Toshkent davlat yuridik universiteti
-§. Taraflarning huquq va majburiyatlari va ularga nisbatan vorislik
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3-§. Taraflarning huquq va majburiyatlari va ularga nisbatan vorislik
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga beruvchi uchun muhim kafolat bo`lib, uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani oluvchi – uy-joy mulkdorining tasarruf qilish huquqining cheklanishi hisoblanadi. Ta’minot beruvchi ko`rsatib o`tilgan uy-joyga nisbatan huquqlarni chegaralanishiga olib kelishi mumkin bo`lgan uy-joyni tasarruf etish bilan bog’liq bitimlarni (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash) tuza olmaydi. Ushbu imperativ norma shartnoma xususiyatidan kelib chiqadi. Tegishlicha, uy-joyni oluvchi hatto ta’minot oluvchining roziligi bilan ham ushbu bitimlarni tuzishga haqli emas. Bundan tashqari, qonun umrbod ta’minlash sharti bilan berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraga nisbatan oluvchining qarzlari bo`yicha undirish qaratilishini ta’qiqlaydi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi bo`yicha oluvchining majburiyatlari va uy-joyning tasodifan nobud bo`lishi yoki shikastlangan hollarda ham saqlanib qoladi. Chunki, 102 uy-joyning mulkdori bo`lib uy-joyni oluvchi hisoblanadi va uning zimmasida mol- mulkning tasodifan nobud bo`lishi, shikastlanishi, shuningdek kelgusida majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq xavf xatarlar bo`ladi. Umumiy qoidaga ko`ra, qonun umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi bo`yicha ta’minot oluvchi hayotlik davrida uy-joyni boshqa shaxsga o`tishiga yo`l qo`ymaydi. Bu shartnomaning xususiyatidan kelib chiqadi va uy-joyni beruvchining manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga ta’minot beruvchi (uy-joyni oluvchi) vafot etgan hollarda uy- joy uning vorislariga o`tadi. Tegishlicha, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi bo`yicha majburiyatlar ham o`tadi. Ushbu qoida bir tomondan uy-joyni beruvchining manfaatlarini himoyalaydi, chunki u (oluvchi vafot etgan bo`lsa ham) moddiy ta’minot olishni davom ettiradi, boshqa tarafdan esa, shartnoma bo`yicha taraf sifatida yangi shaxs kirib keladi, uy-joyni beruvchi u haqda tasavvurga ega bo`lmasligi hamda bu holat uning manfaatlariga mos kelmasligi ham mumkin. Umuman olganda, FKning 534–moddasi qoidalari moddiy ta’minot olishga muhtoj bo`lgan uy-joyni beruvchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Uy-joyni oluvchining vorislari bir nechta bo`lsa, ular o`zlarining merosdagi ulushlariga mutanosib ravishda majburiyatlarni bajaradilar. Ulardan birontasi merosdan voz kechgan taqdirda, uning majburiyatlari boshqa merosxo`rlarga o`tadi. Uy-joyni oluvchining vorislari bo`lmasa yoki ular merosni qabul qilishdan voz kechganlarida oluvchiga berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira uni boshqa shaxsga beruvchiga qaytarilishi lozim. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling