Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-§. Mulk ijarasi shartnomasining shakli va muddati 
 
Mulk ijarasi shartnomasi 
bo’yicha o’tkaziladigan mulk 
ҳuқuқi elementlari 
mol-mulkka vaқtincha egalik 
қilish va foydalanish 
mol-mulkdan vaқtincha 
foydalanish


107 
Mulk ijarasi shartnomasi og’zaki va yozma, shu jumladan notarial tartibda 
tasdiqlanadigan shaklda bo’lishi mumkin. Bunda yozma shaklga nisbatan qonunda 
qo’shimcha talablar, shuningdek shartnomani davlat ro’yxatidan o’tkazishga doir 
talablar qo’yilishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasining shakli shartnomaning 
muddati, uning taraflari bo’lib kimlar ishtirok etishi, ijaraga berilayotgan mol-
mulkning turi, mol-mulkning taqdiriga doir shartlarga bog’liq bo’ladi. 
Mulk ijarasi shartnomasi jismoniy shaxslar o’rtasida og’zaki shaklda faqat 
bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga tuzilishi mumkin.Bunda bitim bahosi 
ahamiyatga ega emas. Biroq, agar mulk ijarasi shartnomasining alohida turlariga 
nisbatan qonunda yozma shakl belgilangan bo’lsa, u holda jismoniy shaxslar 
o’rtasida tuziladigan bunday mulk ijarasi shartnomasi muddatidan qat’iy nazar 
og’zaki tuzilishi mumkin emas. 
Yuridik shaxslar o’rtasida yoki yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida 
tuziladigan mulk ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. 
Bir yildan ortiq muddatga tuziladigan mulk ijarasi shartnomasi shartnoma 
taraflari bo’lib kimlar ishtirok etishidan qat’iy nazar yozma shaklda tuzilishi kerak. 
Ko’chmas mulk ijarasi shartnomasi taraflari bo’lib kimlar ishtirok etishidan 
qat’iy nazar yozma shaklda tuzilishi hamda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi talab 
qilinadi. 
FK 556–moddasiga muvofiq agar mulk ijarasi shartnomasi kelgusida ushbu 
mulkka nisbatan mulk huquqi ijaraga oluvchiga o’tishini nazarda tutsa, u holda 
mazkur shartnoma ushbu mol-mulklarni oldi-sotdi shartnomasi uchun talab 
qilinadigan shaklda tuzilishi lozim, chunonchi, ko’chmas mulk oldi-sotdi 
shartnomasi uchun taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuzilishi 
nazarda tutilgan (FK 480–modda). Demak, ushbu holatda pochta, telefon yoki 
boshqa aloqa vositasida hujjatlar almashish tarzida yozma shaklda shartnoma tuzib 
bo’lmaydi. 
FKning tegishli moddalarida mulk ijarasi shartnomasi shakliga doir 
qo’shimcha talablar ham belgilangan. Jumladan, prokat shartnomasi yozma 
shaklda tuziladi (FK 558–moddasi). 
Transport vositalari ijarasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. bunda 
davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan transport vositalari ijarasi 
shartnomasi notarial tartibda tasdiqlangan bo’lishi lozim (FK 565–moddasi). 
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta 
hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi, agar shartnoma muddati bir yildan kam 
bo’lmagan muddatga tuzilsa, shartnoma davlat ro’yxatidan o’tkazilishi ham lozim 
(FK 574–moddasi). 
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida 
yozma shaklda tuziladi va u notarial guvohlantirilishi hamda davlat ro’yxatidan 
o’tkazilishi lozim (FK 580–moddasi). 
Mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha mol-mulk ijaraga oluvchiga vaqtinchalik 
egalik qilish va foydalanish yoki foydalanishga topshirilganligi sababli shartnoma 
muddati mulk ijarasi shartnomasi shartlaridin biri bo’lib hisoblanadi. Umumiy 
qoidaga ko’ra, mulk ijarasi shartnomasi taraflar kelishuviga muvofiq 
belgilanadigan muddatgatuziladi. Shu bilan birga qonun ijara muddatini 


108 
shartnomaning muhim shartlari jumlasiga kiritmaydi. Shu sababli shartnoma uni 
amal qilish muddatini belgilamagan holda ham tuzilishi mumkin. 
Huquqni qo’llash va sud amaliyotida ijara shartnomasi muddati va uni davlat 
ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq nizoli holatlar uchrashi mumkin. Bunda sudlar 
hisobga olishi kerakki, ijara shartnomasining amal qilish muddati davomida 
taraflar bir yildan kam bo’lgan muddatga yangi shartnoma tuzgan bo’lsalar, bu 
shartnomalarning muddatlari qo’shilmaydi va yangi shartnomani davlat 
ro’yxatidan o’tkazish talab qilinmaydi. 
Nomuayyan 
muddatga 
tuzilgan 
bino 
va 
inshootni ijaraga 
berish 
shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish talab qilinmaydi. Biroq, nazarda tutish 
lozimki, bir yildan kam muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish 
shartnomasi bo’yicha taraflarning huquqiy munosabatlari bir yildan ortiq muddatda 
davom etsa, bunday shartnoma davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart
23


Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling