Toshkent davlat yuridik universiteti


 Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2. Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq 
va majburiyatlari 
 
Shartnomada qatnashuvchi taraflarning har biri bir vaqtning o`zida ham 
sotuvchi, ham sotib oluvchi hisoblanadi. Bu bilan ayirboshlash oldi-sotdi 
shartnomasiga o`xshab ketsa-da, biroq undan farq qiladi. Farqi shundaki, bunda bir 
mulk ikkinchisiga pulsiz almashtiriladi. Ayni paytda ayirboshlash oldi-sotdiga 
o`xshashligi tufayli, unga nisbatan baho va xarajatlar haqidagi qoidalardan 
tashqari, oldi-sotdini tartibga soluvchi barcha qoidalar qo`llanaveradi. 
Bozor munosabatlari sharoitida ba’zi hollarda tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar bilan iste’molchilar o`rtasida fuqarolik-huquqiy munosabatlarini 
vujudga keltiruvchi asoslardan biri sifatida ayirboshlash (barter) shartnomasi 
qo`llanadi. Barter bitimi (ital. baratare – ayirboshlamoq; ing. barter transaction 
so`zidan olingan bo`lib, ayirboshlash shartnomasi, mavoza deb ham yuritiladi
16
. U, 
ayniqsa, bozor tizimiga o`tish davrida o`zaro hisob-kitoblar yaxshi yo`lga 
qo`yilmagan davr uchun birmuncha xarakterlidir. Valyuta beqaror bo`lgan hozirgi 
zamon xalqaro savdosida yanada keng tarqalmoqda. Barter bitimi vaqtida pul 
to`lovlarining yo`qligi tovar yetkazib berish baholarini va ularni pul shaklida 
hisobga olishni istisno qilmaydi.
Shartnomada taraflar sifatida jismoniy va yuridik shaxslar qatnashishi 
16
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Тошкент: Адолат, 2009. 47-б. 


80 
mumkin. 
Yuridik shaxslarning bu boradagi faoliyati O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1993 yil 9 iyuldagi 616-son “Barter asosida amalga oshiriladigan 
eksport-import operastiyalari bo`yicha tartib buzilishlari va suiiste’molliklarga 
chek qo`yish to`g’risida”gi farmoni bilan mustahkamlangan. Unga ko`ra, 
valyutasiz asosda eksport-import barter operastiyalarini amalga oshirish uchun 
shartnomalar tuzish taqiqlanadi
17
. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 
yil 11 apreldagi 1096-son “Eksport-import operastiyalarini tartibga keltirish 
borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida”gi, 2003 yil 15 yanvardagi 3194-
son “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o`zgartirishlar 
kiritish to`g’risida”gi, 2005 yil 20 sentyabrdagi 3661-son “O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o`zgartishlar kiritish to`g’risida”gi 
farmonlariga ko`ra, 616-son farmonga ayrim juz’iy o`zgartishlar kiritildi
18

Ta’kidlanganidek, shartnomada qatnashuvchi taraflar bir paytning o`zida 
ham sotuvchi, ham sotib oluvchi sifatida qatnashadi. Shuning uchun ham 
shartnomada qatnashuvchi taraflar deyarli bir xil huquq va majburiyatlarga ega 
bo`ladilar. 
Ayirboshlash shartnomasi bo`yicha taraflar: ayirboshlana-yotgan tovarni o`z 
vaqgida, kelishilgan tartibda qabul qilib olish; qabul qilingan tovar evaziga 
ayirboshlanishi lozim bo`lgan tovarni o`z vaqtida topshirish; topshirilayotgan 
tovarlarning sifati, assortimenti, yaxshi bo`lishini ta’minlash kabi majburiyatlarga 
egadirlar. 
Shartnoma majburiyatlarini muqobil ravishda bajargan taraflar ikkinchi 
tarafdan tovarning topshirilishini; shartnoma shartlari qo`pol ravishda buzilgan 
bo`lsa, xususan, sifatsiz tovar ayirboshlangan, tovarni topshirish muddati uzrsiz 
uzoq muddatga kechiktirilgan hollarda bir taraf shartnomani bekor qilishga 
haqlidir. 
Ayirboshlash shartnomasi shartlari ikkala taraf tomonidan to`liq bajarilgan 
bo`lsa, har ikkisida ham tovarlarga nisbatan mulk huquqi vujudga keladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling