Toshkent davlat yuridik universiteti


Umrbod ta’minlash sharti bilan


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Umrbod ta’minlash sharti bilan 
uy-joy (kvartira)ni boshқa 
shaxsga berish shartnomasi 
subyektlari


101 
Qonunda umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), 
kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi umrbod renta shartnomasidan farqli 
ravishda beriladigan moddiy ta’minotning eng kam miqdorini belgilab bermaydi. 
Biroq, beriladigan moddiy ta’minotning bir oylik miqdorini belgilash talab 
qilinadi. Ushbu qoida shartnomada “zaif taraf” hisoblangan uy-joy (uyning bir 
qismi), kvartirani boshqa shaxsga beruvchining manfaatlarini himoyalashga xizmat 
qiladi hamda u qonunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilishi 
munosabati bilan o`ziga beriladigan ta’minot miqdorini tegishlicha ko`paytirishni 
talab qilishiga imkon yaratadi. Haqiqatan ham shartnomada taqdim qilinadigan 
moddiy ta’minotni ko`paytirish yoki kamaytirish haqida shart nazarda tutilishi 
mumkin. 
Taraflar shartnoma predmeti bo`lgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira 
qiymatini aniqlashda baholovchi tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. O`zbekiston 
Respublikasining “Baholash faoliyati to`g’risida”gi qonunning 18–moddasiga 
muvofiq, baholovchi tashkilot tomonidan baholanadigan obyektning qiymati qoida 
tariqasida tavsiyaviy xarakter kasb etadi. Obyektni baholashda uning bozor qiymati 
o`rganilishi, o`xshash obyektlar bilan solishtirilishi, joylashgan hududning ijtimoiy 
infratuzilmasa, obodonlashtirilganligi, transport qatnovi tizimi va boshqa jihatlarga 
e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. 
Uy-joylarni tasarruf etish bilan bog’liq boshqa bitimlar kabi umrbod 
ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish 
shartnomasi ham yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim (FK 488, 
497, 504–moddalari). Bundan tashqari FK 84 va 111–moddalari talabiga ko`ra 
mazkur shartnoma uy-joy (uyning bir qismi), kvartira joylashgan hududdagi er 
tuzish va ko`chmas mulk kadastr xizmatida ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. 
Ko`rsatib o`tilgan talablarga rioya qilmaslik umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy 
(uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini haqiqiy 
bo`lmasligini keltirib chiqaradi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling