Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. Odatda, aksariyat hollarda fuqarolik huquqi subyektlari renta 
shartnomasini emas, balki ijara shartnomasini tuzishadi. Ushbu shartnomalarning 


98 
o`xshash va farqli jihatlari nimada? Renta shartnomasining ommaviylashmaganligi 
sabablari nimada deb o`ylaysiz? 
2. Mol-mulkni renta shartnomasi asosida begonalashtirgan shaxs uchun 
ushbu shartnomaning afzalliklari nimalarda ko`rinadi? 
3. Fuqaro A. o`ziga tegishli bo`lgan 10 gektar mevali bog’ni boshqa fuqaro 
B.ga doimiy renta asosida topshirdi. Oradan 10 yil o`tgach, B. yozma ravishda 
A.ga doimiy rentani sotib olish istagini bildirdi. Taraflar 2015 yil yanvarda 10 
million so`mga oldi-sotdi shartnomasini tuzdilar. 2015 yilning aprel oyida B. 
to`lovni amalga oshirdi. Biroq, A. 2015 yil 1-choragi uchun renta to`lovini talab 
qildi. B. esa, ushbu davrda bog’da hosil bo`lmagani sababli to`lamasligini bildirdi. 
Nizo qanday hal qilinadi? 
4. Fuqaro A. o`ziga mulk huquqi assoida tegishli bo`lgan hovlini ota onasi D. 
va J. foydasiga umrbod renta to`lash asosida V.ga topshirdi. Shartnoma 
tuzilgandan keyin 2 yil o`tgach A. vafot etadi. Uning merosxo`ri bo`lgan o`g’li G. 
umrbod rentani bekor qilishni va bobo va buvisini o`z qaramog’iga olishini so`rab 
sudga murojaat qildi.
Masala qanday hal qilinadi? 


99 
33-bob. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa 
shaxsga berish 
1-§. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga 
berish shartnomasi tushunchasi va mohiyati 
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani 
boshqa shaxsga berish shartnomasi uy-joy mulkdori bo`lgan keksalar (nogironlar) 
bilan uy-joyi bo`lmagan yoshlar manfaatini uyg’unlashtirishga xizmat qiladi. 
Ushbu shartnoma keksalarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlarni keksalarga 
g’amxo`rlik qilgan holda uy-joyga ega bo`lish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani 
boshqa shaxsga berish shartnomasi umrbod renta shartnomasi bilan umumiy 
o`xshash jihatlarga ega. Jumladan, mazkur shartnoma ham ta’minot oluvchining 
shaxsi bilan bog’liq ya’ni, uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani beruvchi hayoti 
davomida shartnoma amal qiladi. Shu bilan birga ushbu shartnomalar o`ziga xos 
xususiyatlarga ham ega bo`lib, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir 
qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish cheklangan xarakter kasb etadi. 
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani 
boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, bir taraf (oluvchi) yoshi yoki 
sog’lig’i tufayli mehnatga layoqatsiz bo`lgan boshqa taraf (boshqa shaxsga 
beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur 
yordam ko`rsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlash majburiyatini oladi, boshqa 
shaxsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani mulk qilib 
berish majburiyatini oladi (FKning 530–moddasi). 
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani 
boshqa shaxsga berish shartnomasi taraflari bo`lib faqat fuqarolar ishtirok etadi. 
Bunda moddiy ta’minot oluvchi, ya’ni uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani 
boshqa shaxsga beruvchi bo`lib yoshi yoki sog’lig’i tufayli mehnatga layoqatsiz 
bo`lgan fuqaro qatnashadi. Umrbod rentada esa, renta oluvchi fuqaroga bunday 
talab qo`yilmagan. 
FK 530–moddasida ko`rsatilishcha, umrbod ta’minlash sharti bilan 
topshiriladigan mol-mulk faqat ko`chmas mulkning bir turi bo`lgan uy-joy (uyning 
bir qismi), kvartira hisoblanadi. Bunda uyning bir qismi shartnoma predmeti 
sifatida berilishi mumkin. Uy-joy kodeksining 9- va 10–moddalariga ko`ra, 
fuqarolarning doimiy yashashiga mo`ljallangan, belgilangan sanitariya, yong’inga 
qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus 
uylar sifatida foydalanishga mo`ljallangan joylar turar joy hisoblanadi. 
Uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchiga 
beriladigan moddiy ta’minot qoida tariqasida natura tarzida beriladi. Bunday 
ta’minot uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchini uy-joy 
berish, ovqatlantirish, parvarishlash va uning zarur bo`lgan boshqa yordam tarzida 
berilishi mumkin. Faqatgina uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani oluvchi 
tomonidan shartnoma yuzasidan majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada 
bajarmasa, boshqa shaxsga beruvchi ta’minotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida to`lab 


100 
turishga almashtirishni talab qilishi mumkin. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-
joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasida renta 
shartnomasi bo`yicha renta to`lovchi va renta oluvchidan farqli ravishda uy-joy 
(uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga beruvchi va ta’minot beruvchi 
o`rtasidagi aloqa nisbatan davriy emas, kundalik va uzlukzsiz bo`lishi nazarda 
tutiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling