Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
87 3. Xayr-ehson Rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari sharoitida ikki yoki undan ortiq shaxslarning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvlarning huquqiy ifodasi, vositasi sifatida shartnomalar muhim o`rin tutmoqda. Ana shunday shartnomalardan biri xayr- ehsondir. Xayr-ehson hadyaning bir ko`rinishi bo`lib, bunda qilinadigan hadya umumfoydali maqsadlarga xizmat qilishi bilan xarakterlidir. Demak, xayr-ehson keng ommaning umumfoydali maqsadlarini amalga oshirish uchun qilinadi. Qonunchilik xayr-ehson, asosan, notijorat subyektlariga (davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga, xayriya, ilmiy va o`quv muassasalariga, fondlarga, muzeylarga, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlarga va boshqa shunga o`xshash subyektlarga), shuningdek, fuqarolarga va davlatga qilinishi mumkinligini normalaydi. Xayr-ehson qilingan mol-mulk kelgusida uni qabul qilib olgan shaxsning mablag’lari jumlasiga kiradi, uning operativ boshqaruviga o`tadi. Jumladan, amaldagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g’risi- da”gi 21 qonunning 26-moddasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida”gi 22 qonunning 15-moddasi mazmuniga ko`ra, fuqarolar va mehnat jamoalarining ixtiyoriy xayr-ehsonlari mazkur yuridik shaxslar mol-mulkining tashkil topish manbalaridan hisoblanadi va ular tomonidan tegishli tartibda mustaqil tasarruf etiladi. Xayr-ehsonning predmeti fuqarolik muomalasida bo`lgan obyektlar, ya’ni pullar, qimmatli qog’ozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshootlar (ularning bir qismi), avtomobillar va hokazolar bo`lishi mumkin. Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning (ya’ni, uchinchi shaxsning) ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi. Xayr-ehson qilingan mol-mulk bir qator shartlar asosida amalga oshiriladi. Chunonchi: birinchidan, xayr-ehson qiluvchilar mol-mulkni topshirayotganda undan ma’lum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qo`yishi lozim. Masalan, xayr- ehson predmeti tarixiy obidalarni ta’mirlashga safarbar etilishi tayinlanishi mumkin. Bunday shart qo`yilmasa, u oddiy hadya deb hisoblanadi va undan hadya oluvchi mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanadi; ikkinchidan, aniq maqsadda foydalanishga mo`ljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mol-mulkdan foydalanish bo`yicha amalga oshirilgan operastiyalarning alohida ro`yxatini yuritishi lozim; uchinchidan, vaziyat jiddiy o`zgarganligi bois bunday mol-mulkdan ko`rsatilgan maqsadlarda foydalanish mumkin bo`lmasa, undan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, agar mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan bo`lsa yoki xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo`lsa, bunday hollarda sudning qaroriga muvofiq foydalanish mumkin. FKning 511-moddasi mazmuniga ko`ra, xayr-ehson qilingan mulkdan ko`rsatilgan maqsadda foydalanmaslik kelgusida xayr-ehson qiluvchiga, uning 21 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 йил, 17-сон, 219-модда. 22 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1998 йил, 5-6-сон. 88 merosxo`rlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi. Nazorat uchun savollar: 1. Hadya shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilarini tavsiflang. 2. Kichik guruhlarda mustaqil ravishda hadya, xayr-ehson shartnomasini tuzing va o`zaro muhokama qiling? 3. 1951 yilda tug’ilgan fuqaro Olegova Natasha da’vo ariza bilan Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudiga murojaat qilib, o`z da’vo arizasida 2001 yilda yagona farzandi bo`lgan qizi Olegova Tatyanaga o`ziga tegishli bo`lgan 2 xonali kvartirani davlat notarial idorasida hadya shartnomasi orqali rasmiylashtirib berganligini, oradan besh yil o`tgach, T.Olegova unga nisbatan turli xil taz’yiqlar o`tkazib uydan chiqib ketishni talab qilib kelayotganligini, bu holatlar bir necha marotaba takrorlanganligini, ushbu holatni qo`ni-qo`shnilari ham to`liq tasdiqlashligini bayon qilib, suddan 2001 yilda notarial idorada 2166-son davlat reestr raqami bilan qayd qilingan hadya shartnomasini bekor qilishni so`ragan. Mazkur holatda da’vogarning da’vo talablari qay darajada asosli yoki asosli emasligini huquqiy jihatdan asoslantirib bering. 4. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi fuqaro Batirov Mirzoning nomidan ishonchli vakili, advokat T.Boymatov Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat etib, 2012 yilda Batirov Mirzo o`ziga tegishli bo`lgan 3 xonali kvartirani o`g’li Batirov Mansurjon nomiga davlat notarial idorasida hadya shartnomasi orqali rasmiylashtirib berganligini, biroq, hadya shartnomasini rasmiylashtirish chog’ida notarius M.Batirovga huquq va majburiyatlarini tushuntirmaganligini, vaholanki M.Batirov 2011 yilda buyon Ruhiy kasalliklar dispanserida ro`yxatdan turishligini, hadya shartnomasiga imzo qo`yayotgan vaqtda ham o`z harakatlarini ahamiyatini tushunmagan bo`lishi mumkinligini, ushbu holatlarga asosan Batirov Mirzo bilan Batirov Mansurjonlar o`rtasida 2012 yilda tuzilgan hadya shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so`ragan. Ushbu holatda nizoli muammo yechimini huquqiy jihatdan asoslantirib bayon eting. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling