Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Transport vositalari ijarasi shartnomasi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2-§. Transport vositalari ijarasi shartnomasi Transport vositasini ijaraga berish obyektining xususiyatidan kelib chiqqan holda, uni maxsus tartibga solish zarurati unga tegishli qoidalarni FK alohida paragrafiga ajratishni belgilab berdi. O`z navbatida, qonun hujjatlari bilan ushbu qoidalar yig’indisi ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga mazkur transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatish majburiyati yuklatilganligi yoki yuklatilmaganliginihisobga olgan holda ikki guruhga 127 ajratilgan. Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasiijaraga beruvchini ijaraga oluvchiga transport vositasi shaklidagi mulkni berish hamda unga transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatish majburiyatini nazarda tutuvchibirlashtirilgan (kombinatsiyalangan) majburiyatlarni tartibga soladi. Shartnoma o`zining qonuniy rasmiylashtirishi bo`yicha aralash xususiyatga ega emas, balki maxsus shartnoma sifatida mustaqillik va yaxlitlikni o`zida saqlab qoladi. Ijaraga beruvchi ushbu xizmatlarni u bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan shaxslar (personal, xodimlari) orqali ko`rsatadi. Mazkur shartnoma ikki tomonlama, xaq baravariga va konsensual shartnoma bo`lib hisoblanadi (FKning 564–modda birinchi qismida ko`rsatilgan xollarda real shartnoma hisoblanadi). FK 564–moddasining birinchi qismida ifodalangantransport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, unga ko`ra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga o`z kuchi bilan shartnoma predmetini boshqarish hamda texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatadi. Bu taraflar o`rtasidagi huquqiy munosabatlarga xizmat ko`rsatish shartnomasi elementini kiritadi, ammo bu ko`rib chiqilayotgan shartnomani (yuridik adabiyotlarda ba’zan qayd qilinganidek) aralash shartnomaga aylantirmaydi, chunki transport vositalarini boshqarish va texnik foydalanish masalalari bo`yicha taraflarning munosabatlari FK 38-bobi bilan emas, balki FK 34-bobi 3-paragrafi bilan tartibga solinadi. Shartnoma predmeti birlashtirilgan (kombinatsiyalangan) xususiyatga ega bo`lib, birinchi komponent (element) sifatida ashyodan – turga xos alomatlari bilan belgilanadigan transport vositasidan (avtomobil, daryo, dengiz yoki havo kemasi va h.k) foydalanish huquqini, ikkinchisi sifatida esa – uni boshqarish (transport vositalarini boshqarish, uchish, shu jumladan navigastiya xizmatlari, aloqa xizmati va boshqalar) va texnik foydalanishni o`z ichiga qamrab oladi. Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasiga ko`ra ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o`z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatadi. FK 34-bobi 3-paragrafi (564–moddaning uchinchi qismi, 565, 567, 569, 570, 572–moddalari) transport vositalarini ijaraga berishning har ikki turini birlashtiruvchi umumiy normalarni belgilaydi. Bundan tashqari, mazkur shartnomaning u yoki bu turiga xos bo`lgan qo`yidagi xususiyatlarini ko`rsatish mumkin. Birinchidan, shartnoma predmeti – transport vositasi bo`lib, u malakali ekipaj tomonidan boshqarish va tegishli tartibda texnik foydalanishni talab qiladi. FK 34 bobi 3 paragrafi normalari birinchi navbatda dengiz, daryo va havo kemalarini ijaraga berishga qo`llaniladi. Albatta bu normalar mototsikl, velosiped va shunga o`xshagan transport vositalariga tadbiq qilinmaydi. Ular bo`yicha mulk ijarasi munosabatlari ijara haqidagi Umumiy normalar (FK 34 bobi 1 paragrafi) yoki ushbu bobning 2 paragrafi normalari bilan (agarda ijaraga beruvchi sifatida 128 tadbirkorlik faoliyatining ushbu turi bilan doimiy ravishda shug’ullanuvchi prokat tashkiloti qatnashayotgan bo`lsa) tartibga solinadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling