosxo’r bo’lishi mumkin. Bunda 
asosiy shart ular meros ochilgan paytda tuzilib bo’lgan bo’lishi shart. 
Qonunda belgilangan holatlarda merosxo’r noloyiq merosxo’r deb topilishi 
natijasida, shuningdek vasiyatnomada ko’rsatilgan holatlarda merosxo’rlar 
merosdan chetlatilishi natijasida merosxo’r meros olish huquqidan mahrum 
bo’ladi. 
FKning 1119-moddasida ko’rsatilgan asoslarda noloyiq merosxo’rlar 
merosdan chetlatiladi. 
Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxo’rlardan birortasini 
qasddan o’ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat bo’yicha 
ham, qonun bo’yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi o’z 
hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan 
mustasno. 
Meros qoldiruvchi o’zining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga 
qasddan to’sqinlik qilgan va shu orqali o’zlarining yoki o’zlariga yaqin 
shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning o’zlariga yoki o’zlariga 
yaqin shaxslarga tegishli ulushi ko’paytirilishiga imkon yaratgan shaxslar 
vasiyatnoma bo’yicha ham, qonun bo’yicha ham meros olish huquqiga ega 
emaslar. 
Bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros 
ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bolalardan qolgan 
mulkka voris bo’lish huquqiga ega emaslar, shuningdek meros qoldiruvchiga 
ta’minlab turish yuzasidan qonunga ko’ra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini 
bajarishdan bo’yin tovlagan ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan 
bolalar (farzandlikka olinganlar) qonun bo’yicha vorislik qilish huquqiga ega 
emaslar. 
Noloyiq merosxo’rlarni vorislikdan chetlatish uchun asos bo’ladigan holatlar 
bunday chetlatish keltirib chiqaradigan vorislik bilan bog’liq mulkiy oqibatlarga 
daxldor shaxsning da’vosi bo’yicha sud tomonidan belgilanadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan qoidalar har qanday merosxo’rlarga, shu jumladan 
majburiy hissa olish huquqiga ega bo’lgan merosxo’rlarga ham tadbiq etiladi. 
Shuningdek, FKning 1120-moddasiga muvofiq vasiyat qiluvchi qonun 
bo’yicha merosxo’rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan 
holda merosdan mahrum qilishi mumkin. Lekin ushbu qoida merosdan majburiy 
ulush olish huquqiga ega bo’lgan merosxo’rlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling