Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Tovar chiqarilgan joy nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

8 §. Tovar chiqarilgan joy nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun 
javobgarlik 
Tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof foydalanish deganda, eng 
avvalo, bunga tegishli guvohnomasi bo’lmagan holda tovar chiqarilgan joy 
nomidan foydalanish tushuniladi. Shuningdek, ishlab chiqarayotgan tovari maxsus 
sifatga, xususiyatga, belgiga ega bo’lmay qolgani sababli guvohnomasining amal 
qilish muddatidan oldin to’xtatilgan yoki bekor qilingan shaxs tomonidan tovar 
chiqarilgan joy nomidan foydalanish tushuniladi. 
Tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof foydalanish natijasida, eng 
avvalo, tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanishga qonuniy haqli bo’lgan 
shaxslarning huquqlari buziladi, qolaversa, ko’p hollarda tovar chiqarilgan joy 
nomidan g’ayriqonuniy foydalanish natijasida iste’molchilar aldanadi, ularga past 
sifatli tovarlar maxsus sifatli, xususiyatli, belgili tovar sifatida o’tkaziladi. Ayni 
vaqtda, bu holat kelgusida tovar chiqarilgan joy nomi ishlatilgan har qanday 
tovarlarga nisbatan ham ishonchsizlik vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Shu sababli 
ham tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof ravishda foydalanishga qarshi 
kurashda tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar 
va iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar alohida mavqega va 


593 
huquqlarga ega. Chunonchi: 
1) tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan 
shaxsdan huquqqa xilof harakatlarni to’xtatishni; 
2) tovardan, uning idishi va o’rovidan, blankalar, reklamadan va boshqa 
hujjatlardan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan nomni yoki shu nom bilan 
adashtiradigan darajadagi o’xshash belgilarni yo’q qilib tashlashni; 
3) agarda tovardagi, uning idishi yoki o’rovidagi joy nomi yoki unga 
o’xshash belgilarni yo’q qilib, o’chirib tashlashning iloji bo’lmasa, tegishli 
ravishda tovarning idishi va o’rovini olib qo’yish, muomaladan chiqarib olish va 
yo’q qilib tashlashni talab qilishga haqli. 
Qoidabuzar ushbu talablarni ixtiyoriy bajarishdan bosh tortganda, u majburiy 
ravishda va qoidabuzar hisobidan amalga oshiriladi. 
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxs bu 
huquqni buzib, joy nomidan qonunga xilof ravishda foydalangan shaxsdan buning 
natijasida o’ziga yetkazilgan zararlarning to’la qoplanishini talab qilishga haqli. 
Bunda FKning 14-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo’llanadi. Tovar 
chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxsga yetkazilgan
zarar quyidagilarda namoyon bo’lishi mumkin: 
1) qonunga xilof harakat natijasida bozorda uning tovarlarining o’tmay 
qolishi, shu sababli ishlab chiqarish hajmini qisqartirishi, to’xtatib qo’yishga 
majbur bo’lishi; 
2) qonunga xilof harakat natijasida ololmay qolgan, biroq u sodir 
bo’lmaganda odatdagi normal fuqarolik muomalasida olishi mumkin bo’lgan 
daromad (joy nomi qo’llaniladigan tovarlar yoxud tovarlar guruhi bo’yicha); 
3) qoidabuzar tomonidan past sifatli tovarlarning joy nomidan foydalanib
muomalaga kiritilishi natijasida iste’molchilarda joy nomi ishlatilgan tovarlarga 
nisbatan ishonchsizlik holati va uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 
xarajatlar. 
Qoidabuzar tomonidan joy nomidan g’ayriqonuniy foydalanish natijasida 
olingan daromad bu nomdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxs (shaxslar) 
foydasiga yoki o’sha tegishli hudud bo’yicha davlat byudjeti hisobiga undirilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» gi 1996 yil 26 
aprelda qabul qilingan qonunning 5-6-moddalariga asosan iste’molchi tovar ishlab 
chiqargan shaxs, uning joylashgan joyi, tovar haqida ma’lumotlar bilan 
ta’minlanishi lozim. Ushbu Qonunning 7-moddasiga asosan, agarda tovar ishlab 
chiqaruvchi o’zi yoki tovar haqida yolg’on ma’lumotlar berish natijasida 
iste’molchiga sifati past tovar o’tkazilsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va 
zararning undirilishini talab qilishga haqli. 
Tovarning kelib chiqishi joyining nomi sanoat mulkini muhofaza qilish 
bo’yicha Parij Konvensiyasi doirasida ham huquqiy muhofaza obyekti hisoblanadi. 
Shuningdek, buyumlarning chiqarilgan joylarini noto’g’ri yoki yolg’on 
ko’rsatganlik uchun sanksiyalar (jazo choralari) haqidagi 1891 yil 14 apreldagi 
Madrid bitimida tovarning chiqarilgan joyi haqida yanglishishga sabab bo’luvchi 
belgilar, nomlarni qo’yganlik uchun sanksiyalar belgilangan. Buyumlarning kelib 


594 
chiqish joylari ko’rsatkichlarini himoya qilish va ularni xalqaro qayd etish haqidagi 
1958 yil 31 oktyabrdagi Lissabon ittifoqi organi tovar chiqarilgan joy nomlarini 
qayd etish mexanizmini ishlab chiqdi va amalga oshirmoqda. 
Dunyoning deyarli barcha davlatlarida tovarlarning chiqarilgan joylari 
nomlaridan g’ayriqonuniy foydalanish, bu joylar nomlari haqida noto’g’ri yoki 
yolg’on ma’lumot berish g’irrom raqobatning ko’rinishlaridan hisoblanadi va 
tegishli javobgarlik choralari (zararlarni to’latish, hududga olib kelishni taqiqlash, 
arest solish, tovarni yo’q qilib tashlash va hokazolar) ko’rilishiga sabab bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi 2012 yil 6 yanvarda qabul 
qilgan Qonunining 13-moddasiga asosan yuridik shaxsning intellektual faoliyati 
natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, 
mahsulotni, xizmatlar bajarishni individuallashtirish vositalaridan qonunsiz 
foydalanib tovar sotish, tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi xususida 
iste’molchini chalg’itish insofsiz raqobat hisoblanadi va taqiqlanadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling