Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savolllar: 1. Energiya ta’minoti shartnomasining huquqiy belgilarini amaliy misollar bilan tushuntiring. 2. Energiya ta’minoti shartnomasi shartlarini tanqidiy tahlil qiling. 3. Energiya ta’minoti shartnomasiga ko`ra taraflarining huquq va majburiyatlarini tartibga solishni tahlil eting. 4. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ (Ta’minotchi) va “Gordorstroyremont” OAJ (Iste’molchi) o`rtasida elektr energiyasi yetkazib berish va undan foydalanish uchun shartnoma tuzilgan va o`nga ko`ra Ta’minotchi tutashtirilgan tarmoq orqali Iste’molchiga yil davomida 2 680 000 kVt.s miqdor (hajm)da elektr energiyasi berib turish, Iste’molchi esa qabul qilingan energiya haqini to`lash majburiyatini olgan. Ushbu shartnomaga asosan Ta’minotchi tomonidan elektr energiyasi yetkazib berilgan. Biroq, Iste’molchi tomonidan majburiyatlar tegishli ravishda bajarilmaganligi sababli 210 283 698 so`m qarz vujudga kelgan. Shuningdek, Iste’molchi tomonidan shartnomada ko`rsatilgan ўзгартиш киритиш тўғрисида”ги қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 16-сон, 176-модда. 66 miqdorga nisbatan 5 foizdan ortiq elektr energiyasi iste’mol qilingan va shu bois ta’minochi tomonidan 847 362 so`m miqdorda jarima hisoblangan. Iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun o`z vaqtida to`lovni amalga oshirilmaganligi sababli, Ta’minotchi xo`jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Iste’molchi hisobidan 210 283 698 so`m asosiy qarz hamda 847 362 so`m jarimani undirishni so`ragan. Taraflar o`rtasida tuzilgan elektr energiyasi yetkazib berish va undan foydalanish to`g’risidagi shartnomaning 6.4-bandida Iste’molchi hisobot davrida shartnomada ko`rsatilgan miqdorga nisbatan 5 foizdan ko`p elektr energiyasi iste’mol qilinganda, hisob-kitob davrida shartnomada ko`rsatilgandan ortiq iste’mol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida Ta’minotchi foydasiga jarima to`lanishi belgilangan. Mazkur vaziyatda energiya ta’minoti shartnomasining shartlarini tahlil eting. Javobingizni fuqarolik qonunchiligi normalari bilan asoslab bering. 5. “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan “Chelak paxta tozalash zavodi” OAJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan da’vogar elektr energiyasi yetkazib berish, javobgar esa iste’mol kilingan elektr energiya haqini to`lab berish majburiyatini olgan. Da’vogar xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o`tkazilgan. Tekshirishda javobgarga qarashli elektr hisoblagichning vektor diagrammasi ko`rsatkichlari sxemasi noto`g’ri ulanganligi, hisob bo`yicha 16 sekundda 10 impuls berilishi kerak bo`lgan holda haqiqatda 26 sekundda 10 impuls berilganligi aniqlanib, sxemalar to`g’rilangan, ya’ni A – S; V – A; S – V tartibda joylari almashtirilganda vektor diagrammasi hisob bo`yicha 17 sekundda impuls berilganligi to`g’risida dalolatnoma tuzilgan. Da’vogar tekshirishda aniqlangan qoidabuzilish holatlari yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan javobgar tomonidan 3 yil muddatda sarf qilingan elektr energiya miqdorini qayta hisob-kitob qilib, Qoidalarning 63 va 76- bandlariga asosan 342 866 034 so`m zararni ixtiyoriy ravishda to`lab berishni so`rab, unga talabnoma yuborgan. Javobgar tomonidan ushbu zarar summasi ixtiyoriy ravishda to`lab berilmaganligi bois, da’vogar xo`jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 342 866 034 so`m zararni undirishni so`ragan. Taraflar o`rtasida tuzilgan shartnomaning 3.5-bandiga ko`ra, korxona har oyning 25 sanasigacha iste’molchi bilan birgalikda hisobga olish priborlari ko`rsatkichlarini yozib olish bilan bir vaqtda, hisoblagichlarning tartib raqamlarini hamda amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi to`g’risidagi ma’lumotlarni ko`rsatgan holda hisobotni rasmiylashtirishi, hisobot asosida korxonaga tegishli hisob-kitobni amalga oshirishi va iste’molchi hisob-fakturani olishi belgilangan. Birinchi instanstiya sudi tomonidan sayyor sud majlisida joyiga chiqib ko`rilganida, javobgarga tegishli bo`lgan 2 dona zavod raqami 044558791 bo`lgan “Merkuriy-230” va zavod raqami 0056540 bo`lgan “Merkuriy-230” rusumli elektr hisoblagich priborlari “Chelak” nimstanstiyasida o`rnatilganligi, ushbu nimstanstiya “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ balansida ekanligi, nimstanstiya sim to`siq bilan o`rab qo`yilganligi, uning hududiga faqat jamiyat xodimlari bilan 67 birgalikda kirish mumkinligi aniqlangan. Mazkur vaziyatga huquqiy baho bering. Javobingizni fuqarolik qonunchiligi normalari bilan asoslab bering. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling