Toshkent davlat yuridik universiteti
§. Tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquq
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
6 §. Tovar chiqarilgan joy nomiga bo’lgan huquq FKning 1108-moddasida hamda Qonunda tovar kelib chiqqan (tayyorlangan) joyning nomi tushunchasi, uni huquqiy muhofaza qilish asosi, tartibi belgilab berilgan. Har bir mamlakat, mintaqa, ma’lum bir hudud o’z iqlimi, havosi, tuproq tarkibi, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy sharoitlari bilan o’ziga xosdir. Ba’zan bu o’ziga xoslik o’sha hudud doirasida ishlab chiqariladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko’rsatiladigan xizmatning o’ziga xos alohida sifatga, belgilarga ega bo’lishini belgilaydi. Boshqa joydagi aynan o’shanday ishlab chiqarilgan tovarlar, bajariladigan ishlar yoki ko’rsatiladigan xizmatlar o’shanday sifatga, belgilarga ega bo’lmaydi. Binobarin, ma’lum geografik hududning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillar (asosan, o’sha joyda yashovchilarning kasbi-kor malakasi, mahorati) bilan uzviy bog’liq ravishda tayyorlangan tovarlar boshqa joyda tayyorlangan aynan shunday tovarlarga nisbatan xaridorgir, yuqori sifatli, alohida xususiyatlarga ega, raqobatbardoshli hisoblanadi. Bozorda ushbu tovar tayyorlangan joy nomining o’zi tovar ma’lum sifat xususiyatiga ega ekanligi haqida o’ziga xos sertifikat hisoblanadi. Masalan, «Borjomi», «Essentuki», «Toshkent» suvlari, Uchqora mayizi, Urgut tamakisi, Yangiqo’rg’on anjiri, Quva anori va hokazo. Ba’zan tovar tayyorlangan joyning tabiiy shart-sharoitlari bilan emas, balki o’sha joyda yashovchi aholining ma’lum bir kasb-hunari, mahsulot tayyorlashda bo’lgan alohida mahorati, malakasi ushbu tovar sifatini belgilashda alohida muhim omil bo’lishi mumkin. Masalan, Chust pichog’i, Samarqand noni, Xiva gilami va hokazo. Tovar chiqarilgan (tayyorlangan) joy nomi sifatida mamlakat nomi ishlatilishi (Braziliya kofesi, Eron gilami, Gruziya choyi), aholi punkti yoki mintaqaviy hudud nomi (Toshkent suvi, Chust pichog’i), umuman, qandaydir geotrafik obyekt nomi (masalan, Tyan-Shan suvi) qo’llanilishi mumkin. Bunday maqsadlarda o’sha geografik obyekt tarixiy nomi ishlatilishi mumkin (Shampan sharobi, Kagor sharobi va hokazo). Bunda eng asosiy sabab o’sha joyda ishlab chiqarilgan tovarning yuqori sifati, alohida belgilarga ega ekanligi va xuddi shu holat tovarlar bozorida, xaridorlar orasida ma’lum ahamiyatga ega ekanligidir. Ba’zan bu tovar ishlab chiqarish bilan emas, xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lishi, bu holat ko’pincha joylarda tibbiy davolash, xizmat ko’rsatish sifati bilan bog’liq bo’lib, bunda o’sha joydagi balchiq, mineral suv, g’orlar, havo tarkibi, havo zichligi, atmosfera bosimi va hokazo holatlar muhim, belgilovchi omil 590 bo’lishi mumkin. Qonunning 5-moddasiga muvofiq, mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo’g’rofiy obyektning (bundan buyon matnda jo’g’rofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo’g’rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tovar kelib chiqqan joy nomiga bo’lgan huquq huquqiy jihatdan muhofaza qilinishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo’lishi lozim: 1) ma’lum joy, hudud o’zining tabiiy-iqlim va relyef shart-sharoitlariga ko’ra, unda yashovchi aholining kasb-kor mahorati, malakasi tufayli o’ziga xosliklarga ega bo’lishi; 2) bu o’ziga xoslik ushbu joyda, hududda tayyorlanadigan, ishlab chiqariladigan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarning alohida sifati, xususiyati, belgilarini ta’minlovchi omil bo’lishi; 3) yuqoridagi holat tovarlar bozorida ma’lum va mashhur bo’lishi talab etiladi. Yuqordagi shartlar mavjud bo’lgan holdagina tovar chiqarilgan joy nomi uni ro’yxatga olish asosida huquqiy muhofaza qilinadi. Ba’zi hollarda tovar nomi geografik obyekt nomi bilan bog’liq yoki bir xilda bo’lsa-da, biroq tovar boshqa joylarda ham aynan o’shanday tayyorlanishi mumkin (masalan, axaltekin otlari), boshqa hollarda esa bunday nom ma’lum tovarning yoki tovarlar guruhining nomi sifatida umumiste’molga kirib ketgan bo’lishi mumkin (golland pishlog’i, kyoln suvi-odekolon va hokazo). Bunday hollarda atama tovar chiqarilgan joy nomi sifatida tan olinmaydi va binobarin, huquqiy muhofaza maqsadlarida ro’yxatga olinmaydi. Biroq bu holat bunday ma’lum va mashhur nomdan insofsizlik bilan foydalanib, xaridorlarni, iste’molchilarni aldash, past sifatli tovarlarni o’tkazish vositasi sifatida foydalanilganda huquqi buzilgan shaxsning o’z huquqlarini himoya qilish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Huquqi buzilgan shaxs FKning 11-moddasida ko’rsatilgan usullardan foydalanib, o’z huquqini himoya qilishga haqli. Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro’yxatdan o’tkazilmaydi: - tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg’itib qo’yadigan jo’g’rofiy nom bo’lgan belgilar; - tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko’rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; - tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog’liq bo’lmagan jo’g’rofiy nomni anglatuvchi va O’zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo’lgan belgilar. Tovar chiqarilgan joy nomi O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida ro’yxatdan o’tkazdiriladi. Bunda FK 1108-moddasi 2-qismida belgilangan talablarga ishlab chiqariladigan tovarning javob berishi va ayni 591 o’shanday tovar ishlab chiqaruvchining o’sha hudud doirasida faoliyat yuritishi muhim omil hisoblanadi (masalan, Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan hunarmand o’z mahsulotini Chust pichog’i deb bozorda sotishi maqsadga muvofiq emas). Intellektual mulk agentligi tomonidan ro’yxatga olish amalga oshirilganidan keyin tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi haqida guvohnoma beriladi. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi guvohnomasi ma’lum muddatga beriladi, bu muddat tugagach, u uzaytirilishi mumkin. Ro’yxatga olishda tovarlarning u tayyorlangan joy nomi bilan bog’liq ravishda sifatga ega ekanligini tekshirish uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin. Guvohnoma amal qilish muddati davomida vakolatli davlat organlari, iste’molchilarning uyushmalari tovarlarning maxsus sifati, xususiyati, belgilari bo’yicha talablarga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni olib boradilar. Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor bo’ladi: a) ma’lum hudud, joy o’sha joyda ishlab chiqariluvchi tovarning maxsus sifati, belgisi, xususiyatini belgilovchi tabiiy iqlim, relyef va boshqa omillardan mahrum bo’lganda (mineral suv chiqmay qolganda, balchiq tugaganda, ma’lum kasb-hunar bilan aholi shug’ullanmay qolganda yoki malaka, mahorat yo’qotilganda); b) ishlab chiqariladigan tovarning maxsus sifat, belgi, xususiyatlarga ega bo’lishi haqidagi talablarga rioya qilinmagan taqdirda; v) joy nomi tovar yoki tovarlar guruhi nomi sifatida umumiste’molga kirib qolganda. Tovar chiqarilgan joy nomini ro’yxatga olish, bu nomdan foydalanish huquqi haqida guvohnoma berish, ro’yxatga olishni haqiqiy emas deb topish, ro’yxatga olish va guvohnomaning amal qilishini to’xtatish, ularning bekor bo’lishi tartibi va shartlari maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling