Toshkent davlat yuridik universiteti


 Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo`yicha taraflarning


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
3. Shartnomaning shakli, muddati. Shartnoma bo`yicha taraflarning 
javobgarligi 
 
Ayirboshlash shartnomasi, odatda, fuqarolar o`rtasida tuzilganda va 
shartnoma predmetining bahosi eng kam oylik ish haqining o`n baravarigacha 
bo`lgan hollarda og’zaki shaklda tuzilishi mumkin. Shuningdek, yozma shaklda 
tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va 
shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og’zaki tuzilishi 
mumkin (FK, 106-modda, 3-band). Qolgan hollarda, ya’ni yuridik shaxslarning 
o`zaro va fuqarolar bilan tuzgan ushbu turdagi bitimlari, fuqarolar o`rtasidagi 
belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan ortiq summadagi bitimlari 
17
//Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қарорлари тўплами, 1993 йил, 10-сон. 
18
//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2003 йил, 1-2-сон, 3-модда; 2005 йил, 37-38-сон, 
282-модда; 2008 йил, 14-15-сон, 95-модда; 2011 йил, 43-44-сон, 461-модда; 2014 йил, 28-сон, 336-модда. 


81 
yozma shaklda tuziladi. Ba’zi hollarda shartnomaning predmeti er uchastkalari va 
boshqa ko`chmas mol-mulklar bo`lganda, bunday bitimlar notarial tasdiqlanishi va 
davlat ro`yxatidan o`tkazilishi talab qilinadi (FK, 110-111-moddalari tartibida). 
Shuningdek, FK 497-moddasining 2001 yil 7 dekabrdagi tahririga ko`ra, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lgan 
avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan 
bo`lishi kerakligi belgilandi. 
Shubhasiz, shartnoma shakliga doir yuqoridagi talablarga rioya qilmaslik bir 
qancha xuquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (FK, 109, 112-mm.). 
Ayirboshlash shartnomasining muddati taraflarning kelishuvi bilan 
belgilanadi. 
Shartnoma bo`yicha javobgarlik oldi-sotdi shartnomasidagi javobgarlikka 
juda o`xshab ketadi. Umumiy holda FKning 393-moddasiga ko`ra, sotuvchi 
tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslar ning har qanday huquqlardan ozod holda 
topshirishi shart, deb belgilab qo`yilgan. Qonunda agar topshirilgan tovarni sotab 
oluvchidan uchinchi shaxslar olib qo`yadigan bo`lsa, sotuvchi tarafning bevosita 
javobgarligi belgilab qo`yilgan. Ya’ni, FKning 501-moddasiga ko`ra, ayirboshlash 
shartnomasi bo`yicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qo`ygan taraf, FKning 
395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo`lsa, boshqa tarafdan 
ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni yoki zararni qoplashni talab 
qilishga haqli. Ko`rinib turibdiki, ayirboshlanayotgan tovarni uchinchi shaxslar 
huquqidan ozod qilmasdan ayirboshlash keyinchalik bunday harakatni amalga 
oshirgan tarafning javobgarligini keltirib chiqarar ekan. Biroq shuni esda tutish 
kerakki, sotib oluvchi uchinchi shaxsxiarning huquqlari bo`lgan tovarni qabul 
qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasnodir. 
Shartnoma bo`yicha ayirboshlanayotgan tovarlarning miqdori, assortimenti, 
uning sifati, tovarning butligi muhim unsur hisoblanib, ularni shartnomada 
kelishilganidek bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik tegishincha 
taraflarning javobgarligini keltirib chiqaradi. 
Xususan, tovarni topshiruvchi shartnoma shartlarini buzib, tovarni qabul 
qilib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan bo`lsa, 
tovarni qabul qilib oluvchi agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tugalmagan 
bo`lsa, tovarning etishmayotgan miqstorini topshirishni talab qilishga yo 
topshirilgan tovardan va uning haqini to`lashdan bosh tortishga, bordi-yu uning 
evaziga kelishilgan tovar topshirilgan bo`lsa, oldin topshirib qo`yilgan tovarni 
qaytarib berishni talab qilishga haqli. Umuman, ayirboshlash shartnomasi bo`yicha 
ko`p hollarda oldi-sotdiga doir qoidalar qo`llanilgani bois, bu haqdagi normalar 
batafsilroq oldi-sotdiga bag’ishlangan bobda keltirildi. 
Shuni aytish kerakki, qonunda belgilanganidan tashqari, to`g’ridan-to`g’ri 
shartnoma bo`yicha ayirboshlash natijasida ham javobgarlikning boshqa turlari 
nazarda tutishi mumkin. Ayirboshlash shartnomasi bo`yicha javobgarlik faqat bir 
tarafda emas, har ikki tarafda ham yuzaga kelishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling