Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
23
Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг “Мулк ижараси шартномаси тўғрисидаги 
фуқаролик қонун ҳужжатларини қўллашнинг айрим масалалари ҳақида”ги 2011 йил 1 декабрдаги 234-сон 
қарори. 
Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiқ 
muddatga 
mo’ljallangan 
bo’lsa, 
taraflardan birontasi yuridik shaxs 
bo’lgan ҳollarda esa, muddatidan қat’i 
nazar, yozma shaklda tuziladi (FK 539-
modda).
Fuқarolar o’rtasida tuzilgan uy-joyni 
ijaraga berish shartnomasi notarial 
tasdiқlanadi. (FK 603-modda). 
Mulk ijarasi shartnomasi 
shakli 
Mulk ijarasi 
shartnomasi 
shakli 
shartnoma 
predmeti va 
muddatiga 
boғliқ 
bo’ladi. 
Teatrlarda binokl, durbinlarni ijaraga 
olish oғzaki shaklda amalga oshiriladi.


109 
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 
yil 8 apreldagi 102-sonli qaroriga ilova bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga 
berish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq, davlat mulki ijarasining eng ko’p 
muddati qoida tariqasida besh yilni tashkil qiladi. 
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo’lsa, 
shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bu taraflardan har biriga 
istagan paytda shartnomadan voz kechish huquqini beradi. Faqat taraflar bir birini 
bir oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa – uch oy oldin yozma ravishda 
ogohlantirishi talab qilinadi. Ko’rsatilgan muddat dispozitiv xususiyatga ega, ya’ni 
qonun yoki shartnomada ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilanishi 
mumkin. 
Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlari uchun qonunda shartnoma amal 
qilishining eng ko’p muddati belgilanishi mumkin. Masalan, FK 559–moddasiga 
muvofiq, prokat shartnomasi bir yil muddatgacha tuzilishi mumkin. O’zbekiston 
Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunning 11–moddasiga ko’ra, 
er uchastkasini ijaraga berishning eng ko’p muddati 50 yilgacha bo’lishi mumkin. 
Agar qonunda shartnoma amal qilishi uchun eng ko’p muddat belgilangan va 
bunda mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha muddat aniqlanmagan bo’lsa, agar 
taraflardan biri qonunda belgilangan ushbu muddat ichida shartnomadan voz 
kechish istagini bildirmasa, u holda shartnoma qonunda belgilangan eng ko’p 
muddatgacha amal qiladi. Agar shartnoma qonunda belgilangan eng ko’p 
muddatdan ortiq bo’lgan muddatga tuzilgan bo’lsa, u holda shartnoma haqiqiy 
emasligini keltirib chiqarmaydi. Bunday hollarda shartnoma qonunda belgilangan 
eng ko’p muddatga tuzilgan hisoblanadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling