Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
4-§. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga
berish shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilish Umumiy qoidaga ko`ra, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini o`zgartirish va bekor qilish taraflar kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Taraflar bunday kelishuvga erisha olmasalar, shartnoma taraflardan birining talabiga ko`ra sud tartibida o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bunda qonun taraflarga shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilishni talab qilish bilan bog’liq imkoniyatlarni beradi. Ushbu holat umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining mohiyatidan kelib chiqadi va uning asosiy maqsadi mehnatga layoqatsiz shaxsni umrbod ta’minlash hisoblanadi. Uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani oluvchi tomonidan shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik hollarida uy- joyni boshqa shaxsga beruvchida ikkita imkoniyat paydo bo`ladi va ulardan birini u o`z xohishiga ko`ra tanlaydi. Jumladan, u natura holida beriladigan ta’minotni pul bilan haq to`lashga almashtirishni talab qilishi mumkin. Qonun shartnoma bo`yicha beriladigan moddiy ta’minotning bir oylik miqdorini ko`rsatishni belgilasada, davriy to`lovlarni to`lash bilan bog’liq aniq muddatlarni belgilamaydi. 103 Har qanday holatda ham davriy to`lovlar umrbod to`lanishi lozim bo`ladi. Uy-joyni boshqa shaxsga beruvchining yana bir imkoniyati bu ta’minotni vaqti-vaqti bilan haq to`lash tarzida to`lab turishga almashtirish o`rniga shartnomani bekor qilishni talab qilishidir. Qonun umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini bekor qilishni nafaqat uy-joyni oluvchining shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun uy-joyni boshqa shaxsga beruvchining talabiga ko`ra balki, boshqa holatlarda ham shartnoma bekor qilishni nazarda tutadi. Uy-joyni boshqa shaxsga beruvchidan farqli ravishda uy-joyni oluvchi umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini o`zgartirishni talab qila olmaydi. U faqat shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin. Bunda qonun sud tomonidan uy- joyni oluvchining talabiga ko`ra shartnoma bekor qilinishi uchun ikkita asosni belgilaydi. Birinchi asos uy-joyni oluvchining moddiy ahvolining yomonlashuvi, ikkinchi asos esa, uy-joyni beruvchining mehnat qobiliyatini tiklashi hisoblanadi. Uy-joyni oluvchining moddiy ahvolini yomonlashuvi natijasida u shartnoma bo`yicha uy-joyni beruvchiga etarlicha moddiy ta’minot bera olmay qoladi. Bunday tarzda uy-joyni oluvchining moddiy ahvolining yomonlashuvi unga bog’liq bo`lmagan sabablar natijasida vujudga keladi. Shu sababli agar ko`rsatilgan holatlarni uy-joyni oluvchi ushbu holatlar vujudga kelgandan so`ng oqilonalik va ehtiyotkorlik bilan bartaraf eta olishi mumkin edi deb hisoblansa sud tomonidan shartnomani bekor qilish rad etilishi mumkin va u shartnoma bo`yicha zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod bo`lmaydi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi bo`yicha uy-joyni beruvchi sifatida yoshi yoki sog’lig’i tufayli mehnatga layoqatsiz fuqaro bo`lganligi bois, uning keyinchalik sog’lig’ini tiklashi uy-joyni oluvchiga shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqini beradi. Ushbu holatda uy-joyni beruvchining sog’lig’ini tiklashi natijasida uning o`zgalarning yordamiga muhtoj bo`lmasligini anglatadi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi bekor qilishini oqibati shartnomani bekor qilish asoslariga bog’liq bo`ladi. Agar shartnomani bekor qilishga uy-joyni oluvchining shartnoma bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi asos bo`lsa, yoki oluvchining moddiy ahvoli o`ziga bog’liq bo`lmagan sabablarga ko`ra boshqa shaxsga beruvchiga shartlashilgan ta’minotni bera olmaydigan darajada o`zgarishi natijasida shartnoma bekor qilinsa, u holda uy-joyni beruvchiga uy-joy qaytarilishi lozim. Bunda uy-joyni oluvchi ta’minot oluvchini ta’minlash uchun qilgan harajatlarni qoplanishini talab qilishga haqli bo`lmaydi. Uy-joyni beruvchining talabiga ko`ra, uy-joyni oluvchi tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog’liq bo`lmagan hollarda bekor qilinishi natijasida muayyan huquqiy oqibatlar vujudga keladi. Ushbu holat FK 9, 14 va 385–moddalari qoidalaridan hamda umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish 104 shartnomasi mohiyatidan kelib chiqadi. Ushbu holatda oluvchi shartnoma amal qilgan davrda uy-joyni beruvchining ta’minoti va uy-joy uchun qilgan harajatlarini qoplashni talab qilishga haqli. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling