Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar
1. Kontraktastiya shartnomasining boshqa oldi-sotdi shartnomalaridan farqli, o`ziga xos xususiyatlarini izohlang. 2. Kontraktastiya shartnomalarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibini tushuntiring. 3. Fermer xo`jaligi bilan “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyati o`rtasida kontraktastiya shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan fermer xo`jaligi paxta xom-ashyosini “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyatiga yetkazib berish, jamiyat esa mahsulotni qabul qilish hamda uning haqini to`lash majburiyatini olgan. Fermer xo`jaligi tomonidan shartnomada belgilangan miqdordagi hamda navdagi paxta xom-ashyosi yetkazib berilmagan. Shu sababli “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyati sudga murojaat qilib, fermer xo`jaligidan jarima va zarar undirishni so`ragan. Ishni ko`rishda fermer xo`jaligi jamiyat bilan kontraktastiya shartnomasi tuzilgan bo`lsada, ushbu shartnoma tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limida ro`yxatdan o`tkazilmaganligini, ro`yxatdan o`tkazilmagan shartnoma esa Fuqarolik kodeksiga muvofiq haqiqiy emas deb hisoblanishini bildirib, undirilishi so`ralgan jarima hamda zararni qanoatlantirish rad etilishi lozimligini bildirgan. Ushbu holatga huquqiy baho bering? 4. Fermer xo`jaligi bilan “Paxta tozalash zavodi” akstiyadorlik jamiyati o`rtasida kontraktastiya shartnomasi tuzilgan. Kontraktastiya shartnomasi tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limida tegishli tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan. Fermer xo`jaligi tomonidan shartnomada belgilangan miqdordagi paxta xom- ashyosi yetkazib berilmagan. Shu sababli jamiyat sudga murojaat qilib, fermer xo`jaligidan jarima undirishni so`ragan. Birinchi instanstiya sudi ishni ko`rish jarayonida fermer xo`jaligi jamiyat bilan tuzilgan kontraktastiya shartnomasini bajarish maqsadida paxta ekini ekilganligini, ekinni parvarishlash ishlari to`liq amalga oshirilganligini, biroq ob- havo yaxshi bo`lmaganligi sababli yaxshi hosil olinmaganligini, ob-havoning noqulay kelishi fors-major hisoblanishini, ushbu holatni engib bo`lmaydigan kuch holatlari(fors-major)ni tasdiqlash bo`yicha komissiya vakillari kelib ko`rganligini, shu sababli undirilishi so`ralgan jarimani qanoatlantirish rad etilishi lozimligini bildirgan. Ushbu holatga huquqiy baho bering? Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling