Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Tovar (xizmat) belgisiga bo’lgan huquqni buzganlikuchun


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

5 §. Tovar (xizmat) belgisiga bo’lgan huquqni buzganlikuchun 
javobgarlik 
FKning 1007-moddasida tovar belgisiga bo’lgan huquqni buzganlik uchun 
fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi, javobgarlik hajmi belgilab qo’yilgan. 
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish deganda tovar 
belgisidan qonuniy asosga ega bo’lmagan holda (tovar belgisi egasi bilan ushbu 
belgiga bo’lgan huquqni olish haqida shartnoma tuzmasdan yoxud tovar belgisidan 
foydalanishga litsenziya olish haqida shartnoma tuzmasdan) tovar belgisidan 
foydalanish tushuniladi. 
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs 
qoidabuzarlikka yo’l qo’yayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan vaqtdan 
boshlab, qoidabuzarlikni to’xtatmog’i shart. 
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalangan shaxs buning 
natijasida tovar belgisining egasiga (ba’zi hollarda ushbu tovar belgisidan 
foydalanishga litsenziya olgan shaxsga ham) yetkazilgan zararlarni to’lashi shart. 
Bunda FKning 14-moddasida belgilab qo’yilgan zararni qoplash haqidagi 
qoidalardan kelib chiqmoq kerak. Tovar belgisi egasiga yetkazilgan zarar, eng 
avvalo, uning tovar belgisi egasi sifatidagi huquqlarini tiklash uchun qilgan yoki 
qilinishi lozim bo’lgan xarajatlar, shuningdek, qoidabuzar bunday qoidabuzarlik 
natijasida yetkazilgan tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish 
natijasida daromad olgan bo’lsa, olingan daromadlar tovar belgisi egasi (ba’zi 
hollarda tovar belgisidan foydalanishga litsenziya olgan shaxs)ga undirib berilishi 
lozim. 
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs 
qoidabuzarlikni to’xtatish bilan birga, quyidagi harakatlarni ham amalga oshirishga 
majbur: 
1) tayyorlab qo’yilgan tovar belgisi tasvirlarini (etiketkalar, yorliqlar, 
tamg’alar, muhrlar, reklama prospektlari, shu kabilar) yo’q qilib tashlashi shart; 
2) qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki chalg’itib 
yuborish darajasida unga o’xshashi bo’lgan belgini tovardan yoki uning idishi va 
o’rovidan yo’qotishi (o’chirib tashlash, qirib tashlash, qirqib tashlash, bo’lib 
tashlash) shart. 
Yuqoridagi harakatlarni qoidabuzar o’zi amalga oshirmagan holda sud 
tomonidan, qoidabuzar hisobidan majburiy tarzda amalga oshiriladi. 
Agarda qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki 
almashtirib yuborish darajasida unga o’xshash bo’lgan belgini tovardan, uning 
idishidan va o’rovidan yo’qotishning iloji bo’lmasa tegishli tovar (idishi, o’rovi) 


589 
yo’q qilib tashlanishi lozim. Yo’q qilib tashlash qoidabuzar zimmasiga yuklatiladi. 
Yo’q qilib yuborish usuli yo’q qilib yuborishni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan 
tanlanadi. 
Qoidabuzar o’z ixtiyori bilan tovarni yo’q qilib yubormagan taqdirda, yo’q 
qilib yuborish sud qarori asosida majburiy ravishda amalga oshiriladi. Bundagi 
sarf-xarajatlar qoidabuzar zimmasiga yuklanadi. 
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun O’zbekiston 
Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 177-moddasida 
javobgarlik belgilangan. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling