Toshkent davlat yuridik universiteti
Ko`chmas mulkni sotish shartnomasining predmeti va bahosi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
2. Ko`chmas mulkni sotish shartnomasining predmeti va bahosi
Ko`chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma bo`yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo`lgan mulkni aniq berish imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan, ko`chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko`chmas mulkning tarkibida qanday joylashtirilganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar ko`rsatilishi shart. Masalan, Er kodeksining 18-moddasida belgi- langan asoslar bo`yicha xususiylashtirilgan yer uchastkasi sotilganda u joylashgan hudud yerning toifasi, umumiy maydoni va chizma rejasi, inshootlar, noturarjoy imoratlar sotilganda uning manzilgohi, tayinlanish maqsadi, maydoni, necha qavat ekanligi haqidagi ma’lumotlar ko`rsatilishi lozim. Ko`chmas mulk xususiy alomatlari bilan belgilanadigan mol-mulk bo`lganligi sababli, uning aynan xuddi ana shu sifat belgilari shartnomada aniq- ravshan belgilanishi kerak. Bu holat taraflar o`rtasida har xil nizolar vujudga kelishining oldini oladi. Agar shartnomada ko`chmas mulk haqida yuqoridagi ma’lumotlar bo`lmasa, ko`chmas mulk haqidagi shartni taraflar o`zaro kelishib olmagan, shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi. Binobarin, ko`chmas mulkni sotish haqidagi shartnomaning muhim shartlaridan biri – shartnoma narsasi hisoblanadi. Ko`chmas mulkni sotish haqidagi shartnomada ana shu mulkning bahosi nazarda tutilgan bo`lishi shart (FK, 485-modda). Shartnomada taraflar yozma ravishda kelishgan ko`chmas mulkning bahosi to`g’risida shart bo`lmasa, uni sotish to`g’risidagi shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Binobarin, taraflar ko`chmas mulkning bahosi haqida o`zaro kelishuvga erishgan va bu kelishuv yozma shartnomada o`z ifodasini topgan bo`lishi lozim. Shartnomada baho haqidagi shart mavjud bo`lmasa, FKning 356-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan bahoni belgilash qoidalari qo`llanilmaydi. Qonunda yoki ko`chmas mulkni sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko`chmas mulkning shartnomada belgilangan bahosi ana shu ko`chmas mulk bilan birga topshirilayotgan yer uchastkasi tegishli qismining bahosini yoki unga bo`lgan huquqni o`z ichiga oladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling