Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4-§. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash Ijaraga oluvchining asosiy majburiyatlaridan biri bu - mol-mulkdan foydalanganlik uchun o’z vaqtida to’lovlarni to’lash hisoblanadi, chunki mulk ijarasi shartnomasi - haq evaziga tuziladigan shartnomalar turkumiga kiradi. Mulk ijarasi shartnomasida taraflar o’z xohishiga qarab mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydilar. FK 354–moddasiga ko’ra, mazkur shartning mazmuniqonunchilikda imperativ norma tarzida ko’rsatib qo’yilishi mumkin. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining eng kam stavkalari O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini hisoblab chiqish asosida tegishli koeffistientlar belgilangan holda har yili 31 dekabrgacha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanishi belgilangan. Mol-mulkning boshqa turlari uchun ijara to’lovi stavkasi: agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo’lmasa yoki ushbu muddatga teng bo’lsa, yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo’lmasa - mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan; agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo’lsa - mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam bo’lishi mumkin emas. Shu bilan birga qonun mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq to’g’risidagi shartni shartnomaning muhim sharti sifatida belgilamaydi, bino yoki inshootlar ijarasi shartnomasi bundan mustasno. Shu munosabat bilan agar shartnomada mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to’lash tartibi, shartlari va muddati belgilanmagan bo’lsa, har bir muayyan holatda shunday mol-mulk uchun o’xshashvaziyatlarda qo’llaniladigan haq bo’yicha aniqlanadi. Qonun mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haqning turlari va shakllarini nazarda tutadi. Ko’rsatib o’tilgan usulda haq to’lash tugal bo’lmasdan, taraflar shartnomada boshqacha tarzda haq to’lashni ham belgilashlari mumkin. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq ijaraga olingan mulklarning barchasi uchun yoki ularning har bir qismi bo’yicha alohida to’lanishi mumkin. Jumladan, mazkur qoida bo’linadigan va murakkab ashyolarga nisbatan qo’llaniladi. Mulk ijarasi shartnomasi yuzasidan pul to’lovlarini to’lash eng ko’p tarqalgan to’lov shakli bo’lib, qoida tarzida vaqti-vaqti bilan yoki bir yo’la 113 to’lanadi. Ushbu holatda haq to’lashda masalan, davlat mulki ijarasi bo’yicha ijara to’lovi teng ravishda vaqti vaqti bilan (har chorakda, har oyda va h.k.) to’lanadigan to’lov hisoblanadi. To’lov har bir davr (chorak, oy) uchun oldindan haq to’lash tarzida amalga oshiriladi. Agar davlat mulkini ijaraga oluvchi ushbu mol-mulkni kapital yoki joriy ta’mirdan chiqarsa, u holda uning harajatlari ijara to’lovlarini kamaytirish hisobiga qoplanadi (“Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 23-bandi). Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash bo’yicha ijaraga oluvchi zimmasiga shartnomada kelishilgan harajatlarni yuklanishi ijaraga beruvchiga ijaraga oluvchi hisobidan bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishiga imkon beradi. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lanadigan to’lov miqdori taraflar o’rtasida shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda, biroq bir yilda ko’pi bilan bir marta qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Agar qonunchilikda mol-mulklarning alohida turlari uchun haq to’lash miqdorini qayta ko’rib chiqishning boshqacha muddatlari belgilangan bo’lsa, ushbu muddat qo’llanilmaydi. FKning 544–moddasi 5-qismida ko’rsatib o’tilgan ijaraga olingan mol-mulk bo’yicha to’lov miqdorini bir yilda ko’pi bilan bir marta qaytadan ko’rib chiqish haqidagi norma dispozitiv hisoblanadi. Ya’ni, undagi qoida agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha holat belgilanmagan bo’lsa qo’llaniladi. FKning 542–moddasida ijaraga beruvchining ijaraga topshiriladigan mol- mulkni kamchiliklari bilan topshirganlik uchun javobgarlik belgilanganidek, FKning 544–moddasidaham ijaraga oluvchiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lovni kamaytirish talabini qo’yish huquqini beradi. Ushbu holatda ijaraga oluvchining bunday huquqi ijaraga oluvchi o’zi javobgar bo’lmagan holatlarga ko’ra (masalan, engib bo’lmaydigan kuch ta’sirida), shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan hollarda vujudga keladi. Bunda ijara haqini kamaytirilishi foydalanish shartlari yoki mol- mulkning holati jiddiy yomonlashuviga mutanosib ravishda bo’lishi lozim. Qonunda ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanganlik uchun to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlashga qaratilgan yana bir dispozitiv norma mavjud. Bu mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini to’lash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ya’ni bir martadan ko’p yoki uzoq muddat ijara haqini to’lamaslik hisoblanadi. Ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun ko’pi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin to’lashni talab qilishga haqli. Ushbu qoidalar agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa qo’llaniladi. Agar ijaraga oluvchi shartnomada belgilangan muddat tugagandan so’ng ketma-ket ikki martadan ko’p mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni to’lamasa, ijaraga oluvchi sud tartibida mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishi mumkin. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling