Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

va predmeti 
 
Hadya deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko`ra bir taraf (hadya 
qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki 
berish majburiyatini oladi yoxud unga o`ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk 
huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o`zi yoki uchinchi 
shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoyinki ozod qilish majburiyatini 
oladi (FKning 502-moddasi). Hadyaning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin 
topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida bo`lgan ashyo hadya oluvchiga 
mol-mulk qilib o`tkaziladi. 
Bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borgani sari shartnomalarning 
mazmuni, doirasi, ko`lami ham kengayib bormoqda. Chunonchi, 1963 yilgi 
fuqarolik qonunchiligida hadya shartnomasi deganda, bir taraf (hadya qiluvchi) 
mulkni ikkinchi tarafning (hadya oluvchining) egaligiga tekinga topshirishi
19
normalangan edi. Amaldagi FKda esa, bu holat sezilarli takomillashtirildi. Buning 
natijasida yuqoridagi hadya predmeti doirasi kengaytirilib, u o`z ichiga 
19
Ўзбекистон Республикасининг Гражданлик кодекси. –Тошкент: Адолат, 1993. 79-б. 


83 
quyidagilarni olishi mumkin bo`ldi: 
birinchidan, bir taraf boshqa tarafga tekinga mol-mulk qilib beriladigan 
ashyolarni; 
ikkinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga o`ziga 
yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradigan yo berish 
majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni; 
uchinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ni o`zi 
yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladigan yoxud ozod 
qilish majburiyatini olgan hollarda ham mulkiy huquqni. 
Ko`rinib turibdiki, har bir holatda mustaqil ikki tushuncha qo`llanilgan 
ashyoni topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi, mulkiy majburiyatdan ozod 
qiladi yoki ozod qilish majburiyatini oladi. Bu mazkur shartnomagagina xos 
bo`lgan xususiyatdir. 
Shartnoma real bo`lsa-da, ayni paytda hadya qiluvchi hadya oluvchiga 
kelgusida hadya qilish majburiyatini oladi. Ammo hamma hollarda ham hadya 
shartnomasi vujudga kelavermaydi. Aytaylik, ashyo yoki huquq muqobil 
berilganida yo bo`lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo`lganida shartnoma hadya 
deb tan olinmaydi (FK, 502-modda, 2-qismi). Bunday shartnomalarga FKning 
250-moddasi, 124-moddaning ikkinchi qismi qoidalari qo`llaniladi. 
Shuningdek, yuqoridagi uchta holatga to`rtinchi mustaqil holatni ham kiritish 
mumkin. Ya’ni, biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berish yoki 
biron-bir shaxsni majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da 
qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo`lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo 
yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish 
maqsadi aniq ko`rinib turgan bo`lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK, 502-
modda, 3-qismi). 
Hadya bir taraflama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. 
Shubhasiz, hadya bir taraflama bitim bo`lib, taraflarning o`zaro kelishuviga 
asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul qilishga 
rozilik berishida ifodalanadi, aynan shu belgisi bilan hadya qarz shartnomasidan 
farq qiladi. 
Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining 
vafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi. Bunday 
hadyaga nisbatan vasiyatnoma to`g’risidagi qoidalar qo`llaniladi. Hadyaning 
vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining tirikligida topshiriladi
bu uning mulki kamayishiga olib keladi, vasiyatnoma esa insonning hayotligida 
uning mulkiy huquqlarida aks etmaydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o`zgartirilishi 
mumkin, hadya esa qoida tariqasida ortga qaytmaydi. Hadyani shartnoma deyish 
mumkin, vasiyatnoma esa odatda, bir taraflama bitim bo`lib ko`riladi. 
Hadya shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidagi obyektlar: 
ashyolar, mulkiy huquqlar, ko`char va ko`chmas mulklar bo`lishi mumkin. 
Ba’zi hollarda shartnoma hadya qiluvchining o`zi yoki uchinchi shaxs 
oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish majburiyatini olish 
orqali amalga oshiriladi. Bunday holda shartnomaning tuzilish vaqti mulk 
huquqining o`tish davri bilan mos kelmasligi mumkin. Bunda majburiyat-huquqiy 


84 
munosabatlari vujudga keladi, uning mazmunida hadya qiluvchining o`z mulkini 
kamaytirish hisobidan hadya oluvchini boyitish yotadi. Shartnomada hadya 
predmeti aniq ko`rsatilishi kerak. Noma’lum ashyoni hadya qilishga yo`l 
qo`yilmaydi, binobarin, ular hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas. Hadya 
oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini 
aniq ko`rsatish lozim. 
Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy 
holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og’zaki tarzda amalga 
oshirilishi mumkin. Ko`pincha, hadyani topshirish, uni taqdim qilish ramziy 
topshirish (masalan, yangi kvartirani yoki avtomobil kalitini topshirish) yoki 
mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo`li bilan amalga 
oshiriladi. 
Ko`char mulklar bo`yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi oddiy yozma 
shaklda tuziladi:
hadya qiluvchi yuridik shaxs bo`lganida; 
fuqarolar o`rtasida eng kam ish haqining o`n baravaridan ortiq summaga 
shartnoma tuzilayotganda; 
shartnoma bo`yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda. 
Ko`chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat 
ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. 
Shuningdek, FK 504-moddasining 2001-yil 7-dekabrdagi tahririda qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lgan 
avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan 
bo`lishi kerakligi belgilandi. 
Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga ko`ra 
farq qiladi. Aytaylik, buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy sanalmasligi 
hollarida ham ko`rish mumkin. Bitimlarning haqiqiy sanalishi uchun odatdagi 
qo`yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan, ashyo, mulk huquqi yoki 
mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklidagi hadya ashyosini (predmetini) aniq 
ko`rsatish kerak; ikkinchidan, hadya predmeti hadya oluvchiga hadya qiluvchining 
tirikligida topshirilishi kerak. Shuningdek, yuqoridagi uchta holat bo`yicha 
tuzilgan shartnomalar, albatga, oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko`chmas mulklarni 
hadya qilish esa, ayni paytda, notarial tasdiqlanishi va davlat ro`yxatidan 
o`tkazilishi ham kerak. 
Haqiqiy sanalmaslik holati hadya oluvchining nomi va narsasi 
ko`rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshiriluvchi ishonchnomalarga 
ham taalluqli. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling