Toshkent davlat yuridik universiteti


“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 
to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni 
 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-
maydagi 
 
“2017-2021-yillarda 
qayta 
tiklanuvchi 
energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari 
va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish 
chora-tadbirlari Dasturi to`g`risida”gi Qarori 


65 
Mazkur norma bilan energiya ta’minoti shartnomasi bo`yicha majburiyatlarini 
buzgan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va abonentning javobgarlik chegarasi 
aniqlashtirildi.
Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya etishmasligi sababli 
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qonun hujjatlari asosida iste’molni 
tartibga solish natijasida yuz bergan bo`lsa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot 
aybdor bo`lgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli 
darajada bajarmagani uchun javob beradi. 
Tomonlardan birining energiya ta’minoti shartnomasi bo`yicha o`z 
majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi quyidagi sabablar 
tufayli yuz berishi mumkin: energiya miqdori, sifati, bahosi, texnik qurilmalardan 
tegishlicha foydalanish, qabul qilingan mahsulotlardan foydalanish qoidalariga 
rioya qilmaslik va h.k. Masalan, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan 
beriladigan elektr energiyasining sifati to`g’risidagi shartnomalarga rioya qilmaslik 
ko`pincha iste’molchiga iqtisodiy zarar keltiradi. Elektr energiyasi bilan ta’minlash 
odatda mahsulotni iste’molchiga uzluksiz uzatish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksida energiya ta’minoti shartnomasining energiya miqdori 
to`g’risidagi sharti, energiya sifatiga qo`yiladigan talablarini buzishga oid 
javobgarlik belgilangan bo`lib, unga ko`ra agar energiya bilan ta’minlovchi 
tashkilot tomonidan tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya ta’minoti 
shartnomasida nazarda tutilgandan kam miqdorda energiya berilgan bo`lsa yoxud 
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot energiya sifatiga qo`yiladigan talablarni 
buzgan taqdirda, basharti qonun hujjatlarida, shartnomada boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo`lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, mazkur 
holat uchun oldi-sotdi shartnomasining tovar miqdori to`g’risidagi shartlarini 
buzish oqibatlari hamda tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovarni topshirish 
oqibatlari qo`llanilishi belgilangan.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling