Toshkent davlat yuridik universiteti


 Ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

1. Ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti 
 
Ayirboshlash tovar va pul munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyotida 
ham muayyan ahamiyatga ega. Shu boisdan u amaldagi fuqarolik qonun 
hujjatlarida o`zining huquqiy asoslarini topgan. Ayirboshlash barter deb ham 
yuritiladi. 
Ayirboshlash deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko`ra shartnomada 
qatnashuvchi har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish 
yo`li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi (FK, 497-m.). Uning mohiyati 
shundaki, shartnoma predmeti bo`lgan biron-bir tovar ikkinchi tarafga, 
odatdagidek, mazkur tovar qiymatini umumiy ekvivalent bo`lgan yoki unga deyarli 
teng keladigan boshqa bir tovarga ayirboshlanadi. Demak, mazkur huquqiy 
munosabat odatdagi shartnomalar, aytaylik, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish 
kabi shartnomalarga o`xshab, taraflarga bu orqali kelishi mumkin bo`lgan 
muayyan pul summalariga talab-ehtiyojlardan kelib chiqmay, balki bevosita 
mazkur shartnomaning predmeti bo`lgan tovarga bo`lgan ehtiyojlardan kelib 
chiqadi. Biroq bu shartnoma ko`p hollarda subyektlar o`rtasida hisob-kitoblar 
yo`lga qo`yilmagan yoki o`zaro ishonch bo`lmagan inflyatsiya sharoitida keng 
qo`llaniladigan shartnomalardan biri bo`lib qolmoqda. Rivojlangan bozor tizimida 
u ahyon-ahyonda qo`llaniladi. 
Shartnomaning yana bir xususiyati shundaki, shartnomaning mazmunidan 
boshqacha hol anglashilmasa, ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli deb 
taxmin qilinadi. Ayni paytda tovarni topshirish va uni qabul qilish xarajatlarini, har 
bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi. Shubhasiz, 
boshqa shartnomalarda bo`lgani singari ayirboshlashda ham uning predmeti 
hisoblangan tovarning bahosi muayyan ahamiyatga ega. Ba’zan amaliyotda 
ayirboshlash predmetining qiymati bir xil bo`lmaydi. Bunday hollarda bahosi 
ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past bo`lgan tovarni 
topshirayotgan taraf, agar shartnomada haq to`lashning boshqacha tartibi nazarda 


79 
tutilmagan bo`lsa, tovar yoki tovarni tasarruf qilish hujjatlari topshirilgandan so`ng 
kechiktirmasdan baholardagi farqni to`lashi lozim bo`ladi. FKning 242-moddasiga 
ko`ra, agar qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha hol 
anglashilmasa, qarzdor hisoblangan taraf bunday majburiyatni kreditor talab qilgan 
kundan boshlab etti kunlik muddat ichida bajarishi shart. 
Ayrim hollarda tovarlar o`rtasidagi yuqorida tilga olingan farq doimo aniq 
belgilanavermaydi. Fuqarolik qonunchiligining mazmunidan anglashilishicha, 
bunday hollarda shartnomani bajarganlik uchun xuddi shunga o`xshash 
vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan 
baholar – haq to`lanishi kerak. Aynan bunday hollarda ish muomalasi odatlari, 
ya’ni odat huquqi normalari qo`llaniladi (FKning 6-moddasi tartibida). 
Ayirboshlash shartnomasi quyidagi huquqiy belgilari bilan xarakterlidir: 
konsensual, haq evaziga tuziladigan, ikki taraflama shartnomalardir. 
Shartnomaning muhim jihatlaridan biri ayirboshlanadigan tovarlarga bo`lgan 
mulk huquqining ikkinchi tarafga qachondan boshlab o`ta boshlashidir. Odatda, 
qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, 
ayirboshlanadigan tovarlarga mulk huquqi ayirboshlash shartnomasiga muvofiq, 
sotib oluvchi hisoblanadigan taraflarga ikkala taraf tegishli tovarlarni topshirish 
majburiyatini bajarganidan so`ng bir vaqtda o`tadi (FK, 500-modda). Ayirboshlash 
shartnomasining predmeti muayyan moddiy qiymatga ega bo`lgan hamda iqtisodiy 
munosabatning predmeti bo`la oladigan, ayni paytda kishilarning u yoki bu 
ehtiyojlarini qondira oladigan narsalar, ya’ni ashyolar bo`la oladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling