Javob Birinchi muammo-Qonunlar chet el fuqarolari uchun taalluqli emasligi toʻgʻrimi? Ikkinchi muammo-Soliq organi toʻgʻri yoʻl tutganmi?


Download 7.59 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi7.59 Kb.
#1469178
Bog'liq
Sardor To\'rayev.A patok talabasi.pptx


Kazus
Chet el fuqarosi William Anderson 2022-yil 18-sentabr kuni soliq organiga murojaat qilib, o'zinin tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq soliqlar notog'ri hisoblab chiqilayotgani, shu bois o'zining huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar bilan tanishib chiqishni ta'minlashlarini so'radi. “Soliq organi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 moddasiga binoan huquq va manfaatlarga daxldor hujjatlar bilan tanishib chiqishga faqatgina O'zbekiston fuqarolari ega ekani, bunday huquaga chet el fuqarolari ega emasligini aytib o'tdi. Bundan norozi bo'lgan hamda shaxsiy huquqlar barcha shaxslarga tegishli ekaniga ishongan William Anderson sudga shikoyat bilan murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Bunda, ikki tarafning argumentini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsivasi normalari va ularning mohiyatiga tayangan holda tahlil giling hamda shaxsiy fikringizni asoslagan holda bildiring.
Javob
Birinchi muammo-Qonunlar chet el fuqarolari uchun taalluqli emasligi toʻgʻrimi?
Ikkinchi muammo-Soliq organi toʻgʻri yoʻl tutganmi?
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi”ning 10-moddasiga binoan ya’ni adolatlilik prinsipi. Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni William Anderson boshqa o’zbek fuqorolaridek qonunga rioya etishlari kerak.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi”ning 12-modda. Oshkoralik prinsipi. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari rasman e’lon qilinishi shart. Rasman e’lon qilinmagan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Bu yo’nalishdaham soliq organi hodimlari to’g’ri ish yurita olmagan .Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qonunlar chet el fuqarolari uchun taalluqli ekanligi qonunda bergilab quyilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi”ning 13-modda. Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin etiladi.Shu sabab William Anderson to’g’ri yo’l tutgan rostan ham u o’z haq huquqlarini talab qilib sudga shikoyat qilgan va bu masala William Anderson foydasiga hal qilinadi.
Download 7.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling