Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3-§.Doimiy renta Doimiy rentani oluvchi sifatida yoshi, sog’lig’i, mehnatga layoqatliligidan qat’iy nazar har qanday fuqaro qatnashishi mumkin. Doimiy rentani oluvchi sifatida basharti, qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo`lsa, notijorat tashkilotlar ham ishtirok etishlari mumkin. FKning 40–moddasiga ko`ra, foyda olishni asosiy maqsad qilib olmagan tashkilot notijorat tashkiloti hisoblanadi. Ular jamoat birlashmasi, jamoat fondi va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g’risidagi” qonunning 2–moddasiga ko`ra, Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik Umrbod renta Doimiy renta Renta shartnomasi turlari 93 shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Notijorat tashkilotlarning aniq maqsadlari ularning ta’sis hujjatlarida tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakliga mos ravishda belgilanadi (FK 43, 73-78– moddalari). Demak, renta ularning ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalarga qaratilmog’i lozim. Qonunda doimiy renta oluvchilar soni cheklanmagan, ya’ni ular bir nechta bo`lishlari mumkin. Doimiy renta biron bir muddat bilan belgilanmaganligi bois, uni olish boshqa fuqaro va notijorat tashkilotlarga o`tishi mumkin. Jumladan, renta olish huquqi talabdan voz kechish yo`li bilan topshirilishi (FK 23 bobi) va vorislik bo`yicha (FK 66-69-bobi) yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda (FK 49-52–moddalari) boshqa shaxslarga o`tishi mumkin. Qonun yoki shartnomada doimiy rentani oluvchining huquqlari boshqa shaxslarga berish ta’qiqlanishi mumkin va bunday hollarda ushbu huquqlarni boshqa shaxslarga o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi. Doimiy renta uchun to`lov sifatida pul mablag’lari to`lanishi belgilanadi. Bunda qonun qanday mulk berilayotganiga qarab renta to`lovlarining eng yuqori miqdorini aniqlab beradi. Chunonchi, agar ko`chmas yoki ko`char mulk (pul summasi bundan mustasno) topshirilsa, doimiy renta uchun to`lanadigan haqning miqdori renta to`lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkka o`xshash mol-mulkni ijaraga berishda qo`llaniladigan mol-mulkdan foydalanish haqining o`rtacha stavkasidan ortiqcha bo`lmasligi lozim. Agar doimiy renta to`lash sharti bilan pul summasi topshirilsa FKning 327–moddasida nazarda tutilgan bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida bo`lishi lozim. Doimiy rentada ikki xil to`lov mavjud bo`ladi. Ya’ni, mulk huquqini o`tkazish qiymati va renta to`lovlari. Bundan tashqari, doimiy renta tekinga berilishi ham mumkin. Doimiy renta shartnomasi taraflari renta to`lashda pul mablag’lari to`lashdan boshqacha shaklni tanlashlari ham mumkin. Jumladan, ashyolar berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatishni kiritish mumkin. Biroq, bunday hollarda shartnomada doimiy rentaning puldagi qiymati aniqlanishi lozim. Doimiy rentada aralash tarzda haq to`lash, ya’ni pul shaklida ham, natura shaklida to`lash ham to`lash nazarda tutilishi mumkin. Qonunda doimiy rentaning eng kam miqdori belgilanmagan. Biroq, renta to`lovlari miqdori mutanosib ravishda mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi o`zgarishiga qarab o`zgaradi. Ushbu qoida dispozitiv hisoblanadi va taraflar doimiy renta shartnomasi bo`yicha to`lanadigan renta to`lovlarini qayta hisoblash tartibini mustaqil belgilashlari yoki qayta hisoblashdan voz kechishlari ham mumkin. Qonunda doimiy renta to`lash muddatiga doir dispozitiv norma belgilangan. Qoidaga ko`ra, doimiy renta har bir kalendar choragi tugashi bilan, ya’ni keyingi chorak boshlanguniga qadar to`lanadi. Taraflar kelishuviga muvofiq doimiy renta shartnomasida boshqacha davrlar, masalan har bir oy yoki yilning tugashi bilan 94 to`lov to`lash nazarda tutilishi mumkin. Doimiy renta shartnomasi muddatsiz hisoblansa ham, qonunda to`lovchining doimiy rentani sotib olish bilan renta to`lash majburiyati tugatilishi mumkinligini nazarda tutadi. Bunda sotib olish renta to`lovchining tashabbusi bilan ham, renta oluvchining tashabbusi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Qonunda doimiy renta to`lovchi tomonidan doimiy rentani sotib olish tashabbusini ko`rsatishi uchun muayyan holat yuz berishini talab qilmaydi. Bu masala faqat doimiy renta to`lovchining o`zi tomonidan hal qilinadi. Renta to`lovchining doimiy rentani sotib olishga bo`lgan o`z huquqlarini amalga oshirishi bir qator shartlarga rioya qilish asosida qo`llaniladi. Birinchidan, u renta oluvchiga yozma ravishda kelgusida renta to`lashdan voz kechishini bildirishi lozim. Ikkinchidan, kelgusida renta to`lashdan voz kechish to`g’risidagi ariza renta to`lashni to`xtatishidan kamida uch oy berilishi kerak. Doimiy renta shartnomasida bunday voz kechish haqida ariza berishning uzoqroq muddati ham belgilanishi mumkin. Uchinchidan, doimiy renta to`lovchi renta oluvchiga doimiy renta qiymatiga teng keladigan miqdordagi haqni bir yo`la yoki shartnomada ko`rsatilgan boshqa usulda to`liq to`lashi shart. Qonun doimiy renta shartnomasi matniga doimiy renta to`lovchining rentani sotib olish huquqidan voz kechishi haqidagi shartlarni kiritilishini ta’qiqlaydi. Bunday shartlarning kiritilishi shartnomaning o`z o`zidan haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Taraflar doimiy renta shartnomasini tuzishda doimiy rentani sotib olish huquqi renta oluvchi hayotligida qo`llanmasligini kelishib olishlari mumkin. Shuningdek, ular shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o`ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida uni amalga oshirib bo`lmasligini belgilashlari ham mumkin. FKning 521–moddasidan farqli ravishda doimiy renta oluvchining tashabbusi bilan doimiy rentani sotib olishni talab qilish uchun asos bo`luvchi muayyan holatlar bo`lishi zarur. Ushbu moddada ko`rsatilgan holatlar sanab o`tiladi va ular doimiy renta to`lovchining shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini buzishi yoki doimiy renta oluvchi manfaatlarining buzilishi bilan bog’liq. Renta oluvchining talabiga ko`ra doimiy rentani sotib olish holatlari mavjud bo`lib, ular quyidagicha bo`lishi mumkin: a) doimiy renta to`lovchi tomonidan to`lov to`lash muddatining kechiktirib yuborishi. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha muddat belgilangan bo`lmasa, renta to`lovchi uni to`lash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborishi to`lovni kechiktirish hisoblanadi. To`lash muddatini kechiktirib yuborish doimiy renta shartnomasi bo`yicha to`lovchi tomonidan shartnomani buzilishi hisoblanadi va bu holat renta oluvchining zarar ko`rishi yoki boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda to`lov muddatining o`tkazib yuborilish oqibatlari ahamiyatga ega emas, chunki renta oluvchi tomonidan talab qo`yish uchun to`lov muddatining kechiktirish faktining o`zi kifoya qiladi; b) renta to`lovchi rentani to`lashni ta’minlash bo`yicha o`z majburiyatlarini buzishi. Bunday holatda doimiy renta oluvchi shartnomani bekor qilishi va uning oqibatida o`ziga etkazilgan zararlarni qoplashni talab qilishga haqli; 95 v) renta to`lovchini to`lovga qodir emas deb topish. To`lovga qobiliyatsiz deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. Qonun doimiy renta to`lovchini to`lovga qobiliyatsiz deb topishni u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to`lamasligini ko`rsatadigan boshqa vaziyatlar (masalan, kreditorlar talablarining xaddan ziyod ko`payib ketishi) vujudga kelishini ham tenglashtiradi. Bunda shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda renta to`lovlari to`lanmasligini ko`rsatadigan vaziyatlar yaqqol ko`rinib turishi lozim; g) renta to`lash sharti bilan topshirilgan ko`chmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaxs o`rtasida taqsimlanishi. Ushbu holatda bir necha doimiy renta to`lovchilar vujudga keladi va bu holat renta oluvchining manfaatiga mos kelmasligi mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan holatlardan tashqari doimiy renta shartnomasida doimiy renta oluvchi renta to`lovchidan doimiy rentani sotib olishni talab qilishga haqli bo`ladigan holatlar nazarda tutilishi mumkin. Umumiy qoidaga ko`ra, doimiy rentani sotib olish doimiy renta shartnomasida ya’ni, tarflar kelishuvida belgilangan bahoda amalga oshiriladi. Ushbu holat har ikki tarafning ham manfaatini hisobga oladi. Sotib olish bahosini aniqlashda taraflar bir qator holatlarni, jumladan, renta to`lash sharti bilan berilgan mol-mulkning qiymati, renta miqdori, mol-mulkdan foydalanish natijasidagi tabiiy eskirishlarni hisobga olishlari lozim. Shu bilan birga doimiy rentani sotib olish bahosi qonunda shartnomaning muhim shartlari jumlasiga kiritilmagan. Demak, mazkur shartnoma matnida sotib olish bahosi haqidagi shartlar mavjud bo`lmaganda ham shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar doimiy renta shartnomasida biron bir sabab tufayli sotib olish shartlari kiritilmagan bo`lsa, uni sotib olish bahosi FKning 523–moddasi qoidalariga muvofiq aniqlanadi. Ushbu holatda doimiy rentani sotib olish bahosi mulkni haq evaziga yoki tekinga begonalashtirilganiga bog’liq bo`ladi. Agar doimiy renta shartnomasida mol-mulk haq evaziga toshirilgan bo`lsa, u holda sotib olish yillik renta to`lovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi. Agarda doimiy renta shartnomasiga muvofiq mol-mulk renta to`lash sharti bilan tekinga berilgan bo`lsa, u holda sotib olish bahosi tarkibiga yillik renta to`lovlari bilan bir qatorda ushbu mulkning qiymati ham kiritiladi. Bunda toshirilgan mol-mulkning bahosi FK 356–moddasi 4-qismi qoidalariga muvofiq aniqlanadi, ya’ni o`xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar uchun to`lanadigan baho hisobga olinadi. FKning 175–moddasiga muvofiq, mol-mulkning tasodifan nobud bo`lish yoki buzilish xavfi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, mulk egasining zimmasida bo`ladi. Ushbu umumiy norma doimiy renta shartnomasiga nisbatan mol-mulkning haq evaziga yoki tekinga berilganiga qarab qo`llaniladi. Agar doimiy renta shartnomasi bo`yicha mol-mulk tekinga berilgan bo`lsa, uning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavfi renta to`lovchi zimmasida bo`ladi. Bu imperativ norma bo`lib hisoblanadi. Ushbu holatda renta to`lash majburiyati tugatilmaydi. Agar doimiy renta shartnomasiga assoan mol-mulk haq evaziga topshirilgan 96 bo`lsa, u holda uning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavfi uchun ham renta to`lovchi javobgar bo`ladi. Biroq, bu holatda to`lovchi renta to`lash majburiyatini bekor qilishni yoki uni to`lash shartlarini o`zgartirishni talab qilishga haqli. Ya’ni, bu dispozitiv norma hisoblanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling