Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
Nazorat uchun savollar 


615 
1. 
Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik hamda meros transmissiyasi 
bo’yicha vorislikning o’zaro farqli jihatlarini izohlang. 
2. 
Meros qoldiruvchining mehnatga qobilayatsiz boqimlari qay tartibda 
merosga chaqiriladi. 
 
69-BOB. MEROSNI EGALLASh 
1 §. Merosdan voz kechish 
Merosni egallash bir tomonlama bitim bo’lib, vorislikka chaqirilgan 
shaxsning erki-irodasi bilan amalga oshiriladi. Merosxo’r o’ziga tegishli lozim 
bo’lgan merosni yoki merosdagi ulushini olish huquqiga meros ochilgan vaqtdan 
e’tiboran ega bo’ladi. U bu huquqni faqatgina merosdan voz kechganda, vorislik 
huquqidan mahrum etilganda, uni merosxo’r deb tayinlash to’g’risidagi vasiyat 
farmoyishi haqiqiy emas deb topilishi natijasida meros olish huquqidan mahrum 
bo’lganida yo’qotadi.
Merosxo’r meros ochilgan kundan boshlab istalgan vaqtda merosdan voz 
kechishga haqli. Merosxo’r vasiyatnoma bo’yicha ham, qonun bo’yicha ham 
vorislikka chaqirilsa, u ushbu asoslarning biri yoki har ikkalasi bo’yicha o’ziga 
tegishli bo’lgan merosdan voz kechishga haqli. Merosdan voz kechish huquqi 
keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
Ayrim hollarda merosdan voz kechish huquqi cheklanishi mumkin. 
Birinchidan, merosxo’r boshqa shaxsning foydasiga merosdan voz kechmoqchi 
bo’lgan taqdirda, u faqat vasiyatnoma bo’yicha yoki qonun bo’yicha merosxo’rlar 
jumlasidan bo’lmish boshqa shaxslar foydasigagina voz kechishi mumkin. 
Merosxo’rlar jumlasiga kirmaydigan uchinchi shaxslar foydasiga merosdan voz 
kechishga yo’l qo’yilmaydi. Undan tashqari, merosdagi majburiy ulushdan voz 
kechish hech bir shartsiz bo’lib, boshqa shaxs foydasiga, garchi u merosxo’rlar 
jumlasidagi shaxs bo’lsa ham, majburiy ulushdan voz kechishaga yo’l qo’yilmaydi. 
Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada ko’rsatilgan mersxo’rlarga 
vasiyatnoma bo’yicha o’tadi. Ikkinchidan, merosning muayyan qismidan voz 
kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qo’yib voz kechilishiga yo’l 
qo’yilmaydi. Lekin merosxo’r ham vasiyat, ham qonun bo’yicha merosxo’r bo’lib 
vorislikka chaqirilsa, u shu asoslarning biri bo’yicha merosdan voz kechishi 
mumkin. Bu qisman voz kechish hisoblanmaydi. U biron asos, ya’ni yoki vasiyat 
yoki qonun bo’yicha merosdan o’ziga tegadigan ulushdan to’liq voz kechgan 
hisoblanadi. Shuningdek, merosxo’r ulushning ortishi huquqi bo’yicha o’ziga 
tegishli merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz 
kechishga haqli holatlar yuqoridagi qoidani istisno qiladi. 
Merosxo’r merosdan muayyan shaxs foydasini ko’rsatmasdan voz kechgan 
taqdirda merosning unga tegadigan qismi vorislikka chaqiriladigan qonun bo’yicha 
merosxo’rlarga o’tadi va ular o’rtasida merosdagi ulushlariga mutonasib ravishda 
taqsimlanadi. 
Agar meros qoldiruvchi barcha mol-mulkni o’zi tayinlagan merosxo’rlarga 
vasiyat qilgan bo’lsa, merosning merosdan muayyan shaxs foydasini 
ko’rsatmasdan voz kechgan merosxo’rga tegishli bo’lgan qismi, agar vorisdan 


616 
keyingi voris tayinlanmagan bo’lsa, vasiyatnoma bo’yicha qolgan merosxo’rlarga 
o’tadi
Vasiyat majburiyatidan voz kechish asoslari va tartibi majburiyat taraflariga 
qarab farqlanadi. Vasiyat majburiyati bo’yicha ikki taraf mavjud. Birinchi taraf, 
vasiyat majburiyati yuklatilgan (ya’ni, uni bajaruvchi) shaxs, ikkinchi taraf vasiyat 
majburiyatini qabul qiluvchi hisoblanib, vasiyat majburiyati bajarilishini talab 
qilish huquqiga ega. 
Fuqarolik kodeksiga asosan o’ziga vasiyat majburiyati yuklatilgan shaxs 
majburiyatdan voz kechishga haqli emas. Faqat u sud tartibidagina majburiyatni 
bajarish imkoni yo’qligini isbotlasa, ushbu majburiyatdan ozod qilinishi mumkin.
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi esa vasiyat majburiyatidan 
istalgan vaqtda notariusga ariza berish orqali voz kechishga haqli. Qisman voz 
kechishga, izohotlar bilan shartlar qo’yib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz 
kechishga yo’l qo’yilmaydi. Yuqoridagi huquq ayni bir paytning o’zida ham 
merosxo’r, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning 
merosdan voz kechish huquqiga bog’liq bo’lmaydi. Vasiyat majburiyatini qabul 
qilib oluvchi shaxs ushbu huquqidan foydalangan bo’lsa, zimmasiga vasiyat 
majburiyati yuklatilgan merosxo’r ushbu majburiyatni bajarishdan ozod bo’ladi.  

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling