Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Ijaraga beruvchining va ijaraga oluvchining talabi bo’yicha mulk
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
6-§. Ijaraga beruvchining va ijaraga oluvchining talabi bo’yicha mulk
ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish asoslari va oqibatlari FK 382–moddasi 2-qismida agar shartnoma bo’yicha taraflardan birishartnomani jiddiy ravishda buzsa, ikkinchi tarafning talabi bilan shartnoma sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. FK 551 va 552–moddalarida mulk ijarasi shartnomasi taraflaridan birining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish asoslari ko’rsatib o’tilgan. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi o’z majburiyatlarini bajarmasa, sud tartibida quyidagi hollarda shartnomani bekor qilinishini talab qilishi mumkin: 1) ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol-mulkdan 118 shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa; 2) mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa, bu o’z navbatida ijaraga olingan mol- mulkni saqlash majburiyatini buzish natijasida yuz beradi; 3) shartnomada belgilangan to’lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lamasa; 4) qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq kapital ta’mirlash majburiyatini amalga oshirmasa. Ushbu majburiyat ijaraga oluvchi zimmasiga faqat qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda yuklatilishi mumkin. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan to’rtta asos imperativ norma bo’lib, taraflar kelishuvi bilan o’zgartirilishi mumkin emas. Bunda taraflar shartnomada mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish asoslarini nazarda tutishlari mumkin. Ko’rsatib o’tilgan asoslardan birining mavjud bo’lishi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilish uchun yetarli bo’lib hisoblanadi. Ijaraga beruvchi sudga shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilib murojaat qilishidan oldan ijaraga oluvchini oqilona muddatda majburiyatlarni bajarishi zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda sudga murojaat qilinguncha ijaraga oluvchi tomonidan yo’l qo’yilgan buzilishlarni bartaraf etish muddati o’tgan bo’lishi lozim. Sud tartibida ijaraga oluvchi asosan, ijaraga oluvchi tomonidan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun mulk ijarasi shartnomasini bekor qilishni quyidagi hollarda talab qilishi mumkin: 1) ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga to’sqinlik qilsa; 2) ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga to’sqinlik qiladigan kamchiliklar bo’lib ushbu kamchiliklar uchun ijaraga oluvchi javobgar bo’lmagan hollarda; 3) ijaraga beruvchi o’z zimmasidagi mol-mulkni kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasa; 4) ijaraga oluvchi javobgar bo’lmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolsa. Ushbu holatda so’z mol-mulkni yaroqsiz bo’lib qolishi tasodifiy holatlar yoki yengib bo’lmas kuch ta’sirida yuz berishi haqida boradi. Vaholanki, mol-mulkni yaroqsiz bo’lib qolishi ijaraga beruvchi tomonidan kapital ta’mirlash ishlarini bajarmaslik oqibatida ham kelib chiqishi mumkin. Ijaraga beruvchi tomonidan mol-mulk ijaraga topshirilayotgan vaqtda ushbu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari mavjudligi haqida ijaraga oluvchini ogohlantirmasligi ijaraga oluvchining talabiga ko’ra mulk ijarasi shartnomasini sud tartibida bekor qilishga asos bo’ladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha asoslar imperativ xarakterga ega. Mulk ijarasi shartnomasida taraflar tomonidan ijaraga oluvchining talabiga ko’ra shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning qo’shimchaasoslari belgilanishi mumkin. 119 FKning ijara shartnomasiga oid normalari mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha munosabatlar barqaror bo’lishini ta’minlashga qaratilgan. Bunda shartnomaning har ikkala tarafining manfaatlari yetarli darajada ta’minlanadi. Ijaraga oluvchining manfaatlari boshqa shaxslar oldida yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo’lishida namoyon bo’ladi. Ijaraga beruvchining manfaatlari esa, qonunda ijaraga oluvchi muayyan shartlarga rioya qilgan hollarda imtiyozli huquqqa ega bo’lishi belgilanishi bilan ta’minlanadi. Ushbu shartlarga rioya qilinmasa, u holda ijaraga beruvchi o’z xohishiga ko’ra boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli. Ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini yangi muddatga tuzishda imtiyozli huquqi quyidagi shartlarga rioya qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin: 1) avval tuzilgan shartnoma bo’yicha majburiyatlarni lozim darajada bajarganlik. Bular jumlasiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun o’z vaqtida haq to’lash (FK 544–moddasi), mol-mulkdan shartnoma shartlariga (mol-mulkning vazifasiga) muvofiq foydalanishi (FK 545–modda), mol-mulkni soz holda saqlashi, joriy ta’mirlashni amalga oshirishi va mol-mulkni saqlash bo’yicha harajatlarni amalga oshirishi (FK 548–modda). Ijaraga oluvchi tomonidan o’z majburiyatlarini bajarmasligi, shu jumladan FK 551–moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda u imtiyozli huquqdan mahrum bo’ladi; 2) boshqa shaxslar bilan sharoitlar teng bo’lgan hollarda mulk ijarasi shartnomasini tuzishgatayyor bo’lishi. Bu mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq miqdorida (FK 544–moddasi), mol-mulkni kapital ta’mirlashni amalga oshirishi (FK 547–moddasi), ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan ajratilishi mumkin bo’lgan yaxshilashlar taqdiri (FK 555–moddasi) va h.k. dahldor bo’lishi mumkin; 3) ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan bo’lmasa, shartnomaning amal qilishi tamom bo’lguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Oqilona muddat bo’lishi uchun ushbu muddat yangi muddatga ijaraga shartnomasini tuzish imkonini berishi lozim. Ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini dastlabki shartlarda nomuayyan muddatga tuzish huquqi quyidagi shartlarga rioya qilinganda amalga oshirilishi mumkin: 1) shartnoma muddati tugagandan so’ng ijaraga oluvchi tomonidan mol- mulkdan foydalanish davom etsa; 2) ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchining mol-mulkdan foydalanishda davom etishiga e’tiroz bildirmasligi. FK 540–moddasiga ko’ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasining har ikki tarafi ham yozma ravishda ulardan birining talabi bilan bir oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa uch oy oldin ogohlantirgan holda istagan vaqtda shartnomadan voz kechishi mumkin. Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchining imtiyozli huquqi haqidagi qoida dispozitiv bo’lib, boshqacha qoida qonun yoki shartnomada nazarda tutilmagan hollarda qo’llaniladi. Masalan, ko’rsatilgan qoida 120 prokat shartnomasiga (FK 559–modda), transport vositalari ijarasi shartnomasiga (FK 564–modda) qo’llanilmaydi. Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzish taraflarga uning shartlarini o’zgartirish huquqidan mahrum qilmaydi va bu holat FK 354–moddasi qoidasiga mos keladi. Agar yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlarga ijaraga oluvchi tomonidan rioya qilingan bo’lsa, ijaraga beruvchi ijaraga oulvchiga yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishni rad qilishi mumkin emas. Ushbu qoida shartnoma muddati tugagandan so’ng bir yil davomida amal qiladi. Agar ko’rsatilgan muddatda ijaraga beruvchi ushbu mol-mulk yuzasidan mulk ijarasi shartnomasi dastlabki ijaraga oluvchi bilan emas, balki boshqa shaxs bilan tuzilgan bo’lsa, u holda noqulay oqibatlar keltirib chiqaradi. Ijaraga oluvchi ijaraga oluvchini yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishga majbur qilishni hamda etkazilgan zararlarni qoplashni so’rab sudga murojaat qilishga haqli. Ijaraga oluvchi yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishni rad qilganlik uchun o’ziga etkazilgan zararni qoplash bilan cheklanishi ham mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling