Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
7 §. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxs bu nomni tovarda, idishi va o’rovida, reklamalarda, bosma ma’lumotlarda, hisob varaqalarda ishlatish, shuningdek, ushbu tovarning fuqarolik muomalasiga kiritilishi munosabati bilan (sotish, ijaraga berish, namoyish etish va hokazolar) joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga haqlidir. Tovar chiqarilgan joy nomi tovar belgisi bilan birgalikda, shuningdek, o’zi mustaqil, alohida ravishda ishlatilishi mumkin. Sanoat mulki obyektlarining boshqa turlaridan farqli ravishda tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan foydalanish huquqi u yoki bu shaxsga monopoliya (tanholik) asosida tegishli bo’lmaydi. Bu huquq tegishli mamlakat, joy, hudud doirasida o’sha turdagi tovarni tayyorlash bo’yicha xo’jalik faoliyatini amalga oshirayotgan barcha shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin (FKning 1108-moddasi 1- 3-qismida belgilangan talablarga rioya qilingan holda). Binobarin, masalan, Chust hududida faoliyat yurituvchi barcha pichoqsoz – hunarmandlar «Chust pichog’i» 592 degan nomdan foydalanish huquqi haqida guvohnoma so’rab, Intellektual mulk agentligiga murojaat etishga haqlidirlar. Bunda bir necha hunarmand birgalikda ham, bir-birlaridan mustaqil, alohida tarzda ham ro’yxatga olinishlari mumkin. Ularning har biri tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega. Yuqorida ko’rsatilganday, tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish mutlaq monopol huquq emas, bu huquq bir vaqtning o’zida FKning 1108-moddasida belgilangan talablarga rioya qilinganda cheksiz, nomuayyan doiradagi shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Xuddi shu sababli tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqining boshqa shaxsga berilishiga, uning boshqa shaxsga o’tkazilishiga, uning litsenziya asosida foydalanish uchun berilishiga yo’l qo’yil- maydi, bu haqdagi bitim va shartnomalar o’z-o’zidan haqiqiy hisoblanmaydi. O’zbekiston Respublikasida uning hududidagi (davlat chegaralari ichida joylashgan) tovarlar chiqarilgan joylarning nomlari (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, tog’lar, daryolar va boshqa geografik obyektlar) huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi (ya’ni bu nomdan foydalanuvchilarning huquqlari uchinchi shaxslarning tajovuzlaridan qo’riqlanadi). Boshqa davlatdagi tovar ishlab chiqarilgan joy nomi O’zbekiston Respublikasida huquqiy muhofza qilinishi uchun quyidagi ikki shart bir vaqtning o’zida mavjud bo’lishi shart: a) agarda bu nom tovar chiqarilgan mamlakatda ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa; b) so’ngra O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida ham belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa. Binobarin, boshqa davlatda tovar ishlab chiqarilgan joy nomi shu davlatning o’zida huquqiy muhofaza qilinmasa, u O’zbekiston Respublikasi hududida ham huquqiy muhofaza qilinmaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling