Toshkent davlat yuridik universiteti
V BO’LIM. MEROS HUQUQI
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
596 V BO’LIM. MEROS HUQUQI 66-BOB. VORISLIK TO’G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR 1 §. Meros va vorislik tushunchalari Ma’lumki inson hayoti davomida boshqa shaxslar bilan turli xil munosabatlarga kirishadi. Bunday munosabatlar, albatta, shaxsning erkin irodasi bilan vujudga keladi. Munosabatda turgan har bir shaxs muayyan bir huquq yoki majburiyatlarga ega bo’ladi. Bunday huquq va majburiyat, qoida tariqasida, shaxs vafot etgandan so’ng ham o’z kuchini saqlab qolishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning vafot etishi har doim ham ushbu huquq va majburiyatlarning bekor bo’lishiga olib kelmaydi. Masalan, bank muassasalariga qo’yilgan mablag’, uni qo’ygan shaxs vafot etganda ham bank omonatni berish majburiyatidan ozod bo’lmaydi. Majburiyat davom etadi, ammo talab qilish huquqi boshqa shaxslarga o’tadi. Fuqaro vafot etgandan keyin ham uning barcha huquqi va majburiyatlari o’z kuchini saqlab qolmaydi, ayrimlari bekor bo’ladi. Vafot etgan shaxsning hayotligida boshqa shaxsga o’tishi mumkin bo’lgan uning huquq va majburiyatlari meros tariqasida vorislarga o’tadi. Fuqarolik huquqida vorislik huquqi alohida mustaqil huquq instituti hisoblanib, vafot etgan shaxsning mol-mulki, mulkka bo’lgan huquqi, talab qilish huquqi, shuningdek o’zgalar oldidagi majburiyatlari va qarzlarining vasiyat bo’yicha yoki qonun bo’yicha vorislik asosida uning vorislariga o’tishini nazarda tutadi. Meros huquqi – bu fuqaroning vafoti munosabati bilan uning mulkiy, mulk bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlarining bevosita qabul qilib olish yoki qabul qilishni rad etish bilan bog’liq bo’lgan huquqiy normalar yig’indisidan iboratdir. Fuqarolik qonunchiligida vorislik instituti vorislikning umumiy qoidalari, vasiyat bo’yicha vorislik, qonun bo’yicha vorislik hamda merosni egallashga doir normalar yig’indisidan iboratdir. Vorislik ikki asosda, vasiyat va qonun bo’yicha vujudga keladi. Mulkdor o’zi hayotligidayoq o’ziga tegishli mulk(lar)ning taqdirini belgilagan holda mol-mulkini ishonchli qo’llarga topshirish maqsadida vasityanoma qoldirishi mumkin. Bu o’z navbatida keyinchalik ushbu mol- mulkning ko’payishiga, rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yoki aksincha, mulkdor o’ziga tegishli mol-mulkning taqdirini belgilamasdan vafot etgan taqdirda, unga tegishli mol-mulk qonun bo’yicha vorislik asosida uning oila a’zolariga yoinki qarindosh urug’lariga o’tadi. Qonun bo’yicha vorislik munosabati bilan meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlari o’tish tartibi va shartlari qonunda belgilab qo’yilgan bo’ladi. Meros mulk qonunda belgilangan tartibda va miqdorda merosxo’rlar o’rtasida taqsimlanadi. Ushbu darsligimizning keyingi paragraflarida vorislik asoslariga batafsil to’xtalib o’tamiz. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling