Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-bob. Mulk ijarasi 1-§. Mulk ijarasi tushunchasi va mohiyati
Nazorat uchun savollar:
1. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi va umrbod renta shartnomasi nisbati qanday? 2. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlarini ko`rsating. 3. Fuqaro A. (beruvchi) fuqarolar – yosh-kelin kuyov D. va S. (oluvchilar) bilan 3 xonali kvartirani umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzishdi. Ular har oyda 300 ming so`mlik xizmatlar ko`rsatishni (indeksastiya asosida) shartnoma predmeti bo`lishini nazarda tutishdi. Oradan 5 yil o`tgach, A. insult bo`lib yurolmay qoldi va unga maxsus qarovchi shaxsni yollash harajatlarini ham qo`shimcha to`lashni talab qildi. Bunga javoban D. va S. shartnomani bekor qilib, ilgari xizmatlar to`lovini qaytarishni talab qilib sudga murojaat qildi. Nizo qanday hal qilinadi? 4. Fuqarolar R. va S. o`rtasida hovli joy evaziga umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzishdi. Oradan 5 yil o`tgach tuman bosh rejasiga ko`ra, ushbu hovli joy buziladigan bo`ldi. Fuqaro S. hokimiyatdan R. uchun 1 xonali va o`zi uchun alohida 1 xonali kvartira berishni talab qildi. Nizo yuzasidan maslahat bering. 34-bob. Mulk ijarasi 1-§. Mulk ijarasi tushunchasi va mohiyati Har bir subyekt o’zi uchun zarur bo’lgan barcha mol-mulklarga mulkdor sifatida ega bo’lish imkoniyatiga ega emas. Biroq, bunday mol-mulklardan o’z ehtiyojlari uchun qonuniy foydalanish bo’yicha yuridik vositalar tizimi mavjud. Ulardan biri mol-mulk ijarasi hisoblanadi. Mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Mulk ijarasi shartnomasi mulkdor tomonidan mol-mulkni tasarruf etish usulini o’zida ifodalaydi. Mulk ijarasi shartnomasi mulkdorga mulkni ijaraga berish orqali muayyan daromad ko’rish imkoniyatini beradi. Mazkur shartnoma tadbirkorlik faoliyatida ham, boshqa, shu jumladan maishiy sohalarda ham keng qo’llaniladi. Bunda mulkdor o’zi tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan mol- mulkini ijaraga beradi. Umumiy qoidaga ko’ra, mulk ijarasi shartnomasida mol-mulk ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga egalik qilish va foydalanish uchun topshiriladi. Masalan, transport vositalari ijarasi shartnomasi, prokat shartnomasi (FK 558 va 564–moddalar). Shu bilan birga, alohida hollarda ijaraga mol-mulk faqat foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Masalan, bino va inoshootlar 105 ijarasida obyekt ijaraga oluvchiga faqat foydalanishga topshirilishi mumkin (FK 573–moddasi). Mol-mulkni topshirishga qaratilgan boshqa shartnomalardan (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, qarz) farqli ravishda mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha egalik qilish va foydalanish yoki faqat foydalanish vaqtinchalik bo’ladi. Mulk ijarasi shartnomasi haq evaziga tuziladi. Mulk ijarasi shartnomasi obyektlari ijaraga oluvchiga haq evaziga topshiriladi. Aks holda mol-mulkdan tekin foydalanish (FK 36-bobi) yuz beradi. Vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish shartlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Agar shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzilgan bo’lsa, u holda ijaraga olingan mol- mulkdan tegishli daromad olishni nazarda tutadi. Bunday daromad agar bu shartnomaga zid bo’lmasa, boshqa holatlarda ham olinishi mumkin. Umumiy qoida bo’yicha bunday hollarda olingan daromad, shu jumladan, mahsulot, hosil va mevalar ijaraga oluvchining mulki hisoblanadi. Shu bilan birga qonunda yoki mulk ijarasi shartnomasida ushbu mol-mulkni ijaraga olib foydalanishdan olinadigan daromadlarni kimga tegishli bo’lishi haqida boshqacha shartlar ham belgilanishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasiga muvofiq mol-mulk vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga yoki faqat foydalanishga topshiriladi va ushbu muddat tugagandan so’ng mol-mulk qaytarilishi lozim. Bundan kelib chiqqan holda, qonun mulk ijarasi shartnomasi obyektlari jumlasiga iste’mol qilinmaydigan, ya’ni qayta-qayta foydalanishga mo’ljallangan, bunda o’zining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin emirilib boradigan ashyolarni kiritadi. FKning 537–moddasida mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha topshirilishi mumkin bo’lgan obyektlarning taxminiy ro’yxati keltirilgan. Jumladan, er uchastkalari, er osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari. Demak, mulk ijarasi shartnomasining obyekti bo’lib ko’chmas mulk ham, ko’char mulk ham bo’lishi mumkin. Qonunchilikda mulk ijarasiga berilishi mumkin bo’lmagan yoki cheklangan mol-mulk turlari belgilab qo’yilishi mumkin. Bunday mol-mulklar jumlasiga avvalo, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan obyektlar kiradi. Masalan, tabiatdan maxsus yo’sinda foydalanish. Yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va o’zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib ijaraga berilishi mumkin (O’zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 6–moddasi). Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo’lishlari mumkin(538–modda). FK 79, 214 va 215–moddalariga asosan, davlat nomidan mulk ijarasi munosabatlarida davlat hokimiyati organlari va boshqa maxsus vakolatli organlar ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102- 106 sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil qilingan. Davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga ushbu markazlar tomonidan beriladi, ya’ni ular qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat mulkini ijaraga beruvchilar bo’lib hisoblanadi. Bu holatlar jumlasiga, uy joylar, er uchastkalari, er osti boyliklari kabilar kiritilgan. Er kodeksining 23–moddasiga ko’ra, shartnoma asosida er uchastkalari: O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarga tuman va shahar hokimlari tomonidan; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xalqaro tashkilot va birlashmalar, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolatiga ega bo’lgan shaxslar jumlasiga xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqiga ega bo’lgan subyektlar, unitar korxona (shu jumladan davlatga qarashli bo’lgan) va muassasalar kirishi mumkin. Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o’ziga biriktirib berilgan ko’char mulkni mustaqil ravishda, ko’chmas mulkni esa mulkdorning roziligi bilan ijaraga berishga haqli. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxona o’ziga biriktirib berilgan ko’char va ko’chmas mulkni faqat mulkdorning roziligi bilan ijaraga berishi mumkin. Muassasa ta’sis hujjatlariga muvofiq, muassasaga daromad keltiradigan faoliyatdan olingan daromad hisobidan olingan mol-mulkni mustaqil ravishda ijaraga berishga haqli. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling