Toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Energiya ta’minoti shartnomasi taraflari va ularning huquq va


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

2-§. Energiya ta’minoti shartnomasi taraflari va ularning huquq va 
majburiyatlari 
 
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko`ra energiya ta’minoti 
shartnomasini tuzishda, bir tomondan tutashtirilgan tarmoq orqali energiya bilan 
ta’minlovchi tashkilot, boshqa tomondan, abonent (iste’molchi) ishtirok etadi. 
Fuqarolik qonunchiligiga ko`ra energiya ta’minoti sohasidagi subyektlar - 
“energiya bilan ta’minlovchi tashkilot”, “abonent (iste’molchi)” va “subabonent” 
atamalari bilan ifodalangan. 
Shu o`rinda, “energiya iste’molchisi” tushunchasini “energiya tizimining 
abonenti” tushunchasidan farqlash lozim. Har bir abonent iste’molchi hisoblanadi, 
ammo hamma iste’molchilar ham abonent bo`lavermaydi: ayrim iste’molchilar 
subabonent, ya’ni o`zi abonent bo`lmagani holda abonentning tarmog’idan 
foydalanadigan shaxslar bo`lishi mumkin. Elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 
tashkilotning tarmog’iga bevosita ulangan iste’molchi abonent deb tan olinadi, 
agar elektr tarmoqlari uning balansida bo`lsa hamda energiya bilan ta’minlovchi 
tashkilot bilan iste’molchi o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, elektr 
energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari kelishilgan bo`lsa (masalan, energiya 
ishlab chiqaruvchidan energiya oluvchi energiya ta’minoti tashkiloti iste’molchi 
bo`lib), energiya ta’minoti tashkilotiga ulangan fuqaro, yuridik shaxs abonent 
hisoblanadi. Ayni paytda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot hisoblangan 
subabonent ham iste’molchi bo`lib, bevosita abonentning elektr tarmoqlariga 
ulangan va u bilan elektr energiyadan foydalanish shartnomasini tuzgan bo`ladi. 
Subabonent — energiya bilan ta’minlaovchi tashkilot roziligi bilan iste’molchining 
tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi bilan energiya ta’minoti yuzasidan 
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot – energiya ta’minoti 
shartnomasi bo`yicha viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat 
zonasi) doirasida iste’molchilarga energiya sotish va taqsimlash 
huquqiga ega bo`lgan yuridik shaxs. 


61 
shartnoma tuzgan iste’molchi. Energiya subiste’molchiga berilganda, iste’molchi 
energiyadan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi bo`yicha energiya bilan 
ta’minlovchi tashkilot oldida javobgar bo`ladi. 
Fuqarolik 
kodeksining 
478-moddasiga 
ko`ra 
energiya 
ta’minoti 
shartnomasiga oid qoidalar tutashtirilgan tarmoq orqali issiqlik energiyasi, gaz, 
neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta’minlash munosabatlariga 
nisbatan ham qo`llanadi. Energiya va gaz ta’minoti sohasidagi iqtisodiy 
munosabatlar elektr, issiqlik energiyasi va gaz bilan ta’minlash shartnomalari 
orqali belgilanadi. Elektr, issiqlik energiyasi va gaz bilan ta’minlash 
shartnomalarida bir tomondan energiya va gaz ta’minoti tashkiloti, ikkinchi 
tomondan, bevosita energiya yoki gazdan foydalanuvchi yoxud asosiy 
iste’molchining tarmog’iga ulangan o`zining kontragentlarini ular bilan 
ta’minlovchi va iste’molchi korxonalar qatnashadi
12
. Demak, energiya bilan 
ta’minlovchi tashkilotlar jumlasiga, “O`zbekenergo” DAK tizimidagi va 
“O`zbekneftgaz”, 
“O`ztransgaz” 
Milliy 
xolding 
kompaniyalari, 
“O`zkommunxizmat” davlat agentligiga qarashli korxonalar kiradi. 
Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to`g’risida”gi 
Qonuniga muvofiq energiya ta’minoti shartnomasi bo`yicha “energiya bilan 
ta’minlovchi tashkilot” sifatida «O`zbekenergo» akstiyadorlik kompaniyasi 
tizimida har biri alohida huquq va majburiyatlari doirasida o`z huquqiy maqomiga 
ega bo`lgan “elektr energiyasini hosil qiluvchi korxona”, “elektr energiyasining 
yagona xarid qiluvchisi”, “magistral elektr tarmoqlari”, “hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasi”, “elektr ta’minoti korxonasi” ishtirok etadi.
Avvalo, elektr energiyasi “elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar” 
tomonidan hosil qilinadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalarga yagona 
elektr energetikasi tizimiga ulangan stastionar elektr stanstiyalari (issiqlik elektr 
stanstiyalari, issiqlik elektr markazlari, gidroelektrostanstiyalar, shuningdek qayta 
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan boshqa elektr stanstiyalari) 
kiradi. Elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organ - «O`zbekenergo» 
akstiyadorlik kompaniyasining bo`linmasi hisoblangan “elektr energiyasining 
yagona xarid qiluvchisi” elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar bilan elektr 
energiyasini xarid qilish bo`yicha, elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari 
korxonalari bilan energiyani sotish bo`yicha, magistral elektr tarmoqlari korxonasi 
bilan elektr energiyasi hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari 
korxonalariga elektr energiyasini uzatish bo`yicha shartnoma tuzadi. Elektr 
energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga 
elektr energiyasini uzatish “magistral elektr tarmoqlari” orqali amalga oshiriladi. 
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” elektr energiyasini iste’molchilarga 
taqsimlash va sotishni amalga oshiradi. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari 
elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan shartnoma asosida elektr 
energiyasini oladi; elektr ta’minoti korxonalariga iste’molchilar bilan elektr 
ta’minoti shartnomalari tuzish huquqini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda 
bosh ishonchnoma beradi; iste’molchilarga elektr ta’minoti shartnomasi asosida 
12
Раҳмонқулов Ҳ. Олди-сотди шартномаси. – Т:. Адолат, 2000. – Б. 113. 


62 
elektr energiyasini sotishni amalga oshiradi. Hududiy elektr tarmoqlari orqali 
elektr energiyasini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hududi doirasida magistral elektr tarmoqlaridan iste’molchilarga 
uzatish amalga oshiriladi. Hududiy elektr tarmoqlarining elektr tarmog’i xo`jaligi 
obyektlarini boshqarishni tegishli hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining 
tezkor-dispetcherlik xizmatlari amalga oshiradi.
“Elektr ta’minoti korxonalari” hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining 
elektr 
energiyasini 
tuman, 
shahar, 
ishlab 
chiqarish 
zonasi 
doirasida 
iste’molchilarga taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo`linmalaridir.
Elektr energiyasini iste’mol qilish elektr ta’minoti shartnomasi orqali amalga 
oshiriladi. Elektr ta’minoti shartnomasiga binoan hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasi yoki uning elektr ta’minoti korxonasi iste’molchiga elektr energiyasini 
ulangan tarmoq orqali yetkazib berish majburiyatini oladi, iste’molchi esa 
foydalanilgan elektr energiyasi uchun haqni o`z vaqtida to`lash, elektr energiyasi 
iste’mol qilishning shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya etish, o`zi 
foydalanayotgan elektr tarmoqlarining, elektr energiyasi iste’moli bilan bog’liq 
asbob va uskunalarning lozim darajadagi texnik holatini hamda xavfsizligini 
ta’minlash majburiyatini oladi.
Elektr ta’minoti shartnomasi yuridik yoki jismoniy shaxs bilan u hududiy 
elektr tarmog’iga ulanish uchun zarur uskunalarga, elektr energiyasini hisobga 
olish asboblariga ega bo`lgan, shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish 
qoidalari talablarini bajargan taqdirda tuziladi.
Elektr ta’minoti korxonalari elektr ta’minoti shartnomalariga muvofiq 
iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlashi; o`z elektr 
tarmog’i xo`jaligi obyektlarida elektr energiyasining davlat standartlarida 
belgilangan sifat ko`rsatkichlarini saqlab turishi; elektr tarmoqlarining lozim 
darajadagi texnik holati va xavfsizligini ta’minlashi; iste’molchilar tomonidan 
haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to`lovlar hisobini yuritishi; elektr 
tarmog’i xo`jaligi obyektlaridagi rejali ta’mirlash ishlari va avariya rejimi 
munosabati bilan elektr energiyasi yetkazib berishning cheklanishi to`g’risida 
iste’molchilarni belgilangan tartibda xabardor qilishi; iste’molchilarning elektr 
ta’minoti masalalariga doir murojaatlarini ko`rib chiqishi shart. 
Elektr 
energiyasi 
iste’molchisi (iste’molchi) — elektr ta’minoti 
shartnomasiga muvofiq elektr energiyasidan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy 
ehtiyojlar uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lib, quyidagi huquq 
va majburiyatlarga ega: o`z elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlariga texnik 
shartlarga muvofiq ulash; sifat ko`rsatkichlari davlat standartlariga mos bo`lgan 
elektr energiyasini olish; elektr energiyasi yetkazib berishning to`xtatilishi 
sabablari to`g’risida belgilangan tartibda axborot olish; o`zi iste’mol qiladigan 
elektr energiyasi hajmlarini o`zgartirish to`g’risidagi takliflarini hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasiga belgilangan tartibda kiritish; hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr energiyasi to`liq 
yetkazib berilmaganligi yoki sifat ko`rsatkichlari davlat standartlariga mos 
bo`lmagan elektr energiyasi yetkazib berilganligi sababli etkazilgan zararning o`rni 
belgilangan tartibda qoplanishi; elektr ta’minoti shartnomasini tuzish va bajarishda 


63 
yuzaga keladigan nizolarni hal qilish uchun sudga yoki bo`ysunuv tartibida yuqori 
turuvchi organga, mansabdor shaxsga murojaat qilish. Shuningdek, elektr 
energiyasi iste’molchilari elektr ta’minoti shartnomasi shartlarida belgilangan 
elektr energiyasini iste’mol qilish rejimiga rioya etishi; foydalanilgan elektr 
energiyasi uchun haqni elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan muddatlarda 
o`z vaqtida to`lashi; hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr 
energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirishiga yo`l qo`yishi; elektr 
energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirishi; o`zi 
foydalanayotgan elektr tarmoqlari, asbob va uskunalarining lozim darajadagi 
texnik holati hamda xavfsizligini ta’minlashi, ularning nosozliklari to`g’risida 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr ta’minoti korxonasiga xabar 
qilishi shart.
Mazkur shartnoma oldi-sotdi shartnomasidan farqli ravishda o`ziga xos 
majburiy shartlar oldindan belgilab qo`yilishi bilan, shartnoma ishtirokchisi 
hisoblangan abonent shartnomaning zaif tomoni sifatida unga qo`shimcha 
o`zgartirish huquqiga ega bo`lmasligi bilan ajralib turadi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot eng asosiy majburiyati tutashtirilgan 
tarmoq orqali energiyani berib turish hisoblanadi. Shu bilan birga energiya bilan 
ta’minlovchi tashkilot energiyani energiya ta’minoti shartnomasida nazarda 
tutilgan miqdorda va taraflar kelishgan energiya berish tartibiga amal qilgan holda 
berish turishi lozim. Energiyaning miqdori o`lchov asboblari ko`rsatkichlari bilan 
aniqlanadi. energiyasi “kilovatt”da hisoblansa, energiya ta’minlovch bergan va 
abonent qabul qilgan gazning miqdor “kubometr”da aniqlanadi. Qonun hujjatlarida 
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining huquq va majburiyatlari 
aniq belgilab qo`yilgan. 


64 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling