Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Energiya
Energiya transportirovka qilish faqat tutashtirilgan tarmoq orqali amalga oshiriladi Energiya ta’minoti shartnomasining obyekti sifatida - tovar Energiyani jamlash va muayyan miqdorda saqlab turish mumkin emas Olingan energiya qaytarib bo`lmaydi Energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilish bir vaqtda sodir bo`ladi Energiya ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo`lib hisoblanadi 58 tartibda amalda birinchi marta ulangan paytdan boshlab u bilan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Energiya ta’minoti shartnomasining muddati tugagach, taraflardan biri uni bekor qilish yoki o`zgartirish haqida ariza bermasa, u shartnomada nazarda tutilgan muddatga va shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi. Shartnoma yangi muddatga uzaytirilganida uning shartlari taraflar kelishuviga binoan o`zgartirilishi mumkin. Agar taraflardan biri shartnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin yangi shartnoma tuzish haqida taklif kiritsa, taraflarning o`zaro munosabatlari yangi shartnoma tuzilgunga qadar avval tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib turiladi (FK 469-modda). Energiya ta’minoti shartnomasining o`ziga xosligi uning predmeti - “energiya” bilan bog’liq bo`lib, u boshqa tovarlardan farq qiluvchi muhim xususiyatlarga ega. Chunki o`zining fizik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda energiyani katta hajmda to`plab yoki saqlab bo`lmaydi, ashyo kabi egalik qilib bo`lmaydi. Boshqa tomondan esa energiya iste’molchilar tomonidan maishiy ehtiyojlar uchun ham, ishlab chiqarishda foydalanish uchun ham uzluksiz ravishda yetkazib berilishi lozim. Bu energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilishning o`zaro chambarchas bog’liqligini ko`rsatadi, ya’ni muayyan vaqtning har bir davrida energiya ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi lozim. Yoki aksincha aytganda, ishlab chiqarilgan energiya iste’mol qilinishi zarur. Demak, energiya ashyodan farqli ravishda o`z ichiga materiyaning muayyan xususiyati – foydali ishlab chiqarish qobiliyatini ta’minlab, turli texnologik operastiyalarni bajarib, tadbirkorlik va o`zga faoliyat uchun zaruriy shartlarni yaratadi. Yuqorida ko`rsatilgan holatlar odatdagi oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha sotuvchi va xaridorga nisbatan energiya ta’minoti shartnomasi tomonlariga bir necha keng kompleks huquq va majburiyatlarni nazarda tutadi. Energiya ta’minoti shartnomasi energiyaning sifat ko`rsatkichlariga va o`rnatilgan iste’mol qilishning tartibiga rioya qilish, energiyani belgilangan hajmda tutashtirilgan tarmoqning balans bo`yicha mansublik chegarasini aniqlash, iste’mol qiluvchilarning energiya haqini to`lash bo`yicha muayyan tarif guruhiga mansubligini belgilash, iste’molchi foydalayotgan energetik asbob va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligini ta’minlashi, energiya ishlatishning belgilangan tartibiga amal qilishi, shuningdek avariyalar, yong’inlar, energiyani o`lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to`g’risida energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga darhol xabar berish kabi maxsus majburiyatlarni o`z ichiga oladi. Masalan, “Andijon Eski shahar elektr tarmoqlari” korxonasi (Ta’minotchi) va “Andijon shahar Nur” bo`limi (Iste’molchi) o`rtasida tuzilgan “Elektr energiya ta’minoti” to`g’risidagi shartnoma hamda qo`shimcha kelishuvga asosan Ta’minotchi elektr energiyasi yetkazib berish, Iste’molchi esa iste’mol qilingan energiya haqini to`lab berish majburiyatini olgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarilishini nazorat qilish maqsadida da’vogar tomonidan 2011 yilning 23 va 25 aprel kunlari javobgar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o`tkazilgan. Tekshirishda Iste’molchi tomonidan “Elektr 59 energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 63-bandi buzilgan holda nosoz bo`lgan 21 ta elektr hisoblagichlardan foydalanib kelayotganligi aniqlangan va tekshirish yuzasidan tegishli dalolatnoma tuzilib, unda noqonuniy foydalanilayotgan elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilish yo`li bilan aniqlanishi, iste’molchi 3 kun muddat ichida birgalikda hisob-kitobni amalga oshirish uchun elektr ta’minoti korxonasiga kelishi shartligi, aks holda noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi hajmini hisoblash bir tomonlama amalga oshirilib, to`lov uchun taqdim qilinishi belgilangan. O`tkazilgan tekshirishda aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda javobgar tomonidan bartaraf etilmagan. Shu bois, Andijon viloyat prokuraturasi “Andijon Eski shahar elektr tarmoqlari” korxonasi manfaatida xo`jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Andijon shahar Nur” bo`limidan 130 020 116 so`m undirishni so`ragan. Sudning ajrimi bilan “Andijon xududiy elektr tarmoqlari” OAJ ishga daxldor da’vogar sifatida almashtirilgan hamda Andijon viloyat G’aznachilik boshqarmasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etilgan. Birinchi instanstiya sudining ajrimi bilan tekshirish natijasi yuzasidan dalolatnomalardagi “Andijon shahar Nur” bo`limi xodimi Z.Nurmatov nomidan qo`yilgan imzo yuzasidan e’tiroz bildirilganligi sababli, ushbu imzo kimga tegishli ekanligini aniqlash uchun xatshunoslik ekspertizasi tayinlangan. Andijon viloyati IIB ekspert-kriminalistika bo`limining xulosasida, dalolatnomadagi imzo Z.Nurmatov tomonidan imzolanganligi ehtimoli borligi qayd etilgan. Fuqarolik kodeksining 468-moddasida energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (iste’molchiga) energiya berib turish majburiyatini olishi, abonent esa qabul qilingan energiya xaqini to`lash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shahobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o`zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarnining sozligini ta’minlash majburiyatini olishi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli Qarori bilan bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 63- bandida hisobga olish pribori iste’molchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish sxemasi o`zgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o`g’irlangan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog’idan uzib qo`yishga haqliligi va hisobga olish priborlari oxirgi marta o`zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun o`tgan, ammo da’vo muddatidan ko`p bo`lmagan davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida ko`rsatilgan ishlash soatlari bo`yicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqilishi shartligi, bunda hisobga olish pribori ko`rsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmasligi qayd etilgan. Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan elektr energiya sarfi qayta hisob-kitob qilinganda, uning qiymati 125 435 028 so`mni (1500419 kvt.soat x 83 so`m 60 tiyin) tashkil etgan. Bundan tashqari, javobgarning 2011 yil 1 iyun holatiga iste’mol qilgan elektr energiyasidan 4 585 088 so`m qarzdorligi mavjud 60 bo`lgan. Shu sababli birinchi instanstiya sudi javobgardan da’vogar foydasiga 130 020 116 so`m undirish haqida xulosaga kelgan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida energetik resurslarning muhimligi va cheklanganligi tufayli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchilar energiya ta’minotining fuqarolik-huquqiy shartnomasi doirasida energiya ta’minotiga oid qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilishi lozim. Shuning uchun energiya ta’minoti jarayoni fuqarolik kodeksi bilan birgalikda sohaga oid boshqa qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling