Toshkent davlat yuridik universiteti


Vasiyatnomani to’liq bekor qilish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Vasiyatnomani to’liq bekor qilish, birinchidan uning barcha nusxalarini 
yo’q qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda vasiyat qoldiruvchi notariusga 
yozma ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga muvofiq notarius notarial idorada 
saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasi, notarial harakat qayd etilgan resstr hamda 
vasiyatnomalarni ro’yxatga olish alifbo kitobiga belgi qo’yish orqali uni bekor 
qiladi. Vasiyat qiluvchi o’zida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan 
taqdirda, vasiyatnomaning bekor qilinganligi to’g’risida bu nusxaga ham yozib 
qo’yadi. Agarda ariza vasiyatnoma notarial tasdiqlangan yoki u saqlanayotgan 
idoradan boshqasiga taqdim etilsa, u tegishli idoraga yuboriladi. 
Ikkinchidan vasiyatnomani to’liq bekor qilish yangi vasiyatnoma tuzish 
orqali amalga oshiriladi. Bunda yangi vasiyatnoma oldingi vasiyatnomaning 
to’laligicha inkor qiladigan mazmunda tuzilgan bo’lishi lozim. Bu holatda ilgari 
tuzilgan vasiyatnomani bekor qilish to’g’risida alohida farmoyish bo’lishi shart 
emas. Bunda keyingi vasiyatnomaning bekor bo’lishi oldingi vasiyatnomani qayta 
tiklashga sabab bo’lmaydi. Lekin, keyingi vasiyatnomaning haqiqiy emas deb 
topilishi oldingi vasiyatnomaning qayta tiklanishiga olib keladi. 
Vasiyatnomani qisman bekor qilish va o’zgartirish.
Vasiyatnoma qisman o’zgartirilganda, birinchidan, yangi tuzilgan 
vasiyatnomada oldingi vasiyatnomaning ayrim bandlarini bekor qilish, 
ikkinchidan, undagi ayrim bandlariga zid ravishda tuzilish yo’li bilan o’zgartirish 
kiritiladi. Shuningdek, vasiyat qoldiruvchi notariusga ariza berish yo’li bilan 
vasiyatnomaga o’zgartirish kiritishga haqli. 


605 
Bundan tashqari, keyingi tuzilgan vasiyatnoma oldingi vasiyatnomani bekor 
qilmasdan yoki o’zgartirmasdan, qo’shimcha farmoyishlar bilan to’ldirilishi ham 
mumkin. Agarda oldingi vasiyatnomalarda meros qoldiruvchi o’zining mol-
mulkidan bir qismini vasiyat qilib qoldirgan bo’lib, keyingi vasiyatnomada 
mulkning qolgan qismiga vasiyatnoma tuzgan bo’lsa, meros ochilganda har ikkala 
vasiyatnoma ham haqiqiy hisoblanadi. Bunday hollarda har ikkala vasiyatnoma 
bo’yicha ham vorislar meros oladilar. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling