Toshkent davlat yuridik universiteti


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar: 
1. 
Azizov X.T. Aholi farovonligini ta’minlashda fermerlik harakatining 
roli. – T.: TDYuI nashriyoti, 2013. - 68 b. 


56 
2. 
Sindorov K.O. Qishloq xo`jaligi sohasidagi shartnomalar. – T.: Yangi 
asr avlodi, 2003. – 252 b. 
6-§. Energiya ta’minoti shartnomasi tushunchasi va uning huquqiy 
belgilari
 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 29-bo`lim 6-paragrafi normalari 
iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash bilan bog’liq munosabatlarga nisbatan 
qo`llashga qaratilgan. Fuqarolik kodeksida energiya ta’minoti shartnomasi 
tushunchasi, energiya ta’minoti shartnomasini tuzish va muddatini uzaytirish, 
energiya miqdori va energiya ta’minoti shartnomasining energiya miqdori 
to`g’risidagi shartini buzish oqibatlari, energiya sifati va tarmoqlar, asbob va 
uskunalarni saqlash va ishlatish bo`yicha abonentning majburiyatlari, energiya 
haqini to`lash, abonent tomonidan energiyaning boshqa shaxsga berilishi, energiya 
ta’minoti shartnomasini o`zgartirish va bekor qilish, energiya ta’minoti 
shartnomasi bo`yicha javobgarlik hamda energiya ta’minoti shartnomasi 
qoidalarini 
tutashtirilgan 
tarmoq 
orqali 
ta’minlash borasidagi boshqa 
munosabatlarga nisbatan qo`llash masalalariga oid normalar belgilangan.
Energiya ta’minoti shartnomasi o`zining huquqiy belgilariga ko`ra, ikki 
tomonlama (energiya bilan ta’minlovchi tashkilotda va abonentda ham muayyan 
huquq va majburiyatlar mavjud), konsensual
11
(taraflar tomonidan o`zaro 
kelishuvga erishilgach shartnoma tuzilgan hisoblanadi), haq evaziga (qabul qilib 
olingan energiya uchun abonent haq to`lash majburiyatini oladi) tuziladigan 
shartnoma hisoblanadi. 
Energiya ta’minoti shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksida oldi-sotdi shartnomasining alohida turi sifatida ko`rsatilgan bo`lib, 
mazkur shartnomaning alohida shartnoma turi sifatida ajralib chiqishi uning o`ziga 
xos obyekti — energiya bilan bevosita bog’liqdir. Energiyani tutashtirilgan tarmoq 
orqali ta’minlash shartnoma bo`yicha majburiyatni bajarishning texnik xususiyati, 
11
Energiyadan turmushda foydalandigan fuqaro abonent bo'lganda energiya ta'minoti shartnomasi real shartnomalar 
toifasiga kiradi. Zero, FKning 469-moddasida “energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan 
taqdirda, abonent tarmoqqa belgilangan tartibda amalda birinchi marta ulangan paytdan boshlab u bilan shartnoma 
tuzilgan hisoblishi» nazarda tutilgan. Bu holat esa real shartnomalarga hos hususiyat hisoblanadi. 
Energiya ta’minoti shartnomasi – yozma bitim, unga muvofiq 
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali 
abonentga (iste’molchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, 
abonent esa qabul qilingan energiya haqini to`lash, shuningdek 
shartnomada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga rioya 
etish, tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish 
xavfsizligini hamda o`zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi 
asbob va uskunalarning sozligini ta’minlash majburiyatini oladi.


57 
ya’ni shartnomani bajarish usuli hisoblanib, bu fuqarolik huquqiy shartnomaning 
bir turi sifatida ajratish uchun alohida belgi bo`lib hisoblanmaydi. Aynan 
obyektning o`ziga xosligi tutashtirilgan tarmoq orqali energiya bilan ta’minlashga 
oid munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus normalarni talab etadi. 
Ommaviy shartnoma sifatida mazkur shartnoma energiya iste’molchilarining 
barchasi bilan tuziladi, biroq bunda ayrim shart-sharoitlar hisobga olinishi lozim. 
Chunki qonunda nazarda tutilgan hollarda O`zbekiston Respublikasi Hukumati 
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo`lgan 
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. 
Shuningdek, energiyaning fizik xususiyatlari va tabiiy xossalari energiyani ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchidan iste’molchiga yetkazib berishning maxsus tartibini 
va texnik shartlarni taqozo qiladi. Boshqa tovarlardan farqli ravishda energiyani 
transport vositasi orqali jo`natib yetkazib berish imkoniyati yo`q. Buning uchun 
maxsus texnik vositalar – energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga ulangan energiya 
qurilmalari (elektr uzatgich tarmoqlar, quvur o`tkazgich tarmoqlar), energiya 
iste’molini hisobga olish uskunalari va asboblari zarur bo`ladi. Demak, energiya 
ta’minoti shartnomasi energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlariga qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda ulangan energiya qurilmasi, shuningdek energiya 
iste’molini hisobga olish uskunalari va asboblari mavjud bo`lgan abonent bilan 
tuziladi. Ya’ni, energiya ta’minoti shartnomasida iste’molchining (abonentning) 
quyidagi qo`shimcha majburiyatlari belgilanadi: 1) shartnomada nazarda tutilgan 
energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish; 2) tasarrufidagi energetika 
shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini ta’minlash; 3) o`zi foydalanadigan 
energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini ta’minlash; 
Agar energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda 
foydalanadigan fuqaro abonent bo`lgan taqdirda, abonent tarmoqqa belgilangan 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling